3. Quymalarni aylanuvchi metall qoliplarda olish
Bu usulda metallarni gorizontal va vertikal o‘q atrofida aylanuvchi metall qolipga (ba’zan ular yuzi qolip materiali bilan qoplanadi) quyiladi. Bunda metall markazdan qochirma kuch ta’sirida qolip devoriga urilib, sovib zich, mayda donachali, tekis yuzali, puxta quymalar olinadi.
2-rasm. Gorizontal o‘q atrofida aylanuvchi qolipda cho‘yan trubani tayyorlash sxemasi.
Bu usul yuqori unumdorligi, olingan quyma sifatining yaxshiligi, quyish tizimini talab etmasligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Lekin qimmatbaho uskuna talab etishi, faqat doiraviy quymalar olinishi kabi kamchiliklari bor. Bu usuldan cho‘yan, po‘lat va rangli metall qotishmalardan bir necha kg dan bir necha tonnagacha quymalar olinadi. olinadigan quyma turiga ko‘ra qoliplar gorizontal, vertikal, qiya o‘qlar, bo‘ylab aylanadigan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |