4-Mavzu: Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi



Download 162,53 Kb.
bet2/3
Sana11.11.2022
Hajmi162,53 Kb.
#864304
1   2   3
Bog'liq
4-Mavzu Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari va kimyoviy ta

Yer osti suvlarini gazli tarkibi. Yer osti suvlarida gazlar erkin va erigan holatda uchraydi. Erigan gazlar miqdori suvlarda ularni erish koeffsiyentlariga harorati, bosimi va mineralizatsiyasiga bog‘liq. Yer osti suvlarini tarkibidagi asosiy gazlar O2, azot N2, uglerod oksidi SO2, oltingugurt vodorodi H2S, vodorod H2, metan CH4 hamda inert gazlari-He, Ne, Ar va x.o. dan iborat.
Gazlar kelib chiqishi bo‘yicha quyidagi gruhlarga bo‘linadi:
1.Tog‘ jinslari tarkibiga atmosferadan o‘tuvchi gazlar-N2, O2, CO2, He, Ar;
2.Bioximik yo‘llar bilan mikroorganizmlarni chiqishi, vujudga keluvchi gazlar-CH4, CO2, N2, H2S, O2;
3.Yuqori bosim va harorat ostida suvlar bilan tog‘ jinslarining bir-biriga ximiyaviy ta’siridan hosil bo‘ladigan gazlar-CO2, H2S, H2, CH4, CO, N2, HCl, HF, SO2, Cl, NH3.
4.Radioaktiv va yadro reaksiyasi jarayonida vujudga keluvchi gazlar-He, Rn va b.q. Geoximiyaviy nuqtai nazaridan gazlarni asosiysi bo‘lib, kislorod, uglerod, ikki oksidi va oltingugurt vodorodi hisoblanadi. Yer osti suvlarida kislorod 15-20 mg-l ni tashkil qiladi. Yer yuzasidan pastga tomon chuqurlashgan sari uni miqdori har xil jarayonlarga sarf qilinishi natijasida kamayib boradi.
Uglerod ikki oksidi ximiyavmy aktiv hisoblanadi. Yer osti suvlaridagi uglerod ikki oksidi erigan miqdori 1 litrda bir necha 10 milligramdan bir necha 10 grammlarga boradi va yer osti suvlarini ximiyaviy tarkibini hosilqilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Oltingugurt vodorodi-oltingugurtni yer osti suvlarida uchrash formalardan biri. Oltingugurt vodorodini eng ko‘p tarqalishi neft gaz provinsiyalarda uchraydigan suvlar hisoblanadi. Chuqur qatlamlardagi yer osti suvlarida oltingugurt vodorodi 3500 mg-l uchrashi mumkin.
5.4.Yer osti suvlarini kimyoviy tarkibini tahlil qilish
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini mineralizatsiya darajasini aniqlash dala va statsionar-laboratoriya sharoitlarida amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus usullar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan (A.A.Reznikov, Ye.P.Mulikova, 1962 va b.q.).
Dala sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti suvlarini nitrit (NO-2), nitrat (NO-3), ammoniy (NHq4), gidrokorbonat (HCO-3), korbonat (SO2-3), xlor (Cl-), sulfat (SO2-4), kalsiy (Ca2q), magniy (Mg2q), natriy (Naq), kaliy (Kq), ionlari, temir oksidlari (Fe2q, Fe3q), vodorod sulfid (H2S), vodorod ionlarining konsentratsiyasi (pH), erkin karbonat kislotasi, qattiqligi, qattiq qoldiq va boshqalar aniqlanadi.
Qattiq qoldiq deganda, ma’lum miqdordagi yer osti suvlari namunasini chinni farfar kosachada olov ostida bug‘latilgandan keyingi qolgan mineral moddalarning umumiy miqdori tushinilib, mg-l yoki g-l da ifodalanadi. qolgan qattiq qoldiqni q105-1100S da yana qidirilsa uni tarkibilagi ba’zibir organik brikmalarni butunlay quyib yo‘q bo‘lib ketish jarayoni sodir bo‘ladi va qattiq qoldiq qandaydir milligramga yoki protsentga kamayadi. Anashundan keyingi qolgan qattiq qoldiqni qismi quruq qoldiq deb ataladi. Ifloslanmagan va kam ifloslangan suvlarda qattiq qoldiq bilan quruq qoldiq miqdori orasidagi farq 3-5% dan oshmaydi. Bu farq yer osti suvlari taxlili natijalari ro‘yxatida «qizdirish natijasidagi yo‘qotish» deb ko‘rsatiladi.
Taxlil uchun olinadigan suv namunalari buloqlardan chuqur bo‘lmagan shurflardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, chuqur burg‘ quduqlaridan maxsus suv namunalarini olish asboblari yordamida (5.1-rasm) olinib, yaxshilab yuvib tozalangan shisha yoki plastmassa idishlarga solinib, surguch yoki parfinlab berkitiladi. Namuna olingan idishga yer osti suvi tarkibini o‘rganuvchi tashkilotni nomi, olingan suv manbai (buloq, shurf, burg‘ qudug‘i va b.q.), olingan joyi, chuqurligi, vaqti, taxlil qilish turi, namuna oluvchi mutaxasisning ism, familiyasi maxsus tayyorlangan yorliqqa yozilib, yopishtirilib qo‘yiladi. Namuna miqdori taxlil turlariga qarab turlicha b
5.1-расм. Було= ва бур\у =уду=ларидаги мавжуд ер ости сувларидан гидрокимёвий тад=и=отлар учун намуналар олиш жараёнида ишлатиладиган асбоб ва жихозлар. А-Е.В.Семеновни бур\у =уду=ларидан сув намунасини олиш асбоби: 1-кранли юк; 2-цилиндрнинг пастки мухофаза дастаси; 3-пылат ёки чыян цилиндр; 4-цилиндрнинг ю=ориги воронка =исми; 6-кран; 7-кранга =ыйилган резина найча. Б-було= сувларидан шиша идишга сув олиш жараёни

A B
o‘lishi mumkin (5.1-jadval).

To‘liq qisqartirilgan va taxlil qilish jarayonida yer osti suvlarini fizik hususiyatlari, pH, Cl-, SO2-4, NO-3, HCO-3, CO2-2, Naq, Kq, Ca2q, Mg2q, Fe2q, Ay3q, NHq4, NO-3 erkin CO2, SiO3 oksidlanishi, quruq qoldiq miqdori umumiy qattiqligi va boshqa hususiyatlari statsionar laboratoriyalarda aniqlanadi. To‘liq taxlilni qisqartirilgan taxlildan farqi shundan iboratki, birinchidan to‘liq taxlil jarayonida eng yuqori aniqlikdagi usullar qo‘llaniladi, ikkinchidan ayrim namunalargina o‘rganildi, uchinchidan dala sharoitida olingan taxlil natijalpari tekshirib ko‘riladi va to‘ldiriladi.
Dala sharoitida suvlarni taxlil qilish maxsus dala laboratoriyalarda sodda usullar 1rdamida amalga oshiriladi. Bunda taxlil katta miqdordagi namunalar ustida olib borilib, aniqlik darajalari bilan statsionar laboratoriya natijalaridan farq qilishi ham mumkin. Shuningdek Ca2q va Mg2q, dan biri, NaqK umumiy miqdori aniqlanishi mumkin.
5.2-jadval
Gidroximik taxlil uchun olinadigan suv namunasining miqdori

Taxlil turlari

Namunaning miqdori, l

Yuqori mineralizatsiyaga ega bo‘lgan suvlardan (quruq qoldiq 1000-1500 mg-l)

Chuchuk suvlardan (quruq qoldiq 500 dan 1500 m mg-l)

To‘liq

1,0

1,5-2,00

qisqartirilgan

0,5

1,0-1,5

Dala sharoitida

0,5

0,5

5.5.Yer osti suvini kimyoviy klassifikatsiyasi. Suvni ximiyaviy analizlarini sistemalash.


Suvlarni kimyoviy analiz natijasi bo‘yicha bir nechta klassifikatsiyalar mavjud. Ularning eng maquli O.A.Alekin klassifikatsiyasi hisoblanadi (5.2-rasm).

5.2-rasm. Tabiatdagi suvlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasnifi (O.A.Alekin bo‘yicha, 1970)

Unda tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy ionlarni kam ko‘pligiga qarab uchta sinfga: Gidrokorbonatli (karbonat), sulfatli va xloridli suvlarga. Har bir sinf esa Ca2q, Mg2q, Na2q, ionlarini kam ko‘pligiga qarab uchta gruhga. Ionlarni kam ko‘pligiga to‘rtta turga bo‘linadi. Jumladan:


1 tur kam minerallangan;
2 tur o‘rtacha minerallangan;
3 tur odatda yuqori menerallashgan;
4 tur NSO3- dan iborat. Nordon suvlar bo‘lib, sulfat va xloridli sinflarni Sa va Mg gruhlarga mos.
Birinchi turdagi suvlar tarkibida Na va K bo‘lgan asosli otqindi jinslarning nurashi jarayonida hosil bo‘lgan hosilalari bo‘ylab suvni harakati natijasida, ikkinchi turdagi suvlar cho‘kindi jins qatlamlari bo‘ylab harakat qilishi natijasida vujudga keladi. Uchinchi gruhdagi suvlar tog‘ jinslarining metamrfizm jarayoni uchrashi sharoiti bilan, to‘rtinchi gruhga kiruvchi suvlar u yoki bu kon sharoiti bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
5.6. Yer osti suvlari taxlili natijalarini ifodalash shakllari
Yer osti suvlari kimyoviy taxlili natijalari asosan quyidagi shakllarda ifodalaniladi: 1.Suvtarkibidagi ionlar (kation va anionlar) miqdorini mg-l, g-l va mg.ekv-l larda ifodalash.
Dala va statsionar laboratoriya taxlili asosida aniqlangan 1 litr suv tarkibini tashkil etuvchi ionlarning miqdori eng avvalo mg-l yoki g-l da ifodalanadi. So‘ngra anashu aniqlangan elementni (kation va anionlarni) mg-l, g-l holatidagi miqdorini mg.ekv-l ga o‘tkaziladi. Ya’ni 1 l xajmdagi suvda erigan moddalarni ekvivalent miqdorida ifodalanadi. Buning uchun har bir elementni suvda aniqlangan mg-l, g-l dagi og‘irlik miqdorini shu elementni ekvivalent og‘irligiga bo‘linadi. Ularni ekvivalent og‘irliklarining qimmatlari 5.3-jadvaldan olinadi. Misol uchun Naq ning suvdagi miqdori 460mg-l bo‘lsa, uni mg.ekv-l qiymati 460:22,99q20 mg.ekv-l bo‘ladi. Agar SO2-4 ionning suvdagi miqdori 220 mg-l dan mg.ekv-l o‘tkazish koeffsiyentlari ishlatiladi (5.4-jadval). Buning uchun aniqlangan elementning mg-l dagi miqdorini 5.4-jadvalda keltirilgan koeffsiyentlarga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:
va
bo‘ladi.
5.3-jadval
Kimyoviy elementlarning (ionlarning) ekvivalent og‘irliklari

Ionlar

Ionlarning ekvivalen og‘irligi

Ionlar

Ionlarning ekvivalen og‘irligi

Naq

22,99

Cl-

35,46

Kq

39,10

Br-

79,92

Ca2q

20,04

J-

126,91

Mg2q

12,16

F-

19,00

Fe3q

18,62

SO42-

48,03

Fe2q

27,92

HCO-3

61,02

Al3q

8,99

CO3-

30,01

Mn2q

27,47

NO-3

62,01

Zn2q

32,69

NO-2

46,01

Cu2q

31,77

HS-

33,07

Pb2q

103,60

HsiO-3

77,10

Ba2q

66,68

H2PO4-

96,99

Sr2q

43,81

HPO42q

47,99

Li

6,94







NH4q

18,04







5.4-jadval


Yer osti suvlari tarkibidagi aniqlangan miqdorini mg-l dan mg.ekv-l o‘tkazish koeffsiyentlari



Ionlar

Koeffsiyent

Ionlar

Koeffsiyent

Naq

0,0435

NH4q

0,0554

Kq

0,0250

Cl-

0,0282

Ca2q

0,0499

Br-

0,0125

Mg2q

0,0822

J-

0,0079

Fe2q

0,0358

F-

0,0526

Fe3q

0,0537

SO42-

0,0208

Al3q

0,111

HCO-3

0,0164

Mn2q

0,0364

CO3-

0,0333

Zn2q

0,0306

NO-3

0,0161

Cu2q

0,0315

NO-2

0,0217

Pb2q

0,0096

HS-

0,0302

Ba2q

0,0146

HsiO-3

0,0130

Sr2q

0,0228

H2PO4-

0,0103

Li

0,144

HPO42

0,0208

2.Yer osti suvlari tahlili natijalarini protsent-ekvivalent shaklida ifodalash. 1litr yer osti suvi tarkibidagi kation yoki anionlar miqdorini ayrim-ayrim protsent-ekvivalentda (% ekv.) ifodalash uchun hamma natijalarni yoki anionlar miqdorini 100% deb olinadi. Har bir kation, anionlarning 1 litr suvdagi mg.ekv. miqdorini 100% ga nisbatan olinib, oddiy proporsiya usulida aniqlanadi. Misol uchun yer osti suvi tarkibidagi anionlarning umumiy miqdori 100%, mg.ekv.-l da esa ularni (Cl-, SO42-, NO3-, HCO3-, CO32) umumiy miqdori 9,86 (16.5-jadval) bo‘lgani uchun Cl--36, SO42--17, NO3--1, HCO3—46 mg.ekv.% ni tashkil etadi. Shuningdek kationlarni ham mg.ekv.% dagi qimmatlari aniqlanadi.


5.5-jadval
Yer osti suvlari tahlili natijalarini jadval holatida ko‘rsatish va mg-l, mg.ekv-l, ekv-% larda ifodalash (F.F.Lopteev va I.Yu.Sokolovlardan)



Kationlar

Tarkibi

Anionlar

Tarkibi

Mg-l

Mg.ekv-l

Ekv.%

Mg-l

Mg.ekv-l

Ekv.%

Naq

78

3,39

34

Cl-

125

3,53

36

K

9

0,23

2

SO42-

83

1,7

17

Ca2

89

4,44

44

NO3-

5

0,08

1

Mg2

24

1,97

20

HCO3-

276

4,52

46

Fe2

0,2

0,01

-

CO32-

-

-

-

Jami




10,04

100

Jami




9,86

100

3.Yer osti suvlari taxlili natijalarini formula yordamida ifodalash.


M.G.Kurlov yer osti suvlari taxlili natijalarini quyidagi formula yordamida ifodalashni taklif etgan.

Bu yerda G-yer osti suvlarida uchrovchi ba’zibir o‘ziga xos hususiyatli elementlar, gazlar, g-l; M-yer osti suvlarida uchrovchi mineral moddalarning miqdori, g-l; formulaning suratida suvdagi kationlar va ularni miqdori, ekv.%; mahrajida anionlar miqdori, ekv.%; T-yer osti suvlarining harorati T0S; D-suvning debiti, l-s. ushbu formulani u yoki bu hudud yer osti suvlari taxlili natijalari asosida yozilsa quyidagi ko‘rinishni oladi:

Formula kasr chizig‘ining chap tomonida suvni gaz tarkibi (SO22 va b.q.), umumiy mineralizatsiya miqdori (M0,6), kasr chizig‘ining ustki qismida esa anionlarning chapdan o‘nga qarab kamaib borishi, ya’ni HCO603, SO404, Cl15, NO23 va kasr chizig‘ining ostki qismida kationlarning chapdan o‘nga qarab kamayib borish tartibi-Ca52, Na25, Mg20, K5 yozilgan. Amaliyotda yer osti suvlarining nomi formula surati va maxrajidagi birinchi va ikkinchi anion va kationlarning miqdoriga qarab nomlanishi qabul qilingan. Agar o‘rganilayotgan suvga nom bersak gidrokorbonat-sulfit-kalsiy-natriyli suvi deb ataladi. Yer osti suvlarini nomlashda anionlar va kationlarni miqdori 10% kam bo‘lsa, ular suvga nom berishda hisobga olinmaydi.
Hozir Respublikamizning deyarli hamma hududlarida yer osti suvlarini, ayniqsa mineral suvlarini ximiyaviy tarkibi mukammal ravishda o‘rganib chiqilgan. masalan, Toshkent va Farg‘ona vodiysi hududlaridagi mavjud yer osti mineral suvlarning tarkibi quyidagicha:
1.qibray tumani, Yadro fizikasi instituti maydoni

2.Farg‘ona vodiysi, Chortoq sanatoriyasi maydoni

Birinchi holatda mineral suvining nomi gidrokorbanat-xlor-natriyli, ikkinchi holda sulfat-gidrokarbonat-magniy-kalsiyli suv deb ataladi.

5.3-rasm. Yer osti suvlarini taxliliy natijalarini uchburchak grafigi orqali ifodalash (G.V.Bogomolovdan)

Yer osti suvlari taxlili natijalarini chizma ko‘rinishda ifodalash.


Yer osti suvlari ximiyaviy tarkibini chizma shaklida ko‘rsatish uchun «Ferri uchburchagi» usuli qo‘llaniladi (5.3-rasm). Buning uchun anionlar va kationlar uchun alohida-alohida uchburchaklar chizilib, uchburchakni birinchi uch qismlariga anionlar (HCO3, Cl, SO4) ikkinchisining uch qismlariga kationlar (Na, Ca, Mg) joylashtiriladi. Uchburchaklarni har bir tomoni 10 ga bo‘linib, har bir bo‘lak 10% mg.ekv. ga teng deb yoki 10bo‘lakni ichida 100% mg-ekv ionlar bor deb olinadi. Uchburchaklarni uchidan, ya’ni ionlar belgilaridan pastga va yuqoriga qarab, ularni miqdorini kamayib borishini hisobga olgan holda uchburchaklardan tahlil natijalari to‘g‘ri kelgan nuqtalar topiladi. Har bir uchburchakdagi anashu topilgan nuqtalarning o‘rniga (% mg-ekv. miqdoriga) qarab suvning tarkibiy nomi o‘qiladi.


5.5.Yer osti suvlarining fizik xossa va hususiyatlari
Yer osti suvlarining eng asosiy fizik xossa va hususiyatlari bo‘lib, ularni tiniqligi, rangi, ta’mi, xidi, zichligi harorati va siqiluvchanligi, yopishqoqligi, elektr o‘tkazuvchanligi, radioaktivlik darajasi hisoblanadi.
Tiniqligi. Yer osti suvlarining tiniqligi ularda mavjud organik, kolloid va mexanik qo‘shimchalarning bor-yo‘qligiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Tabiiy tinq suvda bunday qo‘shimchalar bo‘lmaydi yoki juda oz miqdorda bo‘lishi mumkin. qo‘shimchalarni miqdorini oddiy ko‘z bilan, lupa yokiy mikroskop ostida ko‘rib baholash mumkin. Yer osti suvlari tarkibida yuqoridagi qo‘shimchalarni bo‘lishi uni loyiha, quyqumli bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun bunday suvlardan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Chunki ayniqsa organik qo‘shilmalarga boy suvlar serquyqumli bo‘ladi. Ularni organik moddalarga boy ekanlik darajalari organik brikmalarni oksidlash uchun sarf bo‘ladigan kislorodni yoki kaliy marganes oksidini (KMnO2) miqdori bilan baholanadi. 21 mg organik brikmali suvni oksidlash uchun 1 mg O2 yoki 4 mg KMnO4 kerak bo‘ladi. Ichimlik suvlarda oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan KMnO4 ning miqdori 10 mg-l dan oshmasligi zarur (Sedenko, 1979).
Rangi. Tozza ichimlik suvi rangsiz bo‘ladi. Yer osti suvi rangining o‘zgarishi uni tarkibida, u yoki bu qo‘shimchalar mavjudligidan dalolat beradi. Agarda suvning rangi sarg‘ish, qo‘ng‘ir tusda bo‘lsa, uning tarkibida qo‘shimcha zolatdagi temir, organik brikmalar boriligidan, ko‘kish, zangori (havorang) rang esa suvda oltingugurtning miqdorini balandligidan, gumus miqdorini, margans elementining ko‘pligi suvga qoramtir tus beradi. Suvni rangi amaliyotda mavjud bo‘lgan rang etalonlari yordamida baholanadi.
Ta’mi. Yer osti suvlarining ta’mi ham ularning tarkibida mavjud bo‘lgan mineral moddalarga, gaz va boshqa qo‘shimchalarga bog‘liq. Suvni tarkibida NaCl ni miqdori har bir litiriga 500 mg dan kam bo‘lsa chuchuk, 500-600 mg dan oshiq bo‘lsa, sho‘rtang tam beradi. Shuningdek, MgSO4 me’yoridan oshiqligi achchiq, organik moddalarni bo‘lishi chuchuk, Ca(HCO3)2, Mg(CHO3)2 tuzlarning bo‘lishi yoqimli ta’m beradi.
Xidi. Tozza ichimlik tabiiy suvini xidi bo‘lmaydi. Faqat ba’zi mineral suv manbalari-buloq suvlarini yoki o‘ziga xos tarkibiga ega bo‘lgan tog‘ jinslari qatlamlarida mavjud bo‘lgan yer osti suvlarini ta’mi bo‘ladi. Bunga sabab yer osti suvlarida oltingugurtning u yoki bu darajada erigan xolatida bo‘lishi hisoblanadi. Yer osti suv manbalariga har xil chiqindi mahsulotlari eritmalarinisizib o‘tishi ham suvga ma’lum darajada xid berishi mumkin.
Harorati. Yer osti suvlarining harorati suvli tog‘ jins qatlamlarining yotish chuqurligiga, suv tarkibidagi tuz va gazlarning turlariga, ularning miqdoriga, geografik o‘rniga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, Toshkent oldi, Farg‘ona mineral suv xavzasidagi neogen, palogen, yuqori bo‘r, paleozoy davri jins qatlamlaridan yer sathiga oqib chiquvchi suvning harorati 34-430S dan 65-720S oralig‘ida o‘zgarishi ma’lum. Olimlarning ma’lumotiga qaraganda Respublikamiz yer osti suvlarining harorati har 100 metr pastga qarab chuqurlikni oshishi bilan 2,05-4,50S dan 7-80S miqdorida oshishi aniqlangan. Bu holatni hisobga olinadigan bo‘linsa, yer osti suvlarining harorati 2000-5000 metr chuqurlikda 50-1500S, 7000-8000 metr chuqurlikda 200-2500S ga borishi mumkin (B.A.Beder, A.S.Xasanov va b.q. 1971).
G.B.Bogomolovning ma’lumotlariga ko‘ra yer osti suvlari tarkibidagi NaCl tuzi miqdorining oshishi bilan, hamad O2, H2S gazlarning miqdorining kamayishi bilan uning harorati 250S dan 1000S gacha oshadi (5.5-jadval).
5.5-jadval
Yer osti suvlari tarkibidagi tuz va gazlar miqdorini o‘zgarishini ularning haroratini o‘zgarishiga ta’siri

Suvning harorati 0S

Suvda erigan tuzlar miqdori, g-l

Gazlar miqdori, g-l

NaCl

CaSO4

CaCO3

O2

N

CH4

H2S

CO2

25

26,44

0,209

0,0014

0,0285

0,0144

0,033

1,304

0,771

50

26,99

0,204

0,0015

0,0209

0,0108

0,0213

1,410

0,423

100

28,15

0,153

0,0015

0,0177

0,0098

0,0177

0,844

-

Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan qatlamlardagi yer osti suvlarining harorati, atmosfera haroratining fasllar mobaynida o‘zgarishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Mamlakatimiz hududida bo‘ o‘zgarish 8-200S atrofida bo‘lishi mumkin.


Yer sharining hozirgi vaqtdagi vulqon harakatlari mavjud bo‘lgan mintaqalarida (Kamchatka, quriya, Islandiya va b.q.) yer osti suvlarining haroratining 1000S dan oshiq bo‘lishi kuzatiladi.
Zichligi. Yer osti suvlarining zichligi asosan undan erigan tuzlarning miqdoriga, suvning haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Tozza ichimlik chuchuk suvi 40S dan eng yuqori zichlikka ega bo‘lib, haroratni pasayishi bilan uni kamayish holati tuziladi. Ya’ni suv harorati 40S bo‘lganda zisligi 1 g-sm3 bo‘lib, 3,980S bo‘lganda uni zichligi 0,999973, 00S da 0,9981 g-sm3 bo‘ladi. Demak, yer osti suvlarini haroratini 40S dan oshishi bilan uni zichligini kamayishi yuz beradi. Bunga birdan- bir sabab suvni haroratini oshishi bilan xajmiy jixatdan kengayish jarayonini yuz berishidir. Shuning uchun ham suvni harorati 200S bo‘lganda uni zichligi 0,998203 g-sm3 darajasiga yetadi. Haroratni oshishi bilan suv zichligini xajmiy jixatdan kengayish yer osti jins qatlamlarida yig‘iladigan energiya miqdoriga ta’sir qilishi, jins qatlamlari zichligini lokal holatda oshishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu holat jins qatlamlarini qandaydir yo‘nalishda harakatga kelishiga va yer kurrasining ma’lum qismida yer qimirlash xodisasini sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yer osti suvlarini zichligini aniqlashda piknometrik usul qo‘llaniladi.
Siqiluvchanligi. Suvlarni siqiluvchanligi juda kichik bo‘lib, ular siqiluvchanlik koeffsiyenti bilan ifodalanadi:

Yopishqoqlik. Suvlarni yopishqoqligi suyuqlikdagi zararsalarni harakat davomidagi ichki qarshiliklarini ifodalaydi, ularni miqdori dinamik va kinema yopishqoqlik koeffsiyenti bilan ifodalanadi.
Elektr o‘tkazuvchanligi. Suvlarni elektr o‘tkazuvchanligi ularni tarkibidagi tuzlarga bog‘liq. Chuchuk suvlar elektr tokini oz miqdorda o‘tkazadi. Disterlangan suvlar o‘zidan elektr tokini o‘tkazmaydi. Suvlarni elektr tokini elektr qarshiligi bilan ifodalanadi va Om.m ifodalanib 0,02-1,0 Om.m oralig‘ida o‘zgaradi.
Radioaktivlik darajasi. Radon va radi emonatsiyasi miqdorlari bilan aniqlanadi. Yer osti suvlarida juda kam hollarda radioaktivlik holati mavjud.
Yer osti suvlarining qattiqligi. Yer osti suvlarining qattiqligi unda mavjud bo‘lgan Ca2q va Mg2q kationlari va HCO3 ionlari bo‘lib, ularni MgSO4, CaSO4, CaHCO3, CaCO3, MgCO3 tuzlari holatidagi miqdori bilan baholanadi. Tabiatda suvlar nokarbonat va karbonat qattiqlikga ega bo‘lishi mumkin. Norkarbonat qattiqlik bu suvda kalsiy va magniy sulfitlarini erishdan, karbonat esa suvda kalsiy va magniy bikarbonat tuzoarini erishidan vujudga keladi. Amaliyotda umumiy, vaqtinchalik va doimiy qattiqlik tushunchalari ma’lum. Umumiy qattiqlik deganda suvda erigan kalsiy va magniy tuzlarning umumiy miqdori tushuniladi. Vaqtinchalik qattiqlik deganda suvdagi mavjud bikarbonat tuzlarini qaynatilish jarayonida cho‘kmaga tushgan kam eruvchan tuzlar miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlikdan vaqtincha qattiqlik qiymatini ayirib tashlagandan keyingi xolati yer osti suvlarining doimiy qatti-ligi tushunchasini beradi. Suvning umumiy qattiqligi qattiqlik darajasi bilan o‘lchanib, ilgarilari nemischa usul qo‘llanilib gradusda ifodalanar edi. Bu usul bo‘yicha bir daraja qatti-lik bir litr suvdagi kalsiy oksidining 10 mg yoki magniyning 7,2 mg miqdoriga to‘g‘ri keladi. Hozir qattiqlik 1 litr suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligram-ekvivalentlari (mg-ekv.-l) yig‘indisi bilan o‘lchanadi. Markazlashgan xo‘jalik iste’moli uchun ishlatiladigan yer osti suvlarining maksimal qattiqligi 7 mg-ekv-l dan oshmasligi lozim. 1 mg-ekv-l amalda 20,04 mg-l Ca2q yoki 12,16 mg-l Mg2q miqdoriga teng.
O.A.Alyokin tabiiy suvlarni qattiqligi bo‘yicha quyidagicha farq qilishni taklif qiladi:
Juda yumshoq-0,0-1,5 ekv-l gacha;
Yumshoq-1,5-3 mg ekv-l gacha;
O‘rtacha qattiq-3-6 mg ekv-l gacha;
qattiq-6-9 mg ekv-l gacha;
Juda qattiq-9 mg ekv-l dan yuqori.
Yer osti suvlarining qattiqligini o‘rganish va bilish xalq xo‘jaligida katta ahpamiyatga ega. Chunkiy yer osti suvlarining qattiqligini me’yoridan yuqori bo‘lish bug‘ qozonlarida cho‘kma miqdorining oshishiga natijada tez ishdan chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Kalsiy va magniy cho‘kmaga tushish jarayoni quyidagi reaksiya ko‘rinishida yuz beradi:


Suvdagi mavjud kalsiy va magniy cho‘kmaga CaSiO3, MgSiO3, CaSO4 xolatida tushishi ham mumkin. Natijada bug‘ qozonlarini qizishi qiyinlashadi. Xaddan tashqari qizitib yuborish, ba’zan noxush xodisalarni keltirib chiqarish bug‘ qozonni portlab ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Shunigdek kalsiy va natriy ionlari quyqaga tushishidan tashqari ko‘piklanish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Bu qozon devorlarini yemirilishiga, ya’ni koroziya jarayonini vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bundan tashqari suvni o‘ta qattiq bo‘lishi xo‘jalikda sovun miqdorining ko‘p sarf bo‘lishiga, insonlarining buyraklarida toshni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Suvni qattiqligini kamaytirish-yumshatish uchun unga soda, natriy fosfat tuzlari qo‘shiladi.
Ishqoriyligi. Yer osti suvlarining ishqoriyligi ulardagi NaOH, Na2CO3, NaHCO3 brikmalarining miqdoriga bog‘liq. Bu brikmalarni yer osti suvlari tarkibida ko‘p bo‘lishi sanoatda ishlatiladigan asbob va uskunalarni suv bilan sovitish jarayonini qiyinlashtiradi. Amaliyotda ishqoriylik mgqekv-l bilan ifodalanadi. 1 mg-ekv-l 40 mg-l NaOH, 53 mg-l Na2CO3, 84,22 mg-l NaHCO3 miqdoriga to‘g‘ri keladi.
5.6.Yer osti suvlari sifatini baxolash.
5.6.1.Ichimlik suvlarga bo‘lgan talab
Yer osti suvlarini sifati ularni fizik hususiyatlariga va ximik tarkibiga bog‘liq. Tozza ichimlik suvi rangsiz, tiniq harorati 4-150S qattiqligi 7 mg ekv-l dan oshmasligi, o‘z tarkibida kassaliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar bo‘lmasligi kerak. Suvlarni sifatini baxolash davlat tomonidan joriy etilgan standartlar (GOST lar) asosida amalga oshiriladi. Harakatdagi standartlarga binoan ichimlik suvi tarkibidagi erigan moddalarni umumiy miqdori 105-1100S haroratda 1000 mg-l dan oshmasligi kerak. Suv tarkibidan ayrim elementlarining, jumladan qo‘rg‘oshinning miqdori har litr suvda 0,1; mishyak-0,05; ftor-1,5; mis-3; sink-5; temir-0,3; fenol-0,01 mg dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Hozirgi vaqtdpa juda ko‘p yer osti suv manbalarning organik ifloslanishi kuzatilmoqda. Bunday suvlarda ma’lum miqdorda ichak kassaliklari tayoqchalari mavjud bo‘lishi mumkin. Agarda 100 sm3 suvda bir ichak kasalligi tayoqchasi bo‘lsa sof, 10 sm3 da bo‘lsa qoniqarli, 1 sm3 bo‘lsa shubxali, 0,1sm3 suvda 1 tayoqcha bo‘lsa sof toza bo‘lmagan, 0,01sm3 suvda 1 tayoqcha bo‘lsa mutloqo yaroqsiz deb baholanadi. Amaliyotda yer osti suvlari anashunday tayoqchalarni bo‘lishi darajasi koli-titr1 bilan belgilanadi.
Vodoprovod suvlarining 300 sm3 miqdoriga 1 koli-titr to‘g‘ri kelishi yoki har 1000 sm3 suvdagi tayoqchalar soni 2-3 tadan kam bo‘lishi kerak. Agarda 300 sm3 suvda 1 ichak tayyoqchasi uchrasa, suv xlorlanishi so‘ngra iste’molchiga berilishi lozim. Shuningdek yer osti suvlarida azot brikmalarini: nitrit-ion (NO-2), nitrat ion (NO3-) va ammoniy-ion (NH4q) ko‘p miqdorda bo‘lishi ham suvni ifloslanganidan, unda kishi organzmi uchun zarali bakteriyalarni mavjudligidan dalolat beradi.
Ichimlik suvi sifatida ishlatiladigan yer osti suvlari tarkibida radioaktiv elementlari-ularni izotoplarini (Sr90, C) bo‘lishi juda xafli hisoblanadi. Ularni me’yoriy qiymati Davlat bosh sanitariya inspeksiya tomonidan belgilangan normadan oshmasligi lozim.
5.6.2.Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan yer osti suvlariga talab
Hozirgi vaqtda xal xo‘jaligining deyarli hamma soxalarida, jumladan qog‘oz, tekstil, ko‘nchilik, konserva ishlab chiqarish sanoatida isitish shaxobchalarini suv bilan ta’minlashda, qishloq xo‘jaligida, qurilish soxalarida yer osti suvlaridan keng foydalaniladi. Sanoatda ishlatiladigan yer osti suvlari tiniq, rangsiz, ta’msiz va yumshoq bo‘lishi kerak.
Bug‘ qozonlari uchun ishlatiladigan yer osti suvlari tarkibidagi quruq qoldiqning miqdori 300 mg-l dan, N2O5 ning miqdori 50 mg-l dan, Cl ning miqdori 200 mg-l dan oshmasligi, agressiv (karbonat angidrid, serovodorod) kislotalarni bo‘lmasligi, qattiqlik darajasi qiyin tozalanadigan qozonlar uchun 1,8, yengil tozalanadigan qozonlar uchun 3 mg ekv-l dan kam bo‘lishi lozim. Karbonat angidrid va servodorodli suvlar yuqori yemirish hususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli suv tarqatish shaxobchalarida karbonat angidrid suvlar uchun-chugun, servodorodli suvlari uchun asbestsement quvirlari ishlatiladi.
Ma’lum xajmdagi (1 l) suvda bo‘lgan ichak tayoqchalarning miqdori. Agar 300 sm3 suvda bitta tayoqcha bo‘lsa, suvni ifloslanish ko‘rsatgichi 300 sm3 koli-titr deb yuritiladi.
Karbonat angidridli va servodorodli yer osti suvlari imorat va inshoatlar zaminini tashkil etuvchi betonni yemirishi va ularni mustaxkamligiga putr yetkazishi ham mumkin. Ularning turiga va ta’sir etish darajalariga qarab, sulfat va karbonat anglrid agressivligi yuz beradi. Sulfat agressivlik yer osti suvlari tarkibidagi SO42- ning miqdori 250 mg-l dan ko‘p, Sl- yerning miqdori 1000-6000 mg-l oralig‘ida bo‘lgan xolatlarida sodir bo‘ladi. Beton uchun ishlatilgan sementni tarkibida sulfat ionlari bo‘lganligi, hamda yer osti suvining sulfatliligi tufayli betonda kristallashish jarayoni vujudga keladi, ya’ni alyuminiyning oltingugurt-kalsiyli tuzlari bilan yangi brikmalari-gips CaSO4*2H2O hosil bo‘ladi. Brikmalar xajmini 2-3 barobarga oshishi yuz beradi. Bu xolat o‘z navbatida betonning mustaxkamligiga putr yetkazadi va parchalanishiga, yemirilishiga sababchi bo‘ladi.
Karbonat angidridli agressivlik betonni asosini tashkil qilib turuvchi CaCO3 ning suvda erishi va yuvilib ketilishi natijasida sodir bo‘ladi. Ma’lumki tabiiy yer osti suvlarida erkin karbonat angidrid kislotasi va NSO3 ni ionlari (SO32-) bo‘ladi. Erkin xolatda bo‘lgan karbonat angidrid kislotasining bir qismi sement massasini tashkil etuvchi CaCO3 ni eritishga va boshqa bir qismi suvdagi bikarbonat kalsiyni saqlanib qolishini ta’minlaydi. Agarda suv tarkibida erkin karbonat angidrid kislotasining miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, sement tarkibidagi SaSO3 ni shunchalik ko‘p erishiga va betonning buzilishiga, sabab chi bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligida sug‘orish maqsadlari uchun ishlatiladigan yer osti suvlariga talab


Sug‘orish maqsadlari uchun ishlatiladigan yer osti suvlari tarkibidagi tuzlarning umumiy miqdori 5-7 g-l dan oshmagan bo‘lishi kerak. O‘simliklarni normal o‘sishi uchun nafaqat tuzlarning umumiy miqdori, shuningdek suv tarkibidagi ayrim tuzlarning miqdorini oshiqligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Anashunday tuzlardan Na2CO3 miqdori har litr sug‘oriladigan suv tarkibida-1 g, NaCl-2g, Na2SO4-5g. dan oshmagan xolatda ishlatilishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga yer osti suvlaridan sug‘orish maqsadlarida qo‘llanish jarayonida sug‘orilayotgan maydonlarning tashkil etuvchi tog‘ jinslari qalinligiga, granulometrik, ximiyaviy maydondagi mavjud yer osti suvlarining chuqurligiga, oqish yo‘nalishiga e’tibor berilmog‘i kerak. Aks holda suv tarkibidagi yuqori ko‘rsatilgan tuzlar miqdorini ortib ketishiga, ikkilamchi sho‘rlanish jarayonini vujudga kelishiga sababchi bo‘lishi, natijada o‘simliklarni hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish yoki butunlay xalok bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ichimlik, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa soxalarida ishlatiladigan yer osti suvlari sifatini yaxshilashda anashu maqsadlar uchun ishlab chiqilgan maxsus metodik qo‘llanmalardan va ma’lumotlardan1 foydalaniladi.

Download 162,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish