partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan
taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy
tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va
saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda
bo‘lib o‘tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta
xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston
Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi.
Bir palatali O‘zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004
yillarda o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda samarali olib bordi:
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini
mustahkamlovchi qonunlar yaratish;
qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;
amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini
o‘rgangan holda olib borish;
joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko‘rsatish.
Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va
oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik
asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish
tarixida munosib o‘rinni egalladi.
Prezident Islom Karimov 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda
ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tishni taklif qildi. Darhaqiqat,
mustaqillikning o‘tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar
shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o‘tish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi.
2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning ettinchi
sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va
parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27
yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamentini ikki
palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo‘lib o‘tdi.
Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar.
2002 yil 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning sakkizinchi
sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy
prinsiplari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda
respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori
palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo‘yildi. Quyi palata-
Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat
muddati5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini
belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlash ishiga kirishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |