Tuproqqa talabi.
Kuzgi bug’doyning boshqa g’alla ekinlariga nisbatan
tuproqqa talabchanligi yuqori. Uning me’yorida o’sishi va rivojlanishi uchun
tuproq muhiti neytral (betaraf – rN - 6-7,5) bo’lishi kerak. U tuproqning unumdor,
begona o’tlardan toza va yetarli namlikka ega bo’lishiga talabchan. Bug’doy eng
barqaror va yuqori hosilni unumdorligi yuqori qora tuproqlarda, to’q kashtan
tuproqlarda beradi.
Bug’doy sho’rlangan tuproqlarda yaxshi o’smaydi. Eroziyaga uchrab tuprog’i
yuvilgan nishab yerlar, qumli tuproqlar bug’doy ekish uchun qulay emas. Kuzgi
bug’doy o’stirishda relyef ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |