18
Ko‘pliklar ustidan «Bazaviy» operatsiyalar.
C) holati. Ko‘pliklar birlashtirilishi (analogi – predmetli soha ikki predmetli
sohalarning umumiy elementlarida tashkil topadi). Bu
umumlashtirish
ning
tipik
misoli, bunda ikkita, predmetli sohalar bo‘yicha kesishuvchi nazariyalarni
birlashtiruvchi nazariya paydo bo‘ladi.
Mazkur holat, (B-holati singari) odatda
evolyusiyaviy rivojlanish uchun xosdir, ammo
nazariya rivojlanishining
revolyusiyaviy laxzalarini ham aks ettirishi mumkin (hammasi predmetli
sohalarning o‘lchoviga bog‘liq). Fizika fanidan misol bo‘lib 20-asrning 60-yillarida
Yang va Mills tomonlaridan yaratilgan, elektrli magnit va kuchsiz o‘zaro ta’sirni
yagona nuqtai nazardan tavsiflovchi elektrli kuchsiz o‘zaro ta’sir nazariyasi
hisoblanadi.
Agar A)–C) variantlar predmetli sohaning
kengayishiga mos kelsa, L)-H)
variantlar esa torayishiga mos keladi. Tadqiqot predmeti torayganligi uchun, bu
holatlarda yangi ilmiy natijalarni olish uchun, qoidaga ko‘ra, yangi yondashuvlar,
metodlar va bilish vositalarini qo‘llash zarur.
D) holati. Ko‘pliklarning kesishuvi (analogi – predmetli soha ikki predmetli
sohalarning umumiy elementlarida tashkil topadi.) Ushbu holat yo (predmetli
sohaning torayishi hisobiga) tegishli predmetli sohalarda olingan natijalarga ko‘ra
chuqurroq natijalar olinishiga (bu hol ekzotik holga yaqin, ya’ni ro‘y
berishi
qiyinroq), yo natijalarni (odatda – tadqiqot metodlarini – 5.2v-rasmga qarang) bir
predmetli sohadan ikkinchi predmetli sohaga o‘tkazilishiga, yo bir predmetli sohada
olingan natijalarni boshqa bir predmetli soha iboralarida mazmunli talqin etilishiga
mos keladi. Bunga misol qilib, 20-asrning boshlarida o‘sha paytga kelib ancha
rivojlangan differensial tenglamalar apparatining (ungacha
asosan fizika va
texnikada qo‘llanilgan) ekotizimlarni tavsiflashda – biologik populyatsiyalarning
o‘zaro ta’siri dinamikasida, biologik turlar raqobatida va boshqalarda muvaffaqiyatli
qo‘llanilishi holatini keltirishimiz mumkin.
F) holati. Ko‘pliklar ayirmasi (analogi – predmetli soha bir predmetli sohadan
boshqa predmetli soha elementlarini chegirib tashlashdan tashkil topadi).
J) holati. Ko‘pliklarning simmetrik ayirmasi (analogi – predmetli soha ikki
predmetli sohalarning kesishmaydigan elementlarida tashkil topadi). F) va J)
holatlari mazmunan predmetli sohaning cheklanishiga mos keladi, bunda tadqiqot
predmeti sifatida masalan, faqat tegishli xossaga ega va muqarrar boshqa xossaga
ega emas ob’ekt (f variant) yoki ikki xossalardan faqat va faqat bittasiga ega ob’ekt
(e variant) tanlanadi. Masalan, shaxsning nafaqaga ketganidan keyingi adaptatsiya
jarayoni tadqiq qilinadi (f holatidagi dastlabki ko‘pliklar – nafaqaxo‘rlar ko‘pligi va
ishlovchilar ko‘pligi; ishlamaydigan nafaqaxo‘rlar ko‘pligi to‘q rangda berilgan). J)
holati uchun misol qilib ma’lum kasallikni davolashda ikki xil dorilarning
solishtirma samaradorligining tibbiy-biologik tadqiqotini keltirishimiz mumkin.
19
Bunda bu ikki dorilarning bir vaqtda qo‘llanilishi holatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
H) holati. Ko‘plikning torayishi (analogi – predmetli sohadan yangi predmetli
soha sifatida muayyan bir xil xossalarga ega bo‘lgan elementlarning ma’lum bir
majmui chiqarib olinadi). Bunday holat kuchli versiyali
fanlar uchun tipik
hisoblanadi, bunda mavjud natijalar kuchliroq (cheklovchi) gipotezalar kiritilishi
hisobiga kuchaytiriladi (shuningdek, 5.3-rasmdagi “noaniqlik prinsipining”
tasvirlanishiga qarang). Masalan, ixtiyoriy tartibdagi algebraik tenglamalar uchun
ularning yechimini topishning raqamli metodlari mavjud. Tenglamalarning uchinchi
tartibidan
oshmaydigan, torroq predmetli soha uchun esa yechimini topishning
analitik metodlari mavjud.
K) holati. Ikki kesishmaydigan ko‘pliklar. Bunday holatga,
shubxasiz,
Do'stlaringiz bilan baham: