4-sinf ona tili Dars mavzusi: Kishilik olmoshlari yuzasidan takrorlash
4-sinf ona tili Dars mavzusi: Kishilik olmoshlari yuzasidan takrorlash ( 365-366-mashq) Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular
I shaxs: men,biz
II shaxs: sen, siz
III shaxs: u, ular
Men, sen, u olmoshlari bitta shaxsni; Biz, siz, ular olmoshlari ko’p shaxsni bildiradi. 365- mashq.O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan otlarning o‘rniga shu otlarni ko‘rsatadigan olmoshlarni qo‘yib ko‘chiring. Yana qanday olmoshlar borligini ayting. 1. — Rahimjon, otingiz judayam chiroyli ekan, —dedim men. Rahimjon ( U) yalt etib menga qaradi. Rahimjonning ( Uning ) ko‘zlarida sevinch, g‘urur bor edi. 2. Rahimjon ikkimiz o‘zimizni oftobga solib yotdik. Men Rahimjonga ( unga ) tikilib yotardim. Rahimjonning oftobda kuygan, tog‘ shamoli yalagan badani qizg‘ish cho‘yanga o‘xshardi , hozir unga juda-juda havasim keldi. 366- mashq. Matnni o‘qing. Undagi ot, sifat, son va olmoshlarni aniqlang. Ularni alohida guruhlab yozing. Yunus Rajabiy kuy va qo‘shiqlari bilan xalqqa tanildi. Uning hayoti va ijodi O‘zbekiston radiosi bilan bog‘liq. Bastakor radioda maqomchilar ansamblini tuzgan. Yigirma yil davomida to‘plagan asarlarini tartibga keltirib, ajoyib kitob qilgan. Yunus Rajabiyning 5 jildli „O‘zbek xalq musiqasi“, 6 jildli „Shashmaqom“ kitoblari xalqimizga o‘lmas meros bo‘lib qoldi. Mashqdagi ot, sifat, son va olmosh so’z turkumiga oid so’zlarni alohida yozamiz:
ot so’z turkumi: Yunus Rajabiy, kuy, qo’shiq, xalq, hayot, ijod, O’zbekiston, radio, bastakor, maqomchi, ansambl, yil, asar, kitob, jild, o’zbek, musiqa, Shashmaqom, meros;
sifat so’z turkumi: ajoyib, o’lmas;
son so’z turkumi: besh, olti;
olmosh so’z turkumi: uning,
Mavzunu mustahkamlash uchun test topshiriqlarini birgalikda bajaramiz. 1. Kishilik olmoshlari qanday qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
Egalik qo’shimchalari
Kelishik qo’shimchalari
So’z yasovchi o’shimchalar
2. Kishilik olmoshlari gapda qaysi bo‘lak vazifasida keladi?
kesim
ikkinchi darajali bo’lak
Ega
3. Men, sen olmoshlariga qaysi kelishik qo’shimchalari qo’shilganda o’zakda o’zgarish bo’ladi?
jo’nalish va chiqish k
tushum va jo’nalish k
qaratqich va tushum k
4. U olmoshiga jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchasi qo’shilganda o’zakda qanday o’zgarish bo’ladi?
tovush ortadi
tovush tushadi
o’zgarmaydi
5. Bitta orzum bor mening, Do’stlarim sizga aytsam. Nechanchi shaxs olmoshlari qatnashgan?
II shaxs
I, II shaxs
II, III shaxs
E`tiboringiz uchun rahmat!
Kelgusi darslarimizda ko’rishguncha xayr!
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |