4-mavzu: O‘z-o‘zini band qilish



Download 27,93 Kb.
bet1/2
Sana10.04.2022
Hajmi27,93 Kb.
#541135
  1   2
Bog'liq
4-mavzu
Mustaqil ish-1 elektronika, article3, Gandbol bo’ycha o’quv yig’in mashg’ulotlarni tashkil qilish KURS ISHI, 9 mavzu ywst, 3-mavzu, 2-labaratoriya, 4-labaraaatoriyaaaaa, Huqiqtaniw, 6 Мавзу ЮШХКБ слайд, 10 mavzu ywst, weather(cold, rain), Ahmad Yassaviy Marxoba, matem, Muratbaeva Dilnoza

4-MAVZU: O‘z-o‘zini band qilish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari va undan kelib chiqadigan cheklovlar:


O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish — bu, eng avvalo, o‘z-o‘zini band qilishdir. Bu masala, ayniqsa, bozor sharoitida juda dolzarbdir. O‘z-o‘zini band qilish tamoyillari asosida karye- rasini qurishni mo‘ljallaganlar, odatda, quyidagi besh sababdan kelib chiqishadi: shaxsiy qoniqish, mustaqillikka intilish, foyda olish, bandlik kafolati va shaxsiy mavqe.
Shaxsiy qoniqish. Ayrim odamlar uchun o‘ziga ishlash bilan bog‘liq asosiy katta taqdirlanish — bu shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish o‘z hayoti bilan o‘zi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi. Oz-o’zini band qilish sizga har bir ish kunini o‘zingizga rohat bag‘ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi. Masalan, rasm olishni yaxshi ko‘rsangiz, siz xususiy studiya ochishingiz mumkin. Har safar mijoz o‘z suratidan qoniqqanida, siz ham o‘z ishingizdan rohatlanasiz.
Siz o‘zingiz yashaydigan jamoaga yordam berishdan ham qoniqish olishingiz mumkin. O‘z-o‘zini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar yetkazib beradi, xizmatlar ko‘rsatadi hamda ularga ish o‘rinlarini taqdim etadi. Ular, shuningdek, boshqa mahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, mahalliy banklardan qarzga pul olishadi, soliqlarni to‘lashadi.
Mustaqillik. O‘z-o‘zini band qilishning yana bir afzalligi mustaqillikdir. Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yo‘qligi. Siz o‘z bilimingiz, ko‘nikmangiz va qobiliyatingizni o‘zingiz xohlagan tarzda qo‘llashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, o‘z-o‘zini band qilgan odamlar ko‘proq erkinlikka ega. Ular o‘zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlarning roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin.
Foyda. Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo‘ljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadir. Foyda — bu barcha xarajatlarni to‘lagandan keyin qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. O‘z-o‘zingizni band qilib, o‘z daromadingizni boshqara olasiz. Juda ko‘p hollarda korxonaga ko‘proq vaqt va ko‘proq harakat bag‘ishlash kattaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi.
Bandlik kafolati. Ko‘pgina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo‘lishni istagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollangan mehnatda bunga erishib bo‘lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad to‘lanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog‘liq bo‘lmasligingizga imkoniyat beradi. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas.
Mavqe. Mavqe — u alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o‘rnini ifodalash uchun qo‘llanadigan atama. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar iste’molchilar bilan o‘rnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor bo‘lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko‘pgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo‘lib, bundan rohat- lanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g‘ururi uzviy bog‘liq: ko‘pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o‘z ismlarini ko‘rib g‘ururlanishadi.
Moslashuvchanlik. O‘z imkoniyatlariga bog‘liq holda o‘zini o‘zi band qilgan kishilar istalgan xildagi va kattalikdagi korxonani ochishi mumkin. O‘zini o‘zi band qilish xodim va izdosh emas, balki insonga ish beruvchi va yetakchi bo‘lish imkoniyatini ham beradi.
O‘z-o‘ziga ishlash bilan bog‘liq cheklovlar
Siz nafaqat o‘zini-o‘zi band qilishdan kelib chiqadigan afzal- liklarni bilishingiz, balki u bilan bog‘liq yoqimsiz holatlardan ham xabardor bo‘lishingiz kerak: investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli, ishonchsiz yoki past daromad, ko‘p vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarish zarurati.
Investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli. O‘zini o‘zi band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yo‘qotish xavfi bog‘liqdir. «Investitsiya qilingan sarmoya» atamasi tadbirkor xususiy korxonani tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda, biznesda tavakkalchilik qancha yuqori bo‘lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko‘proqdir. Agarda, korxona yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa, foyda katta bo‘lishi mumkin. Zero, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo‘qotilishi mumkin, tadbirkor o‘z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg£armasini bekorga yo‘qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul bergan bank, ta’minotchilar va shaxslarga to‘lovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.
Ishonchsiz yoki past daromad. Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli o‘laroq, foyda miqdori oydan oyga o‘zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham o‘rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat ko‘pincha birinchi olti — o‘n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi.
Ko‘p vaqt sarflanishi. Tadbirkorlar o‘z ish vaqtini haftada qirq soat bilan cheklamaydi, ular kelish-ketish vaqtini ko‘rsatadigan avtomatda kartochkasini belgilamaydi. Ko‘pgina o‘z-o‘zini band qilgan tadbirkorlar kuniga o‘n to‘rt soat va undan ko‘proq, haftasiga olti yoki yetti kun ishlashadi. Ko‘p hollarda korxona egasi ertalab birinchi bo‘lib ishga keladi va kechqurun oxirgi bo‘lib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining ixtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan belgilanadi. Masalan, ko‘p do‘konlar 800 dan 2100 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar o‘z bizneslarini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb hisoblashadi.
Zerikarli ish. Biznes bilan shug‘ullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur bo‘lgan ishlar zarurati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tavakkalchiliklar. Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lsangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyatlar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Tavakkalchilik juda past bo‘lgan biznes kam daromad keltiradi va o‘z g‘oyalaringizni hamda ularni amalga oshirishni cheklab qo‘yadi.
Vaqt. O‘z biznesingizni boshlash — jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish ehtimol vaqtingizning ko‘p qismini olar. Keyinchalik korxona egasi tomonidan biznesdagi sidqidillik va shaxsiy manfaatdorlik juda o‘zgarishi mumkin. Kichik biznesning ko‘plab barqaror korxonalarida kundalik majburiyatlarni boshqaruvchi yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga qanchalik shaxsan jalb bo‘lishni xohlashingizni va kelajakda (aytaylik, 6 yildan keyin) qanchalik astoydil ishlashingizni aniqlashingiz kerak. Ehtimol, siz o‘z biznesingiz ichida to‘la yoki qisman bo‘lishni istarsiz yoki butunlay chetga chiqishni xohlarsiz.
Odamlar bilan muloqot. Sizga odamlar bilan ishlash yoqadimi yoki hamisha yakka o‘zingiz ishlashni istaysizmi? Yoki siz qayerdadir ularning o‘rtasida to‘xtaysizmi? Kichik biznesda shaxslararo muloqot (aloqa)ning uch turi — iste’molchilar bilan, xodimlar bilan va yetkazib beruvchilar bilan muloqot mavjud. Ko‘p kichik korxonalarning egalari xodimlar va yetkazib beruv- chilarning muloqotiga e’tiroz bildirishmaydi, chunki mulkdor ularga nisbatan foydaliroq mavqeda turadi. Biroq mulkdor- iste’molchi munosabatlari sizning biznesingiz turiga qattiq bog‘liqdir. Masalan, ko‘chmas mulkni sotishda hujumkorlik, hatto tajovuzkorlik muhimdir. Agar sizga yakka tartibda sotish yoqmasa, bu narsa talab qilinadigan biznesni tanlamang. Biznesning boshqa ko‘plab turlarida sotishga yondashuv ko‘proq shaxsdan tashqaridadir.
Chakana savdoda muvaffaqiyat ko‘pincha iste’molchi bilan shaxsiy aloqadan ko‘ra, yaxshi tovarlarga, maqbul narxlarga va omadli reklamaga bog‘liq bo‘ladi. Aloqa bo‘limi, Internet yoki elektron pochta orqali buyurtma berish shaxs ishtirokisiz savdoning oxirgi misolidir, bunda siz hech qachon iste’molchini ko‘rmaysiz (iste’molchi buyurtma beradi, mulkdor tovar jo‘natadi).


Download 27,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti