5-bo‘lim. KOORDINATA TO‘RINI TUZISH. FAZOVIY SHAKLLAR
(20 soat, A1+: 28 soat)
101-103-mavzular. Koordinata burchagi. Grafikli ma’lumotlar (3 soat).
104-106-mavzular. Nuqta koordinatasi (3 soat).
107-109-mavzular. Ko‘pyoq. To‘g‘ri burchakli parallelepiped (3 soat).
110-112-mavzular. Fazoviy shakllar. Kub va uning elementlari (3 soat).
113-114-mavzular. Tasvirlarda ko‘ringan va yashiringan elementlarni aniqlash. Chizmada parallelepiped (kub)ning elementlarni bo‘yash (2 soat).
115-118-mavzular. Figuralarning yuzini topishga oid masalalar (4 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 1 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Reja tuzish mashqlari (A1+: 1 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan, teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
A (2;3) kO‘rinishdagi belgilarni o‘qiy oladi va yoza oladi;
fazoviy figuralarni (parallelepiped (kub) va uning elementlari (uchlari, qirralari, yoqlari)) tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
eng sodda holatlarda simmetriya hossalaridan foydalanib, geometrik figuralarni sharhlay oladi va bir-biri bilan solishtira oladi;
fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko‘rinishlari bilan bog‘lay oladi;
masalani tahlil qila oladi, kattaliklar orasidagi munosabatlarni o‘rnata oladi, masala sharti va savoli orasidagi bog‘liqlikni topa oladi, masalani yechish uchun amallar sonini va bajarish tartibini aniqlay oladi, zarur bo‘lgan amallarni tanlay oladi va tanlash sababini tushuntira oladi;
masala yechishda modellashtirishni qo‘llay oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |