NAFAS OLISh ORGANLARI KASALLIKLARI
BRONXITLAR
Bronxit - bronxlarning turli etiologiyali yalliglanish kasalligi (infeksion, allergik, fizik-ximik va boshq). Bolalarda bronxitlarning quyidagi shakllari ajratiladi:
1. Otkir oddiy bronxit (OB)
2. Otkir obstruktiv bronxit (OOB)
3. Otkir bronxiolit
4. qaytalanuvchi bronxit (QB)
5. qaytalanuvchi obstruktiv bronxit (QOB)
6. Surunkali bronxit (SB) - birlamchi va ikkilamchi
7. Surunkali bronxiolit obliterasiya bilan birga
Bronxitlarning hamma shakllari zotiljamning klinik belgilarisiz bronx yalliglanishining klinik simptomlarida diagnostika qilinadi. Otkir oddiy bronxit - bronxlarning obstruksiya belgilarisiz kechadigan bronxitdir.
Etiologiyasi. Otkir oddiy bronxit etiologik omili viruslar (paragripp 1 va 2 turlari, RS-viruslari, adenoviruslar, gripp virusi, sitomegalovirus) hisoblanadi. Fizik-ximik omillar ta'sirida, sovuq qotishda burun-tomoqda autofloraning aktivlashuvi kuzatiladi. Kop hollarda otkir bronxit etiologiyasida virus-bakterial assosiasiyasi tasdiqlanadi, nafas yollaridagi epiteliyalarda joylashgan viruslar tropizmga ega bolganligi uchun ularni zararlaydi, bronxlar devori barer xususiyatini pasaytiradi va bakterial yalliglanish rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Shartli patogen bakterial autofloraning invaziv emas, intralaminar ko’payishi haqida so′z boradi. Bronxit quyidagi bolalar infeksiyasi, jumladan, qizamiq va kok yotal kechish jarayonida paydo bo’ladi. Katta yoshdagi bolalarda etiologik omil bolib, Mycoplasma pneumonia, Chlamydia pneumonia hisoblanadi.
Patogenezi. Bronx shilliq qavatlari yuqumli kasalliklari gipersekresiyaga va shilliqning fizik-ximik xossasini (elastiklik, adgeziyasi, shilamshi?ligi) ozgarishiga olib keladi, bu seliar hujayralarda ish faoliyatini qiyinlashtiradi, mukoseliar klirensi (nafas yollari sanasiyasini ta'minlaydi) buzilishiga sabab bo´ladi. Adashgan nerv afferent reseptorlarining qo’zgalishi natijasida paydo bo´ladigan yo′tal bronxlar tozalovchi funksiyasini kuchaytiradi.
Klinikasi. Ko’p qo’llarda etiologiyasiga bog’liq. Kasallik tana qaroratining kotarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish, ishtaha pasayishi bilan boshlanadi. O’tkir oddiy bronxit o’tkir virusli respirator infeksiyalardan so′ng rivojlanadi, kasallikning birinchi kunlarida yuqori nafas yollari zararlanish belgilari kuzatiladi. O’tkir oddiy bronxit asosiy belgisi yotal hisoblanadi. Kasallik boshida yo′tal quruq bo´ladi. Traxeobronxitda yo′tal qichishish va to′sh suyagining orqasida ogriq bilan kechadi. Erta yoshdagi bolalarda yo′talganda yuzning qizarishi va yig′lash to′sh suyagining orqa qismida og′riqdan dalolat beradi. Bir necha kundan keyin yo′tal yumshoq, nam, ko’p bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar balhamni chiqara olmaydi va yutib yuboradi.
O’pka auskultasiyasida o’tkir bronxitda dag’al nafas, diffuz quruq, nam, orta kalibrli xirillashlar eshitiladi, yo′talgandan keyin uning miqdori kamayadi. Gematologik siljishlar virusli infeksiyalarni yoki og’ir bo’lmagan bakterial yalliglanishni ko’rsatadi. O’tkir bronxitning davomiyligi 2 haftadan oshmaydi.
Differensial tashqisi. Pnevmoniya, bronx-o′pka kasalliklari bilan o’tkaziladi, uning qaytalanishi otkir bronxit klinikasi bilan kechadi (mukovissidoz, bronxektatik kasallik va boshqalar). Pnevmoniyaga gumon qilinganda kokrak qafasi rentgenografiyasi otkaziladi.
Otkir obstruktiv bronxit va bronxiolit
Otkir obstruktiv bronxit (OOB) - bronxlar obstruksiyasi sindromi bilan kechadigan kasallik. Kattalarga qaraganda, bolalarda kop uchraydi, ogirroq kechadi. Zamonaviy tasavvurlarga kora otkir bronxiolit OOBga kiradi, mayda bronxlar va bronxiolalarning virusli etiologiyali zararlanishi bilan kechadi. Otkir bronxiolit bilan asosan ikki yoshgacha bolgan bolalar kasallanadi.
Etiologiyasi. Otkir obstruktiv bronxit va bronxiolitda asosiy etiologik omil RS-viruslar, paragripp III turidagi viruslar, adenoviruslar hisoblanadi. Katta yoshdagi bolalarda otkir obstruktiv bronxit rivojlanishida mikoplazmalar va Ch. Rneumoniae asosiy orinni oynaydi.
Patogenezi. Bronxoobstruktiv sindrom - patofiziologik tushuncha bolib, otkir va surunkali kasalliklar fonida bronxlar otkazuvchanligining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda bronx-o′pka kasalliklarida bronxlar obstruksiyasining asosiy komponentlari quyidagilar:
Bronxlar shilliq qavatining qalinlashishi. Bu komponentning asosiy sababi - shilliq va shilliq osti qavatining shishi va hujayra infiltrasiyasidir.
Bola qanchalik kichik bolsa, bronxlar shilliq qavatining qalinlashuvi shunchalik yaqqol bilinadi, bu esa bronxobstruktiv sindromning rivojlanishiga olib keladi;
Nafas yollari kalibri kichik bolsa, yalliglanish yuqori boladi va qaytmas obliterasiyaga olib keladi. Bronxlar bez apparatining giperplaziyasi ham shilliq qavatning qalinlashish darajasiga ta'sir qiladi.
Bronxlarning gipersekresiya va reologik xususiyatining ozgarishi erta yoshdagi bolalarda bronxobstruktiv sindromning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ekssudativ-kataral va limfatiko-gipoplastik konstitusiya anomaliyalari bor bolalarda bronxobstruksiya sindromi rivojlanishiga moyillik yuqori bo´ladi. Bronxlar diametrining kichrayishida, bronxial sekretning suvsizlanishi obstruksiyaning boshqa komponentlariga bogliq, bu esa kop ishlab chiqarilgan bronxial sekretning yuqori yopishqoqligiga olib keladi va qattiq shilliq tosiqning rivojlanishiga sabab bo’ladi, natijada nafas yollarini to′sib qo’yadi. Balham reologik xususiyatining o’zgarishi (yopishqoq sekret) mukovissidozda bronxial obstruksiya shakllanishining asosiy sababi hisoblanadi. Siliar diskineziya sindromida o’zgarmagan yo’ki infisirlangan bronxial sekret evakuasiyasi buziladi.
Bronxlar shilliq mushaklarining spazmi - tez rivojlanadigan va yengil qaytuvchi obstruksiya komponenti. Bola yoshi kattalashgan sari va obstruksiya epizodlari qaytalanishida u katta ahamiyatga ega. Tez-tez qaytalanuvchi yoki uzoq vaqt davom etuvchi spazm bronxlar shilliq mushaklari spazmiga olib keladi.
Bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishida opkaning shishi, havo yollarining emfizematoz o’pka to′qimasi bilan bosilishi obstruksiyani kuchaytiradi. Yuqorida keltirilgan obstruksiya mexanizmlaridan tashqari, timomegaliya, ko’krak ichi limfa tugunlarining kattalashishi, o’pkaning tugma bolakli emfizemasi, diafragmal churra, oraliq devor osmasida kompressiya natijasida nafas yo′llarining torayishi kuzatiladi.
O’tkir bronxiolitda epiteliy deskvamasiyasi bo’ladi, kiprikchalari bo’lmagan osuvchi qavat hujayralari bilan almashinadi. Bu mayda bronxlar va bronxiolalar shilliq qavatining erta zararlanishi hisoblanadi. Epiteliylar, fibrin tolalari, shilliq mayda bronxlar va bronxiolalarda qattiq tiqin hosil qiladi, bu bronxiolalarning toliq yoki qisman obstruksiyasiga olib keladi.
RS-viruslar bilan chaqirilgan bronxiolitning ogir kechishida, RS-IgE anti tanachalarining spesifik titri yuqori, leykotrien S konsentrasiyasi, shilliqda gistamin sekresiyasi yuqori bo´ladi.
Otkir RS-bronxiolit otkazgan bolalarda, kop qollarda bronxlar nospesifik giperreaktivligi shakllanadi va bronxial astmaga bolgan moyillik yuqori boladi.
Klinikasi. Otkir obstruktiv bronxit tana qaroratining kotarilishi, yuqori nafas yollari kataral ozgarishlari bilan otkir boshlanadi. Bolaning umumiy ahvoli birdan ozgarmaydi.
Respirator buzilishlar belgilari kasallikning birinchi kunida yuzaga kelishi mumkin, ba'zida 3-5 kunida yuzaga chiqadi. Asta-sekin nafas olish harakati va nafas chiqarish davomiyligi bir minutda 50 martagacha yetadi, shovqinli, hushtaksimon boladi. Perkutor tovushning qutichasimon bolishiga fonida, nafas chiqarishi uzaygan, ikki tomonlama quruq, qushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Bronxial bezlar gipersekresiyasi natijasida, kichik yoshdagi bolalarda mayda va orta pufakli nam xirillashlar eshitiladi va jarayonga bronxiolalarning qosqilishi kuzatiladi. Xirillashlar masofadan eshitiladi.
Obstruksiya rivojlanishi kuchayganda bola bezovtalanadi, qozgaluvchanligi ortadi, qollariga tayangan holda majburiy otirgan holatni tanlaydi.
Nafas olishda yo’rdamchi mushaklar qatnashadi, burun qanotlari kerikkan, qovurg′alar oralig′ida va epigastral sohada tortilish kuzatiladi. Ba'zida og’iz atrofida yengil sianoz kuzatiladi. Periferik qonning o’zgarishi virusli infeksiyadagi kabi bo’ladi (leykopeniya, limfositoz, EChT qisman oshishi).
Otkir bronxiolitda obstruksiyaning ogirlik darajasi va nafas yetishmovchiligining yaqqolligi yalliglanishning mayda bronxlarda joylashishi, erta yoshdagi bolalarda brox-opka tizimining anatomo-fiziologik xususiyati va virusli yalliglanishning oziga xosligiga bogliq. Nafas yollari yengil kataridan 2-4 kundan keyin hansirash nafas harakatining minutiga 70-90 taga yetishi kuzatiladi, nafas chiqarishning qiyinlashishi, yordamchi kokrak mushaklarining ishtirok etishi, kokrak qafasi chiqib turgan joylarining tortilishi, burun qanotlarining kerikishi, ogiz atrofi sianozi kuzatiladi.
Kasallik boshida yotal quruq, keyinchalik nam, balhamli boladi.Temperatura reaksiyasi bronxiolitning etiologiyasiga bogliq: adenovirusli infeksiyasida uzoq febril isitma kuzatiladi, boshqa etiologiyali bronxiolitlarda - tana qarorati 38-39˚Sgacha ko’tariladi. Bu holat 1-2 kun davom etadi.
Bolaning umumiy ahvoli og’ir, nafas yetishmovchiligi yaqqol bilinadi. RaO2 55-60 mm rt.st gacha pasayadi, RaSO2 pasaygan (giperventilyasiya), bu asidozni rivojlanishiga tosqinlik qiladi.
Kokrak qafasi shishgan, perkussiyada qutichasimon tovush aniqlanadi, yurak nisbiy chegarasi kichraygan. Auskultasiyada uzaygan nafas chiqarish yoki hushtaksimon nafas chiqarish, nafas olishda va nafas chiqarishda kop mayda xirillashlar eshitiladi. Nafas olish tezlashganda nafas chiqarishning uzayishi bolmasligi mumkin.
Periferik qon ozgarishi virusli infeksiyalardagidek bo´ladi. Rentgenda opka shishi kuzatiladi, o’pka ildizi kengaygan, ildiz oldi o′pka surati kuchaygan, atelektazlar, distelektazlar aniqlanadi. Asoratlanmagan bronxiolitda epiteliy regenerasiyasi kasallik boshlanishidan 2-3 kundan keyin paydo bo’ladi, 4-kuni gipersekresiya pasayadi, kiprikchalarning toliq tiklanishi kasallikning 15-kuniga togri keladi.
Differensial tashqisi. Otkir obstruktiv bronxit va otkir bronxiolitni yot jismlar bilan aspirasiya, bronxial astma xuruji, ba'zan - pnevmoniya bilan otkaziladi.Residivlanuvchi (qaytalanuvchi) bronxit. Kasallik oddiy otkir bronxitning qaytalanishi bilan kechadi (obstruksiya belgisisiz), uning epizodlari yilida 2-3 marta qaytalanadi, oxirgi 2-3 yil ichida qar bir xurujlar 3-hafta va undan kop marta davom etishi bilan xarakterlanadi.
Residivlanuvchi bronxit bolalik davrlarida kop uchraydi. Surunkali bronxitdan farqi progressivlanuvchi kechishi kuzatilmaydi, bronx-opka tizimida qaytmas funksional va morfologik ozgarishlar aniqlanadi.
Etiologiyasi. Residivlanuvchi bronxit erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda kop uchraydi. qaytalanuvchi bronxitda ekzogen va endogen omillar katta ahamiyatga ega, bolalarda respirator kasalliklarga sabab boladi.
Qaytalanuvchi bronxitga xurujlarni mavsumiyligi xarakterlidir, bu virusli respirator infeksiyalarning epidemik ko’tarilishiga to’g’ri keladi, ko’p hollarda xurujlarni rivojlanishiga sabab bo´ladi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitning shakllanishi va kechishida bakterial infeksiyalarni o′rni katta: pnevmokokk, gemofil tayogchalari, xlamidiya va miko’plazmalarni bir hilda uchrashi kuzatiladi. Bronxial daraxtning ushbu mikroorganizmlardan tozalanishi sekin kechishi xarakterli xisoblanadi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitda nospesifik rezistentlik (neytrofilli leykositlarni pasayishi) va immunologik reaktivlik xususiyati mavjud (xuruj davrida supressorlar pasayishi va remissiya davrida xelperlar aktivligi, T-limfositlar faolligi pasayishi, xuruj davrida sekretor IgA pasayishi kuzatiladi, zardob immunoglobulinlari miqdori doimiy normal bo’lganda kasallik remissiya davrining uzayishi xarakterlidir).
Klinikasi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, xurujlar shunchalik ko’p uchraydi (erta yoshdagi bolalarda yilida ortacha 8 marta qaytalanadi, maktab yoshidagi bolalarda yilida 2-3 marta kuzatiladi).qaytalanuvchi bronxit xuruji o’tkir boshlanadi, tana harorati subfebrilgacha, ba'zida febrilgacha kotariladi, quruq yotal 2-3 kundan keyin nam balhamli yo’talga aylanadi.
Maktab yoshidagi bolalarda qaytalanuvchi bronxit xuruji tana qaroratining ko′tarilmasligi bilan kechadi. Yo’tal odatda kun davomida bir xil yo’ki ertalablari kuchaygan bo´ladi.
Auskultativ, perkutor ma'lumotlari va rentgenologik o’zgarishlar o’tkir bronxitdagidek bo´ladi.
Kasallik remissiyasi sekin rivojlanadi. Uzoq vaqt (3-4 haftadan kam bo’lmagan) qisman yo’tal saqlanadi, ertalablari shilliq yo’ki shilliq yiringli balg’am ajralishi bilan kuzatiladi.
Differensial tashqisi. Ikkilamchi surunkali bronxit, surunkali bronx-o′pka kasalliklarining klinik korinishi bo’lishiga mumkin: mukovissidoz, bronxoektatik kasallik. O’pka rivojlanishi nuqsonlari, siliar diskineziya sindromi va boshqalar. Bu kasalliklarga gumon qilinganda bola pulmonologiya bo’limida tekshirilishi rentgen, funksional va instrumental bronx-o’pka tekshiruvidan o’tishi kerak.
Oqibati. qaytalanuvchi bronxitda yo’mon emas, ba'zida surunkali shaklga o’tishi mumkin. 2% bemorlarda qaytalanuvchi bronxit bronxial astmaga o’tishi mumkin.
Residivlanuvchi obstruktiv bronxit - bu o’tkir obstruktiv bronxitning qayta epizodlari bilan kechadigan kasallik. Ba'zan kasallik etiologiyasida xlamidiyalarni o’rni katta.
Klinik ko’rinish va davolash o’tkir obstruktiv bronxitnikidek bo’ladi. Tashqis 3 - 4 yoshda qo’yiladi.
O’RVI obstruksiya epizodlarini chaqiradi. Bronxlar giperreaktivligi va obstruksiya residivi endogen omil bo’lib hisoblanadi. Bronxlar giperreaktivligi -infeksion va noinfeksion omillar ta'siridagi havo o’tish yo’llarining noadekvat reaksiyasi, klinikada bronxlar obstruksiyasi bilan kechadi.
Populyasion tekshirishlar bronxlarning birlamchi giperreaktivligini (irsiy, tugma) aniqlaydi.
Ikkilamchi giperreaktivlik nafas yo’llarining infeksion, allergik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit differensial diagnostikasidan maqsad qar bir bemorda bronxlar giperreaktivligini aniqlashdan iborat. Bronxial astma bilan qaytalanuvchi bronxit o’rtasitdagi differensial tashqis qiyinchilik tug’diradi. 30-50% erta yoshdagi bolalarda bronxial astma xurujida virusli infeksiyaning o′rni yuqori bo´ladi.
Qaytalanuvchi obstruktiv bronxitda oilaviy anamnezda allergik kasalliklari kuzatilmaydi va atopiyaning o’pkadan tashqari zararlanishi bo’lmaydi.
Umumiy va spesifik immunoglobulin IgE miqdori normada bo´ladi, obstruksiya xurujli xarakterga ega emas, noinfeksion ekzogen allergenlar ta'siri bilan bog’liq emas, astmaga qarshi bazis terapiyadan samara bo’lmaydi. 20% bolalarda residivlanuvchi obstruktiv bronxit anamnezida bronxlarning tugma giperreaktivligi sababini aniqlash mumkin: tug’ilganda kichik vazn, homiladorlik vaqtida onasining tamaki chekishi, nafas yollarining kichik kalibrligi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit xurujini virusli infeksiya kuchaytiradi. 3 - 4 yoshda epizodlar to’xtaydi.
Surunkali bronxit
Birlamchi surunkali bronxit - kattalardagi surunkali bronxitga oxshash, bolalarda juda kam uchraydi. Bu tashqis mukovissidoz, siliar diskineziya, surunkali pnevmoniya tashqislarini iste'sno qilingandan so′ng qo’yiladi.
Ikkilamchi surunkali bronxit - bronx-o’pka tizimi kasalliklarining yuqorida korsatilgan belgilari aniqlansa qo’yiladi.
Bolalarda surunkali bronxitlarning tashqisot mezonlari:
1) Balhamli yotal;
2) 3 oy va undan ko’p vaqt davomida doimiy xirillashlar;
3) Yilida uch va undan ko’p marta xurujlar takrorlanishi;
4) Bronx devorida morfologik belgilarning aniqlanishi.
Klinikasi. Bronxoobstruktiv sindrom xarakterlidir. Tashqi nafas tekshirilganda ko’krak ichi bosimi ortganligi, o′pkaning qoldiq hajmi oshganligi, bronxial o′tkazuvchanlik buzilganligi aniqlanadi.qaytalanuvchi yo′tal, auskultasiyada zararlangan o’choq ustida sust nafas, mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Ular doimiy eshitilishi mumkin, bu esa pnevmoniya bilan tashqis o’tkazishda qiyinchilik tug’diradi. Nafas yetishmovchilik belgilari total zararlanishda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |