Bog'liq Yuridik shaxslardan undiriladigan aktsiz soligi ac8a5
Aktsizmarkalari. Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek aktsiz solig‘i to‘liq undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aktsiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aktsiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aktsiz markalarini yopishtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‘qiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspektsiyalarining aktsiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aktsiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi.
Aktsiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani “Davlat belgisi” Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.
Importchilar, shu jumladan aktsiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aktsiz tovarlari uchun aktsiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Davlat soliq inspektsiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aktsiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari aktsiz markalarini:
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aktsiz markalarining nominal qiymati to‘langanidan keyin;
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aktsiz markalari to‘liq to‘langanidan va aktsiz solig‘i to‘liq hajmda to‘langanidan keyin beradilar.
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha xarid qiladigan aktsiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika budjetiga kiritiladi va aktsiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aktsiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.
Aktsiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi.
“Davlat belgisi” DIChBning aktsiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi.
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:
respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib kelinadigan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan;
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aktsizsiz olib kelish me‘yorlari doirasida olib kelinadigan (jo‘natiladigan) aktsizosti tovarlari majburiy tarzda markalanmaydi.
Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‘zbekiston Respublikasining aktsiz markalari bilan markalanmaydi.
Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aktsiz tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aktsiz markalari bilan majburiy tarzda
markalanishi kerak va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aktsiz solig‘i to‘lanadi.
Aktsiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aktsiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:
IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan;
O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan;
98 – dastlabki ikki belgi – aktsiz markasi bosib chiqarilgan yil;
01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari;
4 raqam belgisi aktsiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi;
5 raqam belgisi aktsiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;
98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aktsiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;
99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aktsiz tovarlari anglatadi.