Uy vazifasini tekshirish: O`quvchilarning uy vazifalarinin tekshirish,tahlil qilish va baholash.
HAFTA KUNLARI NOMINI YODDA SAQLANG!
1- kun dushanba 4- kun payshanba
2- kun seshanba 5- kun juma
3- kun chorshanba 6- kun shanba
7- kun yakshanba
Mustahkamlash:
1- mashq. Namuna asosida savollarga javob yozing.
Namuna: Dushanba haftaning nechanchi kuni?
Dushanba – haftaning birinchi kuni.
—Dushanba haftaning nechanchi kuni?
—Chorshanba ... .
—Seshanba ... .
—Shanba ... .
—Yakshanba ... .
—Payshanba ... .
—Juma ..
ESLAB QOLING!
Unli harf bilan tugagan sanoqni bildiruvchi so‘zlarga
-nchi qo‘shimchasi, undosh bilan tugagan
so‘zlarga esa -inchi qo‘shimchasi qo‘shiladi.
Masalan: olti + nchi = oltinchi, sakkiz + inchi =
sakkizinchi kabi.
Taqdimot:O`quvchilar o`zlari bajargan ishlarini taqdim etadilar.Mashg`ulot tugagach,
o‘qituvchi yakun yasaydi va o‘quvchilarni baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |