«Kupava» navi (V. Lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi, yumshoq bug’doy. O’rta pishar. Bo’yi 90-100 sm. boshog’i yirik, uzunligi 10-12 sm, qiltiqsiz, 1000 don vazni 40-45 g. Donining tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Yotib qolishga, qurg’oqchilikka chidamli. Qorakuya, unshudring va boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli. Septarioz, qo’ng’ir zang kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga o’rtacha chidamli. Ekish me’yori gektariga 4,5-5 mln unuvchan urug’ hisobida. 1 oktyabrdan 25 oktyabrgacha bo’lgan ekish davri eng maqbul muddat hisoblanadi. Noyabr oyida ekilgan maydonlarda ko’chatlarning tuplanishi keskin kamayadi, ko’chatlar o’ta siyrak bo’ladi. Mineral va mahalliy o’g’itlarga talabchan. O’rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.
1999 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
«Polovchanka» navi (V. lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi. O’rtapishar, bo’yi 105-110 sm, qiltiqsiz. Don tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Doni qizil, 1000 don vazni 38,0-43,0 g. Yaxshi tuplaydi. Yotib qolishga chidamli. Zang kasalliklariga, qorakuya, septarioz, unshudring va boshoq fuzarioziga o’ta chidamli. Kimyoviy
ishlov berish talab qilmaydi. Harakterli xususiyatlaridan biri ildiz tizimi kuchli rivojlanishi hisobiga sho’rlangan maydonlarga ekilganda ham yaxshi natija beradi. O’tmishdosh ekinlarni tanlamaydi. Suvga va ma’danli o’g’itlarga talabchan. Ekish me’yori har gektar maydonga 4,5-5,5 mln unuvchan urug’. Ekish muddati 1 oktyabrdan 30 oktyabrgacha. Bu muddat eng maqbul hisoblanadi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.
1999 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
«Delta» navi (V. Lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi. O’rtapishar, bo’yi 100 sm. Boshog’i o’rtacha 9-10 sm, qiltiqsiz, donining tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Doni qizil, 1000 don vazni 36,6-39,0 g. Yotib qolishga chidamli. Zang kasalliklariga, qorakuya, septarioz, un shudring va boshoq fuzarioziga o’ta chidamli. Kimyoviy ishlov berish talab etilmaydi. Suv va ma’danli o’g’itlarga talabchan. Ekish me’yori oktyabr oyida gektariga 4,5-5 mln, noyabr oyida 6 mln unuvchan urug’. Navning yarovizasiya davri 25-30 kun bo’lganligi uchun 15-20 noyabrgacha ekish mumkin. O’rtacha hosildorlik gektaridan 70-80 sentner.
2002 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |