4-mavzu: To’garak chuvalchanglar tipi. Birlamchi gavda bo’shliqlar yoki yumoloq chuvalchanglar tipi. Umumiy harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Yashashi, tuzulish, ko’payishi va rivojlanishi. Nematodalar uy hayvonlari va odam parazitlari



Download 1,64 Mb.
bet4/4
Sana21.07.2022
Hajmi1,64 Mb.
#832416
1   2   3   4
Bog'liq
4-maruza

Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og`iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan; odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o`simtalar-lablarbilan o`ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og`iz bo`shlig`i (stoma) va halqumga bo`linadi. Ayrim yirtqich va zooparazitlar stomasida kutikula o`simtasidan iborat tishlar bo`ladi. O`simlik parazitlari stomasi esa sanchib so`ruvchi organ - stiletni hosil qiladi.
Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bul­bils hosil qiladi. Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan hosil bo`ladi. Halqum yupqa devorli en- dodermal o`rta ichakka o`tadi. O`rta ichak bir qavat joylashgan silindrsi- mon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo`ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariya parazitining keyingi ichagi berk, anal teshigi bo`lmaydi.
Qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo`shlig`idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuval­changlar singari kislorod tanqis bo`lgan sharoitda hayot kechirishga mo- slashgan. Ular uchun asosiy energiya manbai glikogenning anaerob par- chalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik kislotalar (asosan, yog` va valerian kislotalari) hosil bo`ladi. Ana shu sababdan nematodalarn- in g tana bo`shlig`i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan tush- ganda achishtiradi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi halqumni o`rab turadigan nerv halqasi, undan tana bo`ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv stvollaridan iborat Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo`ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo`lib, asosiy stvollar deyiladi. Bu stvollar ko`ndalang nervlar - komissuralar orqali o`zaro bog`langan.
Jinsiy sistemasi. Nematodalar odatda ayrim jinsli bo `lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy siste­masi tana bo`shlig`ida joylashgan uzun naychadan ib­orat. Urg`ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo`ladi. Urg`ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo`li deyiladi. Tuxumdon- da hosil bo`lgan tuxumlar tuxum yo`lida urug`lanadi
Rivojlanishi. Ko`pchilik turiarining hayot siklida nasi almashinish kuzatilmaydi. Faqat ayrim vakillarida (masalan, baqa o`pkasi paraziti (Rhabdias bufonis)da geterogoniya ko`zatiladi. Yetilgan tuxum yoki li­chinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo`jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra to`Iiq, lekin biroz notekis maydatanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voy aga yet­gan nematodaga o`xshash bo`ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o`zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi.
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo`lishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistenrasi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hu­jayralaming hosil bo`lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to`xtaydi va shundan so`ng hujayralar soni umr bo`yi doimiy bo`lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va kolovratkalar uchun xos.
Bo`rtma nematodasi Sabzi nematodasi


Bo`rtma nematodasi mikroskopik tuzilishi

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish