4-mаvzu. Sanoat korxonalarining aylanma mablag‘lari Rеjа


Aylanma mablag’larning me’yori



Download 84,68 Kb.
bet4/5
Sana14.04.2022
Hajmi84,68 Kb.
#552423
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

4.2. Aylanma mablag’larning me’yori

Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish - moddiy resurslarning turlari me’yorlarini ishlab chiqishdir. Me’yoriylik miqdori past darajada bo’lishi korxona ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash uchun zarur jamg’armalar yarata olmaslik, material yetkazib beruvchi korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun yetarli mablag’larga ega bo’lmaslik va mehnatkashlarga ish haqini to’la to’lay olmaslikka olib keladi.


Ortiqcha moddiy jamg’armalar hosil bo’lishi va ularning uzoq muddat ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etmasligi korxona zarar ko’rishga sabab bo’ladi.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish - xomashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy hamda pul resurslari jamg’armalari bo’yicha me’yorlarini belgilashdan iborat.
Ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan aylanma mablag’lar jamg’armalari ikki xil o’lchamda me’yorlashtiriladi - vaqt (kun) va pul birliklarida.
Vaqt (kun) birligida belgilangan jamg’armalar ishlab chiqarishning u yoki bu tovar-materiallar bilan ta’min etilganlik darajasini ifodalaydi.
Pul birligida belgilangan jamg’armalar ishlab chiqarishning u yoki bu tovar-materiallar bilan ta’min etilganlik darajasini ifodalaydi.
Pul birligida belgilangan jamg’armalar ishlab chiqarishning aylanma mablag’larga bo’lgan haqiqiy talabini aniqlash bilan bir qatorda, ta’minot, moliyaviy rejalarni va ishlab chiqarish xarajatlari smetasini o’zaro bog’lashga imkoniyat yaratadi.
Vaqt (kun) va pul birliklarida xomashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yonilg’i, shuningdek, korxona omboridagi tayyor mahsulot qoldiqlari va tugallanmagan ishlab chiqarish jamgarmalarining har biri alohida-alohida me’yorlashtiriladi. Me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag’larning qolgan turlari faqat pul birligida me’yorlashtiriladi.
Korxonaning aylanma mablag’lari mehnat ashyolari va pul mablag’laridan tashkil topadi. Korxonaning me’yorlashtirilgan aylanma mablag’larini aniqlash uchun dastlab barcha turdagi mehnat ashyolariga bo’lgan o’rtacha kunlik talab aniqlanib, so’ng ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan jami me’yoriy materiallar hisoblanadi:
- Muayyan rejalashtirilgan yil uchun o’rtacha kunlik za­rur normativ material turlari quyidaga ifoda orqali aniqlanadi:
Mk=My/Tr

bu yerda: Mk - kunlik zarur normativ;
My - yillik ishlab chiqarish uchun zarur material hajmi;
Tr - rejalashtirilgan davr, kun (yil).
- Ishlab chiqarishni zarur me’yoriy materiallar turlari (T - me’yor) bilan ta’minlash, kunlarda quyidagi ifoda orqali topiladi
Tme’yor = Tk+Tz+Tta

bu yerda:
Tk – materiallarni olib kelish oralig’idagi vaqt;
Tz – zaxiraviy (qo’shimcha) vaqt;
Tta – ishlab chiqarishga tushirishdan oldin materiallarni tayyorlashga ketgan vaqt.
- Materiallarning zaxira me’yori quyidagi ifoda orqali topiladi:
Zm =Mk·Tme’yor

- Aylanma mablag’larning tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:

bu yerda:
IChtm – tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi;
Tr – rejalashtirilgan davr;
Ny – yillik ishlab chiqarish dasturi;
Ts — ishlab chiqarish siklining o’rtacha davomiyligi;
Kxo’ — tugallanmagan ishlab chiqarishda xarajatlarning o’sish koeffitsienti.
- Tayyor mahsulot qoldig’idagi aylanma mablag’larning pul ko’rinishida quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

bunda:
Tzn - zaxiraning kunlik normasi.
Korxonalarda ishlab chiqarish jamg’armalari joriy, ehtiyot (yoki kafolat), tayyorlash va transport jamg’armalariga ajratiladi. Joriy jamg’armalar ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun me’yorlashtiriladi va aylanma mablag’lar me’yorining asosiy qismini tashkil qiladi. Joriy jamg’armaning miqdori u yoki bu moddiy ishlab chiqarish vositasining bir kecha kunlik sarfi va uning korxona omboriga keltirish masofalarini hisobga olish orqali aniqlanadi:
Mj.maxdtm
bunda: Mj.max - joriy jamg’armaning eng yuqori miqdori, kun;
d - muayyan materialning bir kunlik sarfi;
tm - muayyan materialni korxona omboriga keltirish vaqti.
Biroq amalda materiallar korxona omboriga bir vaqtda bir yo’la keltirilmaydi va ularning sarfi ham har xil vaqtda bo’ladi. Shuning uchun moddiy vositalarning o’rtacha me’yorini (Mo’rtacha) maksimal jamg’armaning yarmiga teng qilib belgilanadi.
Mo’rtacha  0,5Mj.max

Ta’minotni tasodifan uzilib qolish mumkinligini hisobga olib, korxonalarda ehtiyot qismlar jamg’armalari yaratiladi. Bu jamg’armalarning miqdori odatda joriy jamg’arma miqdorining yarmiga teng qilib belgilanadi yoki quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Mehtd  (to’r  tyo’l tq  ti/ch)

bunda:
Meht - ehtiyot jamg’arma;


to’r - materialni ortish uchun sarflanadigan vaqt, kun;
tyo’l - materialning yo’lda bo’lish vaqti, kun;
tq - materialni qabul qilib olish vaqti, kun;
ti/ch -materialni ishlab chiqishga tayyorlash vaqti, kun.
- Transport jamg’armasi puli to’langan materiallarning yo’lda bo’lish vaqti (tyo’l) va hisob-to’lov hujjatlari aylanish vaqti (th) o’rtasidagi tafovut orqali aniqlanadi.
Mtrd  (tyo’l + th)

- Tayyorlash jamg’armasi, agar korxonaga keltirilgan materialni ishlab chiqarishga kiritish uchun uni tayyorlash lozim bo’lgan taqdirda me’yorlashtiriladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:


Mtayd  ti/ch

Ishlab chiqarish jamg’armalarining umumiy me’yori yuqorida ilova qilingan jamg’armalarning yig’indisiga teng bo’ladi. Ma’lum turdagi aylanma vositalar jamg’armalarini yaratish uchun zarur bo’lgan mablag’ miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:


Sreja  Skun  MjTk
bunda: Sreja- rejalashtirilaetgan davr uchun me’yorlashtirilgan material sarfi summasi, so’m;
Skun - muayyan materialning kunlik sarfi;
Tk - rejalashtirilgan davrdagi kalendar kunlar soni;
Mj - shu materialning jamg’arma me’yori, kun.
Aylanma mablag’larni korxonalarda me’yorlashtirishda ikki masala hal etiladi birinchidan, iqtisodiy asoslangan me’yorlar ishlab chiqiladi; ikkinchidan, korxona faoliyatining turli tomonlari tahlil qilinadi, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulot sotish va hisob-kitoblarni yaxshilashga yo’naltirilgan tadbirlar belgilanadi.



Download 84,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish