4-mavzu. Tafakkurni bilish faoliyati sifatida o’rganish



Download 76,83 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2022
Hajmi76,83 Kb.
#707155
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu.Tafakkurni bilish faoliyati sifatida o’rganish

Tafakkur shakillari

Hukmlarda – atrofimizdagi narsalar va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Masalan, “Inson ongli mavjudot” degan hukm – fikr “odam, inson”, “ong” va “mavjudot” tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko’p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog’liqliklarni tasdiqlaydi yoki inkor qiladi yoki rost va yolg’on bo’ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to’g’ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to’g’ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz “bama’ni, gapida jon bor, haqiqatgo’y” deb ta’riflaymiz.


Xulosalar – mantiqiy tafakkurning yana bir mahsuli bo’lib, ular fikrlar, hukmlar va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Masalan:

  1. hukm: O’zbekiston – mustaqil davlat.

  2. hukm: Qirg’iziston – mustaqil davlat.

  3. hukm: Qozog’iston – mustaqil davlat.

  4. hukm: Turkmaniston – mustaqil davlat.

  5. hukm : Tojikiston – mustqil davlat.

Demak, Barcha Markaziy Osiyo davlatlari – mustaqildir.
Shunga o’xshash biz ba’zan ayrim fikrlardan umumiy bir fikr keltirib chiqaramiz (bu – induktiv xulosa chiqarish), ba’zan esa, aksincha, umumiydan juz’iy – alohida fikr chiqaramiz (fikrlashning bunday harakati deduksiya deb ataladi).
Tafakkurning anglanilmagan shakllari muammosi. Intuitsiya. Intuitsiya (lot. intuitio — sinchiklab qarayman) — haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan, bevosita fahmfarosat bilan anglab olish qobiliyati; fikran ilgʻab olish ("aqliga kelish") yoʻli bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli shaklda umumlashtirish.
Tadqiqotchilar fikricha, I.ning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy I. deb, aqliy mushohada va b. sezgi obrazlariga bogʻliq boʻlmagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql bilan ilgʻab olish aqliy (intellektual) I. deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat bilan muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik I. hisoblanadi (J. Mariten). I. — subʼyektning obʼyekt bilan bevosita qoʻshilishib ketishi okibatidir (A. Bergson). Psixoanalizu I. ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3. Freyd). Sharq fal-safasida I.ni "ilohiy ilhom" yoki "ilohiy zehn" deb atashgan (Ibn Sino). I.ni oʻrganib, boshqarib ham boʻlmaydi. U toʻsatdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida roʻy beruvchi reflektiv jarayonlar shu qadar murakkab zanjirli bogʻlanishlar hosil qiladiki, baʼzan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutashib ketadi. Shunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat I.ning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan roʻy berganligi uchun kishilar I.ni ilohiy va gʻayritabiiy mohiyatga bogʻlab tushuntirishga urinishadi, lekin uning zamirida oʻziga xos psixik jarayonlar yotadi. I. inson miyasida roʻy beruvchi oʻz-oʻzini sozlash, oʻz-oʻzini muvofiklash mexanizmi bilan bogʻlangan. Miyada muayyan paytda oʻz-oʻzidan ishlash jarayoni sodir boʻladi va u oʻz-oʻzicha yangi bilimni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongli nazorat qilmaganligi-miz tufayli miyamizga yangi fikr quy-ilib kelgandek boʻlib tuyuladi. Aslida bu fikrni miyamiz oʻzoʻzidan hisoblab chiqqan boʻladi.
Aslida folbinlik qobilyati Ollox tamonidan har bir insonga berilgan. Psixalogiyada bu qobilyatni intuitsiya yoki 6 chi sezgi azosi deyiladi. Ko’pchiligimiz “Men sezgan edim shunaqa bo’lishini” kabi gaplarni gapiramizu, lekin bu sezgi qayerdan kelishi haqida hech ham o’ylab ko’rmaymiz. Aslida bu qobilyat insonga birovni kelajagi, o’tmishi yoki hozirgi hayotini ko’rib berish uchun emas, o’z hayotini baxtli va xavfsiz qilish uchun berilgan.
Inson onggi 2 qismdan: ong va ong osti qatlamidan iborat. Ongni vazifasini hamma biladi. Yani, u xulosa chiqarish, maqsad qo’yish, vazifani mantiqiy yechimini topish kabilar bilan shug’ullanadi. Lekin, ong osti qatlamini vazifasi haqida ko’pchilik eshitmagan.

Ong osti qatlami insonni sog’lig’i va havfizligini taminlash bilan shug’ullanadi. Olimlar tamonidan bir necha o’ng yil oldin inson o’z onggi imkoniyatlarini atigi 2-3% ini ishlatishi haqida takidlashgan edi. Hozirgi vaqtda inson onggini qolgan 97-98% resursi ong osti qatlamiga tegishli ekanligi aniqlandi.
Miyaning ong osti qatlami asosan inson sog’lig’ini meyoriy holda saqlash bilan shug’ullanadi. Yani, inson qon bosimini meyorda saqlash, qon aylanishi va yurak urushini ta’minlash, organizmdagi mikrob va infektsiyalarni tozalash, kasallikni yengish, tanada paydo bo’lgan yaralarni bitkizish, ichki o’rganlar o’z vazifasini bajarishini ta’minlash va hokozolar bilan shug’ullanadi.
Shuningdek, olimlarni isbotlashlari va ming-minglab insonlar tajribalarini ko’rsatishicha, ong osti qatlami inson boshqa 5 hil sezgi azosi bilan seza olmaydigan ilohiy olam bilan bog’lanib, u yerdan inson foydasiga hizmat qiladigan ma’lumotlarni olib, inson ong qismiga uzatishga harakat qilarkan. Lekin har bir insonni jismoniy, ruhiy va tarbiyaviy hususiyatlariga ko’ra bu ong ostidan keladigan ma’lumotlarni kimdir ko’proq, kimdir kamroq, kimdir umuman sezmaydi yoki e’tibor bermaydi.
Din ta’limotlarida folbinlik qoralanadi. Chunki folbinlik bu – ilohiy olamdan boshqa insonlar hayotiga tegishli ma’lumotlarni olib berish faoliyati hisoblanadi. Intuitsiya bu – insonni yanada baxtli va quvonchli hayot kechirish, hayotda yuqori yutuqlarga erishish va havfsiz hayot kechirishga hizmat qilishi uchun olamlarni yaratgan zod ta’monidan berilgan inson ongini imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. I
nson miyasi 2 yarimshardan iborat: o’ng yarimshar intuitsiya, nutq, tasavvur, hayol, ijod, musiqiy qobilyatlarga javob bersa, chap yarimshar insonni mantiqiy, nutqiy qobilyatlariga javob beradi.
Inson tug’ilganida o’z intuitsiyasi signallarini yahshi sizadigan darajada bo’ladi. Masalan yosh bolalar nega sababsiz yeg’lashi yoki biror narsani xarhasha qilishi haqida hech kim o’ylab ko’rmagan. Bu narsa yosh bolalar biz ko’rmayotgan narsani ko’rishyotgani va biz sezmayotgan havfni sezishlaridan dalolat beradi. Keyinchalik noto’g’ri tarbiya natijasida ular o’z 6 chi sezgi azolariga e’tibor berishdan to’xtashadi.
Chunki ular o’zlari bilmagan holda o’z intuitsiyalari ko’rsatgan ishni emas, ota-onalari etganlarini qilish kerak degan hulosaga kelishadi. Chunki , ko’pchilik ota-onalar bolani xarhashalarini bajarmaydilar, yoki qo’pol ohangda javob qaytaradilar. Bu borada yaponlar juda to’g’ri yo’l tutishadi. Yani, 5 yoshgacha bolani “Podishoh” dek, 5 yoshdan voyaga yetguncha “Qul” dek, voyaga yetgandan keyin do’stdek muomalada bo’lishadi. Shuning uchun ham yaponiyada juda ko’p olimlar va ixtirochilar yetishib chiqmoqda.
O
ng osti qatlami ilohiy olam bilan bog’langanda faqat o’sha inson foydasiga hizmat qiladigan ma’lumotlarni ma’lum qiladi. Chunki, ong osti qatlamini asosiy vazifasi inson hayotini saqlab qolishdan iborat. Ongning bu qatlami barcha tirik mavjudotlarda mavjud. Inson miyasi esa, yana bir qatlam, yani ong qatlami borligi bilan farq qiladi. Hayvonlar intuitsiyasi yahshi rivojlangan bo’ladi va ular o’zlarini himoya qilishni yahshi bilishadi. Misol uchun mushukni biror uzoq joyga adashtirib kelinsa, u qisqa muddatda olib ketilgan joyni topib, qaytib kelishini kuzatish mumkin. U aynan intuitsiyasi orqali topib keladi.
Inson bir kunda yuzlab qarorlar qabul qiladi. Intuitsiyasi kuchli inson esa shu qarorlar ichidan o’z orzu –maqsadlariga yetkazuvchi to’g’ri qarorlar qabul qiladi. Masalan, bunday inson biror ishga qo’l urishdan avval o’z 6-xissiyoti yordamida bu ish natijasi qanday bo’lishini darxol ko’ra biladi va shunga ko’ra bu ishni qilish –qilmaslikni yoki qanday qilib qilish kerakligi haqida to’g’ri qarorni qabul qiladi. Natijada u inson qilgan har bir ishi behato bo’ladi va samarali natijaga olib boradi. Olimlarni olib borgan tajribalariga ko’ra dunyodagi boy-badavlat insonlarning barchalarini intuitsiyalari o’ta yuqori darajada bo’larkan.
Insonning 6 chi xissiyoti tarbiya jarayonida “O’ldirilgan” bo’lsada, uni maxsus mashqlar yordamida o’z asl holiga qaytarish mumkin. Buning uchun inson o’z ustida ko’p marotaba ishlashiga to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ming-minglab insonlar maxsus o’quv markazlarida intuitsiyani rivojlantirish sirlarini o’rganib kelishmoqda va hayratlanarli darajalarga erishmoqdalar.

I nsonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi sifatlarida ifodalanishi mumkin.


Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda har tomonlama bilishga intilish; tafakkur kengligi – bu savolni yaxlitligicha, shu bilan birga zarur bo‘lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan turli aloqalarda ko‘rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. tafakkurning chuqurligi murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni ikkinchi darajalilardan, zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. tafakkur chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. tafakkurning mustaqilligi insonning yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning yordamidan foydalanmasdan ularning echimini topish malakasi bilan xarakterlanadi. Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan qo‘llanilib kelayotgan usullarning ta’siridan holi bo‘lishda, sharoit o‘zgarganda harakatlarni tezda o‘zgartirish malakasida ifodalanadi. tafakkurning tezligi – insonning yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, o‘ylab olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. aqlning sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, qaror qilishga shoshishi, etarlicha o‘ylanmagan javoblar bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim. Aqlning tanqidiyligi – bu inson o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib chiqish malakasi. tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat’iy izchilligiga rioya qilish qobiliyati. tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati. aql ijodkorligi – ijodkorlik tafakkuriga bo‘lgan qobiliyat. tafakkurning salbiy sifati uning rigidligi – hodisa mohiyatiga nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi baholarga berilganlik hisoblanadi.
Inson aqliy rivojlanganligining ko‘rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar bilan bog‘lanmaganligidir.
Shunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari eqorida ko‘rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg‘unlikda ifodalanadi.
Tafakkur shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo‘linishiga nisbatan yondoshuvlarning ko‘pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining dastlabki bosqichi umumlashtirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda bolaning birinchi umumlashtirishlari amaliy faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o‘zaro o‘xshash jismlar bilan bajaradigan bir xildagi harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining dastlabki yilining oxiriga kelib namoyon bo‘la boshlaydi. jismlarning alohida xossalarini bilgan holda ikki yoshli bola ma’lum amaliy masalalarni echa oladi. xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola narsalar solingan og‘ir qutini joyidan surish uchun narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra zarur harakatni amalga oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir jismdan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. lekin ko‘p hollarda jism va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha jismlarga nisbatan qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.
Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha so‘zlar bilan atashi mumkin. bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi.
Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog‘liqligidan iborat. bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir.
Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. ontogenetik yo‘nalish bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba yo‘nalishi tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq
Download 76,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish