Rolli-o’yinli loyihalar va ularning tavsifnomasi: Bunday loyihalarda tuzilma faqat belgilanadi va ish oxirigacha ochiq turadi. Ishtirokchilar loyihaning xarakteri va mazmuniga qarab, o’zlariga ma’lum rollarni taqsimlab oladilar. Bu adabiy qiyofalar, ijtimoiy yoki ish munosabatlarini taqlid etuvchi xayoliy qahramonlar bo’lishi, ishtirokchilar uylab topgan vaziyatlar bilan murakkablashtirilishlari mumkin. Bu loyiha-larning natijalarida yoki ularni ijro etilishining boshida, yoki eng oxirida belgilanadi. Bunda ijodiyot darajasi yuqori bo’lsa-da, rolli-o’yin faoliyati bari-bir ustun tur bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |