4-mavzu: viruslarning tabiati va kelib chiqishi viruslarning tabiati



Download 27,11 Kb.
bet4/5
Sana19.03.2023
Hajmi27,11 Kb.
#920334
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

Hasharot viruslarini ochilishi
Hasharot viruslarini o‘rganish bir qancha vaqtgacha virusologiyaning boshqa bo‘limlari - odam va umurtqali hayvonlar viruslarini o‘rganish qismidan orqada qoladi. Hozirgi vaqtda hasharotlarni kasallantiruvchi viruslarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi: haqiqiy hasharot viruslari, hasharotlar oraliq xo‘jayin bo‘lgan odam va hayvon viruslari, hasharotlarni kasallantiradigan o‘simlik viruslari. Birinchi aniqlangan hasharot virusi ipak qurtining sariq kasalligi virusi (Bollea stilpotiae deb nomlangan ipak qurtining poledrozi virusi kasalligi). 1907 yili Pravochek kasal lichinka gomogenatini sog‘ ipak qurti lichinkasiga yuqumlikligini isbotlaydi, 1947 y. nemis olimi Bergold tayoqchasimon viruslarni kuzatadi.
Chivin va moskitlar tomonidan o‘tadigan sariq isitma (bezgak) ham filtrlanuvchi virus ekanligini 1900-1901 yili Rid tomonidan aniqlanadi. Moskitlar yuqumli qonni so‘rib olganlaridan so‘ng 2 hafta davomida yuqumlilik xususiyati namoyon bo‘lmaydi, bu vaqt hasharotlarda virusning reproduksiyalanadigan inkubatsiya davri ekanligi aniqlandi.
O‘simlik viruslarini o‘z tashuvchi hasharotlarida ko‘payishi xususiyati 1952 y. Maramorosh tomonidan aniqlanadi. Hasharotlarga in’eksiya qilish texnikasidan foydalanib astra sariq kasalligini o‘z tashuvchisi – olti nuqtali sikadkada ko‘payishini ko‘rsatib beradi.


Virusologiyaning rivojlanish bosqichlari
Mazkur qismni 2012 yilgacha bo‘lgan internet ma’lumotlariga asoslangan holda to‘liq yoritishga harakat qilindi. 19 asr oxiri va 20 asr boshlari Virusologiyaning rivojlanishi viruslarni tadqiq qilish metodlarini yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi.
Shamberlen bakteriya filtrlari orqali filtrlash metodi asosida kasallik qo‘zg‘atuvchini bakteriyalardan, ya’ni bakteriyalarni nobakteriyalardan ajratildi. Natijada bu usulni qo‘llab quyidagi viruslar aniqlandi:
1982 y.- tamaki mozaikasi virusi, 1898 y.- oqsim–yashchur (qirov) kasalligi virusi, 1899y.- shoxli mollar chumasi virusi, 1900 y.-sariq bezgak virusi, 1902y.- parranda va qo‘ylar chumasi virusi, 1903 y.-qutirish va cho‘chqalar chumasi virusi, 1904 y.-odam chechagi virusi, 1905 y.- itlar chumasi va vaksina virusi, 1907 y.- denge virusi, 1908 y. - chechak va traxoma viruslari, 1909 y. - poliomielit virusi, 1911 y.- Raus sarkomasi virusi, 1915 y. bakteriofaglar, 1916 y.- qizamiq virusi, 1917 y. - uchuq virusi, 1926 y. - vezikulyar stomatit viruslari kashf qilindi.
30 - yillar viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish uchun asosiy virusologiya metodi bo‘lib laboratoriya hayvonlarini qo‘llanilishi bo‘ldi (gripp viruslari uchun oq sichqonlar, Koksaki viruslari uchun yangi tug‘ilgan sichqonlar, shimpanze – V gepatiti virusi uchun, onkogen viruslar uchun kaptarlar, ichak viruslari uchun - gnotobiont cho‘chqa bolalari va h.). Birinchi marta laboratoriya hayvonlarini viruslarni ajratishda ishlatish 1881 y.da Pasterdan boshlangan. U qutirish kasalligi virusini quyonlar miyasiga yuqtirib, qutirish kasalligi virusini kuchsizlantirilgan (attenuirlangan) formasini olgan, keyinchalik bu sikldagi ishlarni qo‘llanilishining avjga chiqqan vaqti 1948 y.da Sayklz tomonidan mialgiyasi viruslari guruhini ajratishda emadigan sichqonlarni ishlatilgan.
1931 y.da viruslarni ajratishda tovuq embrionlarini ishlatishni A. Woodruff va E. Goodpasture lar taklif qilishadi. Tovuq embrionlari gripp, chechak, leykoz, tovuqlar sarkomasi kabi viruslar ajratishda yaxshi model bo‘lib ishlatildi. Xorioallantois qobig‘i to‘qimalarida va allantois suyuqligida juda katta miqdorda virus to‘plash va uni keyinchalik tozalash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu albatta virusni tovuq to‘qimalarini virus bilan kasallantirib va undan virus ajratgandan ko‘ra ancha engillik bilan virus ajratish imkoni tug‘dirdi. Tovuq xoriallantois to‘qimalarida viruslar bilan kasallanganda spetsifik simptomlarni hosil bo‘lishi yoki ularni tovuq yoki boshqa hayvon eritrotsitlarini agglyutinatsiya qilishi fenomeni G. Hirst (1941) tomonidan gripp virusini o‘rganish jarayonida kuzatiladi va keyinchalik bu xususiyat boshqa viruslarga ham xos ekanligi aniqlanadi. 1932 y. ingliz kimyogari Elford tomonidan sun’iy mayda porali kolloid membranalarni kashf qilinishi ultrafiltratsiya metodiga asos bo‘ldi. Bu metod bilan viruslarni o‘lchamlarini aniqlash va viruslarni bu belgilari bilan differensiatsiya qilish imkoni yaratildi.
1935 yili Stenli tomonidan sentrifugalash metodini ishlatish tamaki mozaikasi virusini kristalizatsiyalash imkonini berdi. Hozirgi kunda ham sentrifugalash va ultratsentrifugalash (probirka tagida tezlanish 200 000 g dan oshadi) – differensial sentrifugalash viruslarni ajratish va tozalashda keng qo‘llanilmoqda.
1939 y. da viruslarni o‘rganishda birinchi marta elektron mikroskop ishlatildi, bu mikroskoplarni ko‘rsatish imkoni 0,2-0,3 nm bo‘lgan. To‘qimalarni o‘ta yupqa kesmalarini olish va ishlatish va viruslarni suvli suspenziyalarini negativ kontrastlash metodlarini ishlatish virus va hujayra orasidagi munosabatni hamda virionlarni strukturalarini (arxitekturasini) o‘rganish imkoniyatini berdi. Elektron mikroskopda olingan kristallar va psevdokristallar haqidagi ma’lumotlarni rengenstruktura analizi yordamida birmuncha kengaytirildi. Elektron mikroskopni takomillashtirilishi viruslarni skanirlash yordamida ma’lum hajmdagi shaklini ko‘rish imkonini berdi. Elektron mikroskop yordamida viruslarni arxitekturasini, ayniqsa, viruslarni hujayraga kirish jarayoni mukammal o‘rganildi.
Bu davrga kelib viruslarni asosiy qismlari kashf qilindi. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: 1931 y. cho‘chqa gripp virusi va otlarni g‘arbiy ensefaliti viruslari, 1934 y. parotit virusi, 1936-y–sichqonlar sut bezlari raki virusi, 1937 y.- kana ensefaliti viruslari aniqlandi.
40-yillar: 1940 y.da Xogland safdoshlari bilan ospovaksina virusini faqat DNK tutishini isbotladi. Viruslarni bakteriyalardan yana bir farqli tomoni ularda faqat bir tipdagi nuklein kislotaning mavjudligi (DNK yoki RNK) aniqlandi.
1941 y.da amerika olimi Xerst tomonidan gripp virusi modelida gemagglyutinatsiya fenomenini ochildi (eritrotsitlarni yopishishi). Bu kashfiyot viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish va virus va hujayra orasidagi munosabatlarni o‘rganish asosini tashkil qildi. Gemagglyutinatsiya metodi ko‘pgina metodlar asosini tashkil etdi: RGA – (reaksiya gemagglyutinatsiya) – viruslarni aniqlash va titrlashda qo‘llaniladi, RTGA – (reaksiya tormojeniya gemagglyutinatsi), 1942 y.da – Xerst gripp virusida ferment borligini aniqlaydi va u keyinchalik neyraminidaza fermenti ekanligi isbotlanadi. 1949 y. da hayvon to‘qimalari hujayralarini sun’iy muhitda o‘stirish imkoniyatining borligi kashf qilindi.
1952 y.da Enders, Ueller va Robinslar hujayralarning o‘stirish metodini ishlab chiqqanlari uchun Nobel mukofotini olishdi. Bu metodni virusologiyada yo‘lga qo‘yilishi virus vaksinalarni o‘stirish (ko‘paytirish) yo‘li bilan olish imkoniyatini berdi.
Hozirgi kunda “attenurilangan” virus shtammlari asosida o‘stirilgan tirik va o‘ldirilgan vaksinalarni yaratish keng yo‘lga qo‘yilgan, poliomielit, parotit, qizamiq va qizilcha (krasnuxa) lar vaksinalarini shu qatorga kiritish mumkin
Poliomielitga qarshi vaksinalarni amerika virusologi Sebin (attenuirlash asosida poliovirus shtammlarining uchta serotipiga uch valentli tirik vaksina) va Solk (o‘ldirilgan uch valentli vaksina) lar tomonidan yaratildi. Poliomielitga qarshi tirik va o‘ldirilgan vaksinalarni yaratish texnologisi Rossiya virusologlari Chumakov va Smorodinsevlar tomonidan ishlab chiqildi.
1945 y. da Qrim gemorragik isitmasi virusi, 1948 y. Koksaki viruslari kashf qilindi.
50-yillar. 1950 y.da F. Bobbins i J. Enders lar tomonidan virusologiyada revolyusiya qilinadi, ya’ni ular viruslarni ko‘paytirish uchun to‘qima kulturalarini ishlatish metodini ishlab chiqishadi. Ularni bu metodi har qanday hujayra kulturasini o‘stirish imkoniyatini yaratdi. O‘stirilgan to‘qimalarni qalinligi bir hujayradan iborat bo‘ladi va ularda barcha hujayralarni kasallantirish imkoni tug‘iladi va viruslarni maksimal miqdorda ajratsa bo‘ladi, hujayra oqsillari esa bunda minimal bo‘ladi. To‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirganda ulardagi virusning sitopatik ta’sirida hosil bo‘lgan xarakterli sitopatik o‘zgarishlarni –“blyashka”lar yoki dog‘larni asboblarsiz ko‘rish va aniqlash mumkin bo‘ldi. Ko‘p viruslar to‘qima kulturasida o‘sganda gemaadsorbsiya hodisasini (gemagglyutinatsiyaga o‘xshash) namoyon qiladi. Bu hodisalarni spetsifik bo‘lishi to‘qima kulturalarida viruslarni titrlash va maxsus sivorotkalar bilan neytralizatsiya reaksiyalarini olib borish imkoniyatini yaratdi.
Endi avvallari virus turiga qarab hayvonlarni virus kasalligiga nisbatan sezgirlgi har xil bo‘lishi kabi chegaralar yo‘qoldi. 50 yillarda bu metod virusologiyaning barcha tarmoqlarida keng qo‘llanildi va avval noma’lum bo‘lgan ko‘pgina viruslar ochildi..
1952 yilda Dulbekko tomonidan tovuq embrioni hujayralarining monosloyida blyashkalarni titrlash metodi ishlab chiqildi. Bu metod o‘z navbatida virusologiyaga viruslarni miqdoriy aniqlash usulini kiritdi..
Bu davr bakteriofaglarda ham katta yutuqlarga erishish davri bo‘ldi.
Lizogen faglar profagining induksiyasi isbotlandi (Lvov va b., 1950), bakteriofaglarning yuqumliligi uning oqsiliga emas, balki faqat DNK siga bog‘liqligi isbotlandi (Xershi va Cheyz, 1952). Umumiy transduksiya hodisasi kashf qilindi (Sinder, Lederberg, 1952). Frenkel-Konrat, Vilyams, Singer, 1955-57 yy.) tamaki mozaikasi virusini rekonstruksiyalangan yuqumliligi saqlangan zarralarini olish, 1955 y.da Shaffer va Shverdlar tomonidan poliomielit virusini kristall holatida olindi. Mazkur yillarda quyidagi viruslar kashf qilindi: 1951 y. da sichqonlar leykozi va ESNO viruslari; 1953 y.da adenoviruslar; 1954 y.da qizilcha (krasnuxa); 1956 y.da paragripp viruslari; sitomegalovirus, respirator-sinsitial viruslar; 1957 y.da polioma virusi; 1959 y. da argentina gemorragik isitmasi virusi ochildi.
1957 y.da N. Huxley tomonidan elektronmikroskopda viruslarni negativ kontrastlash usuli yo‘lga qo‘yildi va natijada viruslarni ayrim strukturalari va makromolekulalarini farqlash imkoniyati yaratildi.
Kuns (A. Coons va b..,) tomonidan antitelolarni flyuoroxromlar bilan markirovka qilish lyumenessent mikroskoplarda hujayrada to‘plangan virus oqsillarini to‘planish dinamikasini o‘rganishga olib keldi. Ferritin-kon’yugirlangan antitelolarni qo‘llanilishi (S. Singer, 1959 ) virus oqsillarini elektron mikroskopda kuzatishda spetsifik kontrastlash imkonini yaratdi. Sentrifugalashni mukammalashishi, ionalmashish smolalarini va boshqa adsorbentlarni qo‘llash, spetroskopiyani qo‘llash virus oqsili va nuklein kislotalarini fraksiyalarga ajratish imkonyatlarini yaratdi. Radio­aktiv izotoplar va avtoradiografiya texnikasi va rentgenostruktura analizlarini qo‘llash virusologiyada eng yaxshi va aniq natijalar berdi.
60-yillarga kelib
Download 27,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish