Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o‘z vazifasiga qarab aniq o‘lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo‘ladi.
Maydon o‘lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o‘lchovini ifodalovchi to‘r. Amaliyotda keng qo‘llaniladigan koordinatalar tizimi bu to‘g‘ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo‘yicha siklik (davriy) o‘zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To‘g‘ri chiziqli koordinata tizimida maydon o‘lchovlari vertikal va gorizontal o‘qlarda (ordinata va absissa o‘qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o‘ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o‘qi va unga nisbatan nur burchagi o‘lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o‘lchovlar kontur to‘r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.
Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko‘rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o‘lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. SHkala deganda aniq raqamlar kabi o‘qilishi mumkin bo‘lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. SHkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (3-rasm).
Шкала
таянчи
Шкала
нуқталари
-2 -1 0 1 2
шкала рақамлари
3-rasm. SHkala
SHkala tayanchi to‘g‘ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo‘lishi mumkin. SHkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo‘lmagan holda bo‘lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo‘lsa, bunday shkala teng o‘lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo‘lmasa teng bo‘lmagan o‘lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so‘z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va tushunarli bo‘lishi lozim.
Grafiklarni tasvirlashda ko‘rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo‘lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
Mazmuni yoki vazifasiga ko‘ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o‘zaro bog‘lanishdagi ko‘rsatkichlar grafiklari va boshqalar.
Grafik tasvirni geometrik shakliga ko‘ra (4-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.
Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko‘ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).
4-rasm. Grafik tasvirning geometrik shakliga ko‘ra grafiklar tasnifi
Do'stlaringiz bilan baham: |