4-mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja



Download 156,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.06.2021
Hajmi156,37 Kb.
#101136
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-мавзу d5931286f9a67e456fa02161ca633d02



 

 



4-mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li 

Reja: 

1.  O'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlash    zarurati    

2.  O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari va   shart-sharoitlari 

3.  Taraqqiyotning “O'zbek modeli” 

4.  Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyili 

 

 



  

1.  O'ziga  xos  taraqqiyot  yo'lini  tanlash        zarurati.  O'zbekiston  

mustaqillikka  erishganidan  so'ng  kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan 

davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, 

ularni  qonun  bilan  mustahkamlaydigan  huquqiy  tizimni  vujudga  keltirish  vazifasi 

turar edi. Chunki, sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar 

endilikda mamlakatda barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. 

Mulkchilik,  mulkka  egalik  va  uni  boshqarish,  ishlab  chiqarish  omillari,  bozor 

mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday 

jiddiy yangilanishlarni taqozo etardi. 

Shuni  ham  aytish  kerakki,  jahonda  hamma  mamlakatbop  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishning  tamoyillari,  barcha  uchun  tavsiya  etish  lozim  bo'lgan  tayyor 

andozalari  hech  qachon  bo'lmaydi.  Shu  bilan  birga  rivojlanishning  madaniy, 

ma'rifiy,  tarixiy  jihatdan  asrlar  mobaynida  shakllangan  an'analari  mavjud  bo'lgan 

O'zbekistonday  qadimiy  makonda  o'ziga  xos  yo'l  tanlash  uchun  ancha-muncha 

izlanish  lozim  edi. Biroq, vaqtni  boy  bermay, tezkorlik  bilan ish  tutish kerak  edi. 

Shuning uchun ham «mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi 

yurishga majbur edi». 

O'zbekiston  o'z  mustaqilligini  qo'lga  kiritgan  dastlabki  paytda  mamlakat 

ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan 

qaraydiganlar bor edi. Hatto, sobiq markazdagi ayrim karomatgo'ylar O'zbekiston-

ga  nisbatan  «O'zlaringni  mustaqil  boshqarishga,  mustaqil  davlat  qurishga  qodir 

emassizlar»,  «Sizlar  mute,  qaram  millatsizlar»,  deb  kamsitishsa,  mamlakat 

ichkarisidagi  ayrim  toifalar  o'rtasida  «Endi  O'zbekiston  qanday  yo'ldan  boradi? 

Qanday  jamiyat  quradi?  Markazsiz  yashay  oladimi?  Respublikada  barqarorlik 




 

ta'minlanadimi?—  qabilidagi  savollar  vujudga  kelgan  edi.  Unga  har  kim  o'zicha 



javob qidirar edi. 

Ziddiyatli  va  murakkab  bir  paytda  O'zbekiston  uchun  o'ziga  xos  taraqqiyot 

yo'lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o'z andozasini ishlab chiqish g'oyat 

dolzarb va ahamiyatli edi. O'z navbatida bunday vazifani uddalash O'zbekistondagi 

ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o'rtasida tarkib topgan munosabatlar, 

ularning  dunyoqarashi,  jumladan,  diniy  e'tiqodi,  ruhiyati  va  xulq-atvor  me'yorlari 

shuni taqozo etardi. 

Ayni  chog'da,  O'zbekistonning  o'z  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  andozasini 

ishlab  chiqishda  rivojlangan  mamlakatlarning  ko'p  asrlik  tajribasini  o'rganish, 

ularning foydali qismini o'zlashtirish bilan birga O'zbekiston xalqining turmush tarzi 

va  an'analariga  ham  tayanish  lozim  edi.  Shuning  uchun  tub  yangilanishlar 

yo'nalishlarini  belgilar  ekan,  Prezident  I.Karimov  O'zbekiston  mustaqilligining 

dastlabki kunidanoq, «jahon va o'zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli 

tajribani  rad  etmagan  holda  o'z  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy-huquqiy  taraqqiyot 

yo'limizni tanlab olish respublikaning qat'iy pozitsiyasidir» — degan edi. 

Albatta,  mamlakat  uchun  hayot-mamot  bosqichi  bo'lgan  bir  paytda  uning 

yangi  jamiyatga  o'tishi  bilan  bog'liq  vazifalarni  bajarish  davlat  rahbaridan  yangi 

sharoitga  mos  boshqaruv  tizimini  ishlab  chiqishni,  jamiyatning  iqtisodiy  asosini 

vujudga  keltirishni  taqozo  qilardi.  Aholining  barcha  toifalarini  yagona  maqsad 

atrofida  birlashtiruvchi  g'oyalar  tizimini  yaratishni  talab  etardi.  O'zbekistonning 

o'ziga xos taraqqiyot yo'li ana shu tarzda tanlandi. 

 


Download 156,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish