4. XIV-XV asrlarda dehqonlar harakatlari. O’rta asrlar Yevropasida mavjud feodal tartiblar sharoitida dehqonlarni asoratga solish eng ko’p uchraydigan holatlardan ibri edi. Shu boisdan bo’lsa kerak Yevropaning aksar mamlakatlarini dehqonlarning doimiy norozilik harakatlari qamrab olgan. edi. Gurmanyaida ham dehonlarning tez-tez norzilik harakatlari ro’y brib turar edi. 1336-1339-yillarda Janubi-G’arbiy Germaniyada va bir qator hududlarda dehqonlarga qarz beruvchi shahar sudxo’rlariga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarildi. XV asrning boshlariag kelganda Shveysariya ittifoqiga bevosita qo’shni bo’lgan Appensell viloyatida dehqonlar Avstriya va Vyurtemberg feodallari qo’llab-quvvatlashi ostida Shveysariya ittifoqiga qo’shilishga intilib, Sankt-Gallen abbatligiga qarshi hatto harbiy harakatlarni olib borishdi. Bunda garchi ular mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, ammo o’z maqsadidan voz kechmaganligi oqibatida Appensell 1513-yilda Shveysariyaga ittifoqi tarkibiga kirishga erishdi.
1439-yildan to 1445-yilgacha dehqonlarning otryadlari Yuz yillik urush tufayli Fransiyadan Janubiy –G’arbiy Germaniyaga bostirib kelgan turli qabilalar vakillaridan iborat bo’lgan yollanma otliq otryadlarga – armanyaklarga qarshi partizanlik harakatlarini olib borishdi. Chunki armanyaklar to’dasining bosqinchiligi va talonchiligi umumxalq noroziligini keltirib chiqargan edi. Shu boisdan 30-40 kishidan biorat dehqonlar otryadlari guruhlari pistirmalar uyushtirishdi, kutilmaganda armanyaklarga yo’llarda hujum qilishdi va ularning doimiy ta’minotiga talofatlar yetkazdi, bularning natijasida oxir-oqibat armanyaklar Germaniya yerlarini tark etishga majbur bo’lishdi. Aynan shu kurashlar vaqtida dehqonlar birinchi marta Bibi Maryam va dehonlarning uzun chilvirli boshmog’i tasiri tushirilgan bayroqlarni ko’tarib chiqa boshladi. Natijada “Boshmoq” dehqonlarning mustaqil harakatlari ramziga aylandi. 1460-yilda “Boshmoq” bayrog’i ostida Gegau yerlari dehqonlari Janubiy-G’arbiy Germaniyada qo’zg’olon ko’tardilar. Germaniyada ko’tarilgan bu kabi qo’zg’olorlarning oxiri ko’rinmadi. Asta-sekinlik bilan bu qo’zg’olonlarda mamlakatning birligini targ’ib qiluvchi siyosiy maqsadlar ham ilgari surila boshlandi.
Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun Sharqiy Frank qirolligida karolinglar hukmronligi tugadi?
2. Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi qanday sodir bo’ldi?
3. Germaniya shaharlarining rivojlanishiga sabab bo’lgan omillarni aniqlang?
4. Germaniyada siyosiy tarqoqlik nimalarda ko’rinadi?
5. Germaniyadagi imperatorlik va knyazlik hokimiyatining umumiy ahvoli qanday bo’lgan?