4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja


D.B.Elkonin shaxs shakllanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi



Download 43 Kb.
bet6/19
Sana04.03.2023
Hajmi43 Kb.
#916476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi.

D.B.Elkonin shaxs shakllanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:

  1. Go‘daklik davri tug‘ilgandan to 1 yoshgacha; asosiy faoliyat bevosita emotsional muloqot,

  2. Ilk bolalik davri 1 yoshdan to 3 yoshgacha; asosiy faoliyat predmet bilan manipulyasiya (nozik harakat) qilish,

  3. Maktabgacha davri 3 yoshdan to 7 yoshgacha; asosiy faoliyat rolli o‘yinlar, asosiy faoliyat o‘qish,

  4. Michik o‘smirlik davri 10 yoshdan to 15 yoshgacha; asosiy faoliyati shaxsiy ichki (intim) muloqot,

  5. Katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik yosh davri 16 yoshdan to 17 yoshgacha; asosiy faoliyat o‘qishkasb tanlash.

D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi bosqichlari muayyan ko‘lamdagi psixologlar tomonidan iliq qarshi olinishiga qaramasdan, ma’lum darajada munazarabob o‘rinlar yo‘q emasligini e’tirof qilindi. Bizningcha, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlari faqat alohida olingan faoliyat doirasi ta’siri bilan chegaralanib qolmasligi, balki oraliq bosqichlari ham mavjudligi va undan kelib chiqqan holda ruhiy yangilanishlarda ham o‘zgarish bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shunga qaramasdan, D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida eng ommaboplardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya shaxs taraqqiyotini muayyan bosqichlarga ajratishda pedagogik psixologiya pozitsiyasidan to`rgan holda faoliyat nuqtai nazardan unga yondashadi, ma’lum davrlarga ajratadi va ularni atroflicha sharhlab berishga intiladi.
1. Chaqaloqlik davri tug‘ilgandan to bir oylikgacha.
2. Kichik maktabgacha davri 1 oydan to 1 yoshgacha.
3. Maktabgacha yoshidan oldingi davr 1 yoshdan to 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha yoshi davri 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
5. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilik davri 7 yoshdan to 11 (12) yoshgacha.
6. O‘rta sinf o‘quvchisi davri (o‘smirlik) 13 yoshdan to 15 yoshgacha.
7. Yuqori sinf o‘quvchisi davri 15 yoshdan to 18 yoshgacha.
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Krutetskiy insonning ontogenetik taraqqiyotini mana bunday bosqichlardan tarkib topish ehtimoli mavjudligini asoslab berishga harakat qiladi.
1. Chaqaloqlik (tug‘ilgandan to 10 kunlikgacha).
2. Go‘daklik davri (10 kunlikdan to 1 yoshgacha).
3. Ilk bolalik davri (1 yoshdan to 3 yoshgacha).
4. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davr (3 yoshdan to 5 yoshgacha).
5. Bog‘cha yosh davri (5 yoshdan to 7 yoshgacha).
6. Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan to 11 yoshgacha).
7. O‘smirlik yosh davri (11 yoshdan to 15 yoshgacha).
Negadir mualliflarning aksariyati ontogenezda shaxsning rivojlanishini qolgan bosqichlarini hisobga olmaydilar.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsialpsixologik nuqtai nazardan yondashib, o‘ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, etuklikka intilish g‘oyasi yotganligi sababli bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o‘rgangan bo‘lsalar, bundan o‘laroq u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asotsial (aksijtimoiy) bosqichlari mavjud bo‘lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. SHuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik davriga to‘g‘ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya), ikkinchisi o‘smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya), uchinchichi o‘spirinlik, ya’ni etuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi.
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) tug‘ilgandan to 3 yoshgacha.
2. Bog‘cha yoshi davri 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi davri 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
4. O‘rta sinf o‘quvchisi (o‘smirlik) davri 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning klassifikatsiyasi qanchalik takomil darajada bo‘lmasin, taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini e’tirof etishga moyildir. CHunki ijtimoiy qoidalarga binoan o‘sishmi yoki aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo‘nalishning ham oraliq jabhalari bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, lekin bu g‘oyani chuqurroq sharhlab berish joiz.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo‘lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tadi, ulardan biri “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan iborat bo‘lib, u o‘ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
1) Ilk bolalik 1 yoshdan 3 yoshgacha,
2) Kichik maktab yoshidagi o‘quvchisi davri 6 yoshdan to 9 yoshgacha,
3) Yuqori sinf o‘quvchisi davri 15 yoshdan to 17 yoshgacha.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish