Bog'liq 4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi
4-rasm.Sog’liqni saqlash tizimi moliyaviy manbalari va ularning xususiyatlari Davlat byudjeti. Tarixan sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (to`liq yoki qisman) davlat tomonidan amalga oshirilgan. Davlat tomonidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga qurilgan:
sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbayi davlat mablag`lari ekanligi;
sog`liqni saqlashga yo`naltiriladigan moliyaviy resurslarning turli darajadagi byudjetlarda to`planishi;
tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning ustunligi (tibbiyot muassasasi tomonidan ko`rsatilayotgan alohida tibbiy xizmatlarning haqini to`lash emas, balki uning xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi);
tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi va davlat tomonidan o`rnatilgan moliyaviy tartiblarga bo`ysungan holda ijtimoiy buyurtmaning ijrochisi ekanligi;
resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi;
tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va boshqarilishi;
tibbiyot xodimlariga haq to`lashda tarif usulining qo`llanilishi;
xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to`lash tartibining davlat tomonidan tartibga solinishi;
tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma‘muriy usuli o`rnatilganligi. Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat sog`liqni saqlash tizimi bir qator afzalliklarga ega:
davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni kafolatlash yo`li bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyasi ta‘minlanadi;
tibbiy xizmat ko`rsatish shart-sharoitlari ustidan qat‘iy davlat nazorati o`rnatiladi;
o`ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga (ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda) ta‘sir ko`rsatishning yuqori samaradorligi ta‘minlanadi. Ammo bir qator afzalliklarga ega bo`lgani holda davlat sog`liqni saqlash tizimi bozor sharoitlarida ayniqsa, keskinlashgan quyidagi kamchiliklarga ham ega:
byudjetlarning nobarqaror holatlarida hamda ajratilayotgan moddiy va moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanishi sharoitida sog`liqni saqlash tizimiga yo`naltiriladigan moliyaviy resurslar taqchilligining yuzaga kelganligi; tibbiyot xodimlari faoliyatida moddiy rag`batlantirishning cheklanganligi, ular mehnat haqi umumiy darajasining pastligi;
tibbiyot xodimlariga haq to`lash va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish hajmlarining so`nggi ish natijalarining hajmi va sifatiga sust darajada bog`langanligi;
mijoz tomonidan tibbiyot xodimi(vrach)ni va tibbiyot muassasasini tanlash imkoniyatining kamligi;
ayrim (taqchil) tibbiy yordamni olish uchun sekin harakatlanadigan navbatlarning mavjudligi;
alohida ijtimoiy, hududiy va kasbiy fuqaro guruhlari uchun tibbiy xizmat darajasi va sifatidagi tengsizlikning yuzaga kelganligi (maxsus tibbiyot muassasalarining, yirik korxona va alohida tashkilotlar bo`ysunuvidagi muassasalarning mavjudligi);
kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika qilishning yangi usullarini joriy qilishning sustligi, ijodiy erkinlik uchun, tibbiy xizmatlarni tashkil qilishning umumiy modellarini mahalliy sharoitlar va ehtiyojlarga moslashtirish uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
moliyaviy resurslar katta qismining yaxshi jihozlanmagan, yuqori malakali kadrlarga ega bo`lmagan, yetarlicha sifatli xizmat ko`rsatmayotgan, ya‘ni samarasiz ishlayotgan muassasalarni saqlashga yo`naltirilayotganligi;
birlamchi tibbiy yordam va kasalliklarning oldini olish milliy tizimi rivojlanish darajasining pastligi, tibbiy xizmatlarni ko`rsatishning ancha qimmat turuvchi statsionar turlarining ustuvorligi, qishloq va shahar o`rtasida sog`liqni saqlash borasidagi jiddiy tafovutlarning mavjudligi;
tibbiyot xizmatlarini ko`rsatishdagi monopolizmning hukmronligi, iste‘molchilarning sifatsiz tibbiy xizmatlardan himoyalanmaganligi;
tibbiyot sohasiga kapital qo`yilmalar qilish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligi, inqirozlar va moliyalashtirishdagi taqchilliklar davrida tibbiy xizmat ko`rsatish sharoitlarining yomonlashuvi.
2. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug`urta tibbiy xizmatlar uchun kelgusida qilinajak xarajatlarni qoplash maqsadidagi to`lovlarni nazarda tutadi. Ushbu maqsadli soliqlar ish beruvchilar tomonidan mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug`urta ajratmalari hamda ishchi-xizmatchilar tomonidan ish haqidan ijtimoiy sug`urta badallari shaklida to`lanadi va ijtimoiy tibbiy sug`urta fondlarida jamlanadi. Tibbiy xizmatlarni moliyalashning bu manbayi ham xizmatlardan foydalanishdagi ijtimoiy adolatning ta‘minlanishi, barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi, tibbiy sug`urta fondida to`plangan mablag`larning qat‘iy maqsadli ishlatilishi, ko`proq iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo`lgan ish beruvchilar va ishlovchilar qamrab olinishi bilan tavsiflanadi. Lekin bu manbadan foydalanishning ham o`ziga xos muammolari mavjud bo`lib, ular mablag`larni to`plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi, majburiy sug`urta ajratmalarining mahsulot tannarxi va bahosiga ta‘sir ko`rsatishi va bu holat mahsulotning raqobatbardoshligiga putur yetkazishi natijasida ish beruvchilar tomonidan noroziliklar kelib chiqishining mumkinligi kabilar bilan bog`liq.
3.Xususiy tibbiy sug`urtada sug`urtalanuvchi shaxs ixtisoslashgan xususiy sug`urta tashkiloti bilan kelishilgan ma‘lum haq (sug`urta mukofoti) evaziga tibbiy xizmatdan foydalanish bo`yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini yumshatish maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi 436 sug`urta badallarini sug`urta tashkilotiga o`tkazib boradi. Sug`urtalanuvchi shaxs salomatligi yomonlashgani sababli xarajat qilishga majbur bo`lganda sug`urta tashkiloti ushbu xarajatlarni sug`urta shartnomasida ko`rsatilgan pul summasi doirasida qoplab beradi. Moliyalashning bu manbayi ham qator o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, sug`urta ajratmalarining aksariyat hollarda iste‘molchilarning to`lash qobiliyatiga emas, ularning ehtiyojiga bog`liqligi, mijozlarni tanlab olishga (iqtisodiy samara nuqtayi nazaridan boy yoki kambag`al, nisbatan sog`lom yoki kasalmand) asoslangan tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi, tibbiy xizmatlar haqini to`lash bilan bog`liq xarajatlar hajmining ortib borishi, xususiy tibbiy sug`urta mablag`larining mamlakatdagi butun sog`liqni saqlash tizimining normal faoliyatini qo`llabquvvatlash uchun yetarli emasligi kabi ijobiy va salbiy jihatlari mavjud.
4.To`g`ridan-to`g`ri to`lovlar iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari bo`lib, tovar va xizmatlar sotib olishning bozor tamoyillariga asoslangan erkin uslubi hisoblanadi. Ushbu usul sog`liqni saqlash tizimini mablag` bilan ta‘minlashdagi mavjud muammolarni ma‘lum darajada yumshatishga xizmat qiladi, ammo xizmatlar bahosi shu darajada qimmatlashib ketishi mumkinki, natijada risklarni majburiy tarzda taqsimlash zaruriyati tug`iladi va raqobatdosh xususiy ixtiyoriy sug`urtaga ehtiyoj yuzaga keladi. Pullik to`lovlarga asoslangan moliyalashtirish tizimining ijtimoiy adolatni ta‘minlay olmasligi, risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi, butun tizimni yetarli resurslar bilan ta‘minlay olmasligi kabi salbiy jihatlarini ham ta‘kidlash o`rinli. Jahonda sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yuqorida sanab o`tilgan manbalarining faqat bittasidan foydalanadigan hech bir mamlakat yo`q ekanligini e‘tirof etgan holda shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashda sanab o`tilgan u yoki bu manbaga ustuvorlik bergan holda aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug`urta tizimi yuqori darajada rivojlangan bo`lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada – byudjetdan moliyalashtirish tizimi, Amerika Qo`shma Shtatlarida esa xususiy tibbiy sug`urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan. MDH davlatlarida byudjetdan moliyalashtirish tizimi ustuvor o`rin egallashi bilan birga Rossiya, Gruziya, Qirg`iziston, Litva, Latviya, Estoniya kabi davlatlarda parallel ravishda majburiy ijtimoiy tibbiy sug`urta joriy etilgan.
Xulosa Men Ne’matjonov Diyorbek Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimiyati moliya bo’limida 24-maydan 3-iyulgacha amalyot praktika davrida bo’ldim va judaham ko’p amalyot va ko’nikmalarga ega bo’ldim. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mavjud resurslarni safarbar etish bo‘yicha kunlik monitoring olib borilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarining bajarilishiga, shuningdek davlat maqsadli dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta`minladi. Hozirgi kunda mahalliy budjetlarning daromadlar qismini shakllantirishdagi mavjud muammolar sifatida quyidagilarni keltiraman
1. Soliq va tushumlarning yig‘uvchanlik darajasini pastligi;
2. Boqimanda qarzdorliklarni yildan-yilga oshib ketayotganligi;
3. Soliq to‘lovchilarni toʼliq davlat ro‘yxatiga olinmaganligi;
4. Korxonalarni to‘la quvvatda ishlamasligi;
5. Mavjud resurs salohiyatidan to‘la foydalanilmayotganligi;
6. Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlaydigan korxonalarning kamligi;
7. Yangi texnologiyalarning jalb etilmayotganligi.
Hozirda butun dunyo xoʼjaligida sodir bo‘layotgan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatida iqtisodiy qiyinchilik va toʼsiqlarni bartaraf etish maqsadida mahalliy soliqqa tortish tizimini takomillashtirish orqali mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish, daromad bazasini mustahkamlash hamda samarodorligini oshirishning barqarorligini taʼminlash uchun quyidagilarini taklif qilaman:
1. Mahalliy hokimiyat organlariga budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni qo‘llash lozim;
2. Mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish hamda moliyaviy oqimlarning o‘rnini oshirish maqsadida rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy budjetlarga qoldirish amaliyotini yanad takomillashtirish kerak;
3. Mahalliy budjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblash usuli va imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish, tabiiy resurslarga bo‘lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy soliq yukini ushbu soliqlarga yuklash zarur;
4. Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlarni miqdorini qatʼiy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt mobaynida o‘zgartirilmaydigan qilib belgilab qo‘yish lozim.
5. Shahar va tuman byudjetlari bo‘yicha korxona va tashkilotlarning byudjetdan boqimanda summasini hisobga olish, boqimanda miqdorlarini byudjetga tushurish yo‘llarini qo‘llash, sxema bo‘yicha korxonalarning bir biridan qarz miqdorlarini oʼzaro hisob-kitob qilish yoʼllaridan kengroq foydalanish kerak