ijtimoiy sheriklik deganda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish dasturlarini shu jumladan,tarmoq,hududiy dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boshqa qarorlarini ishlab chiqish hamda ro’yobga chiqarishdagi hamkorligi tushiniladi.
O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonunini izohlab bering.
O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni 2017 yil 3 yanvar kuni qabul qilingan. Qonun 6 ta bob va 34 moddadan iboratdir.
Qonunda Umumiy qoidalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi, Yakunlovchi qoidalar to`g`risida ma`lumotlar to`liq yoritilib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |