Yozma kommunikatsiya - maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda boʻlgan odamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini koʻrmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi boʻlganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejerga yozma soʽz bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari soʽzlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urgʻu beradi. Xabarga koʻra alohida oʻquvchiga murojaat qilishda soʽzlarning muvofiqlashtirilishi barcha oʻquvchilar ham xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining soʽz boyliklari bir xil emas, mavzu boʻyicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos boʻlishi kerak.
1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, koʻpchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish soʽzlardan foydalanish o‘rniga oʽz fikrlarini qogʻozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini oʽzgartirishga moyil boʻlishadi. Masalan, urinmoq – harakat qilmoq, aniqlamoq – bilmoq, chek qoʻymoq – tugatmoq, namoyon qilmoq – koʻrsatmoq, istifoda qilmoq/ qoʻllamoq – foydalanmoq.
2.Uzun soʽzdan koʻra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa soʽzlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun soʽzlarning ogʻirlik nisbati oʻquvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun soʽzlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon (vibes), raqobatlashmoq (vie), achchigʻi chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa soʽzlar faqatgina kamchlik uchun tushunarli boʻlishi mumkin. Shunday qilib, uzun soʽzlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik boʻladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan soʽzlaringiz oʻquvchingiz uchun tanish boʻlishiga amin boʻling.
3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning oʽz terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik koʻp paydo boʻlganidan, sohaga taalluqli boʻlmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va oʽz sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Aniq yozish qobiliyati faqatgina soʽzlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida boʻlishi mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez qoidalari yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda boʻlgani uchun oson tushuniladi. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega boʻlishdek katta oʽzgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qoʻllaydilar hamda tajriba qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |