4-mustaqil ta’lim. Annotatsiya yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 3ball beriladi


-mustaqil ta’lim: Referat yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 3ball beriladi



Download 25,81 Kb.
bet2/2
Sana21.12.2022
Hajmi25,81 Kb.
#892894
1   2
Bog'liq
Hemis 4,5,6-mustaqil ta'lim...

5-mustaqil ta’lim: Referat yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 3ball beriladi.
Quyidagi mavzulardan jurnaldagi tartib raqamingiz bo‘yicha to‘g’ri keladigan mavzuni tanlang va referat yozing.



t/r

Referat mavzulari

1

Yozma va og’zaki nutq va uning xususiyatlari

2

Adabiy til me’yorlari

3

Yozuv texnikasi

4

Nutq uslublari

5

So’zlashuv uslubi

6

Badiiy uslub

7

Publitsistik uslub

8

Ilmiy uslub

9

Rasmiy uslub

10

Matn turlari va tarkibi.

11

Taqdimot nutqi.

12

Reklama va uning xususiyatlari. Reklama matnini yozish

13

Maqola va uning turlari.

14

Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari.

15

Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot va uning turlari.

16

Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Rasmiy va norasmiy muloqot.

17

Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Muloqot shakllari.

18

Til va terminologiya.

19

Mutaxassislikka oid so’z va terminlarning yasalishi, imlosi va qo’llanilishi.

20

AKTga oid terminlarning xususiyatlari




Jami



Referatning baholanishi
(Baholash me’zonlari)

Baholash ko‘rsatkichlari

Baholash mezonlari

1.Referat qilingan
matnning yangiligi


- muammo va mavzuning dolzarbligi;
- muammoning qo‘yilishi, tahlil uchun tanlangan muammoning yangi jihatini ifodalashdagi
yangilik va mustaqillik;
- muallif pozitsiyasining mavjudligi, fikrlarning mustaqilligi.


2. Muammo mohiyatini ochib berish darajasi



- rejaning referat mavzuiga muvofiqligi;
- mazmunning referat mavzui va rejasiga
mosligi;
- muammoning asosiy tushunchalarini ochib
berishning to‘liqligi va chuqurligi;
- material bilan ishlash usullari va
uslublarining asoslanganligi;
- adabiyotlar bilan ishlash, materialni bir
tizimga solish va tarkiblashtirish mahorati;
- ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha har xil
nuqtai nazarlarni umumlashtirish, qiyoslash,
asosiy qoidalar va xulosalarni dalillash
mahorati.

3. Manbalarni tanlashning
asosliligi

- muammoga doir adabiy manbalardan
foydalanish doirasi, to‘liqligi;
- muammo bo‘yicha eng yangi asarlardan
foydalanish (jurnal maqolalari, ilmiy asarlar
to‘plamlari materiallari va hokazo).

  1. Rasmiylashtirish
    talablariga rioya

qilinishi; Savodlilik


- foydalanilgan adabiyotlarga qaydlarning to‘g’ri
rasmiylashtirilishi;
- bayonning savodliligi va madaniyati;
- muammo atamalari va tushunchalar apparatini
egallaganlik;
- referat hajmiga talablarga rioya qilinishi;
- rasmiylashtirish madaniyati: xatboshilarning
ajratilishi.
- orfografik va sintaktik xatolar, uslubiy
nuqsonlarning yo‘qligi;
- xatolar, umumiy qabul qilingan so‘zlardan
tashqari so‘zlarni qisqartirishlarning yo‘qligi;
- adabiy uslubi.



6-mustaqil ta’lim: Esse yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 4ball beriladi.
Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida XX-asrning 70—80-yillaridan Esse yaratila boshlandi.
Esse – aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalar asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi.
Essening tuzilishi
Kirish
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim.
Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.

Asosiy qism


Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi.


Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, sitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.

Xulosa



Xulosa – mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo‘lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.
Esse yozish uchun mavzular:



  1. Hayotda qonun barchaga barobarmi?

  2. Ijtimoiy tarmoqlar va men.

  3. Men farzandim uchun nima qilishim kerak?

  4. Orolning qurishi kimning muammosi?

  5. Tinch o‘tgan har kuning bayram.

  6. Muvaffaqiyat sari birinchi qadam.

  7. Vaqt shamoldek uchmoqda.

  8. Kun bo‘yi ishdaman, farzandim esa...

  9. Agar meni tanqid qilishsa...

  10. Ayolning o‘rni qayerda?

  11. Kechagi kunim.

  12. Qabulimdagi odamlar.

  13. Ona tilimni asrash uchun men nima qila olaman?

  14. Kasbimni to‘g‘ri tanladimmi?

  15. Men jamiyatga kerakmanmi?

  16. Yoshlik beboshlikmi?

  17. Meni o‘ylantirgan muammo.

  18. Men qayta-qayta o‘qiydigan kitob.

  19. Mahallamdagi odamlar va men.

  20. Mening do‘stlarim ko‘pmi yoki ulfatlarim?

  21. Yo‘ldagi tirbandlik.

  22. Agar deputat bo‘lsam...

  23. Olisdagi yaqinim.

  24. Muvaffaqiyatim sababi...

  25. O‘zimga nisbatan advokatmanmi yoki prokuror?

  26. Qachon kim bilan dildan suhbatlashdim?

  27. O‘zimni kitobxon sanay olamanmi?

  28. Onam betob, majlis esa uzoq davom etadi.

  29. Hamkasbim mendan bir pog‘ona yuqoriladi.

  30. Bir qo‘lida hassa, birida yegulik...

  31. Men anglagan haqiqat.

  32. Bugun kimga yordam qildim?

  33. Nima uchun bolalikka qaytgimiz keladi?

  34. Meni yig‘latgan kinofilm.

  35. Kattalar ham multfilm ko‘rishi kerakmi?

  36. Qabriston oralab yurganimda kechgan hislar.

  37. Aybsiz aybdor bo‘lgan on.

  38. Farzandli bo‘lgan kunim.

  39. Meni qoyil qoldirgan alloma.

  40. Yiqilgan kurashga to‘ymaydimi?



Download 25,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish