4-mavzu: O‘z-o‘zini band qilish


O‘zini o‘zi band qilishning tabiati



Download 27,93 Kb.
bet2/2
Sana10.04.2022
Hajmi27,93 Kb.
#541135
1   2
Bog'liq
4-mavzu

O‘zini o‘zi band qilishning tabiati
Daromad. Biznesingiz barqaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga qancha ko‘p daromad olmoqchisiz? Siz bir oyda 1,5 mln so‘m, 3,5 mln so‘m, 5,5 mln so‘m yoki ko‘proq ishlamoqchimisiz? Bu borada oldindan qaror qabul qilish muhim, chunki biznesning har xil turi har xil daromad ta’minlash imkoniyatiga ega. Daromad nuqtayi nazaridan, tez xizmat ko‘rsatish restorani bir imkoniyatga ega, kichik ishlab chiqarish biznesi esa mutlaqo boshqa daromad bera oladi.
O‘zingiz uchun daromad ko‘rsatkichini juda baland darajada, aytaylik, oyiga olti mln so‘m, deb belgilash juda ham havas qilgudek bo‘lsa kerak. Ko‘p bizneslar uzoq muddatli kelajakda juda muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatiga ega, boshqalari esa hech qachon juda katta foyda beradigan bo‘la olmaydi. Shaxsiy daromad olish borasida maqsadni belgilashning yo‘llaridan biri quyidagi savolga javob topishdan iboratdir: «Aytaylik, hozirgi paytdan olti yil o‘tgandan so‘ng men qanday oylik (yillik) daromad olishni xohlayman?»
Mavqe. Odamlar o‘z mavqelarini u yoki bu tarzda oshirishga intilishadi. Ammo bizneslarga ham ma’lum mavqe mansub. Obro‘li faoliyat sohalari va unchalik obro‘ga ega bo‘lmagan sohalar mavjud. Masalan, axlat yig‘ish obro‘li ish emas. Ayrim odamlar o‘z bizneslarining mavqeyi baland bo‘lishidan juda manfaatdor, boshqalari esa bunga umuman e’tibor berishmaydi. Biznesning u yoki bu turini tanlashingizda, bu mulohaza juda muhim bo‘lishi mumkin. Siz uchun mavqeyi umuman qoniqarli bo‘ladigan biznesni tanlash kerak.
Odamlar orasidagi aloqalar. Siz odamlar bilan qanchalik yaxshi ishlay olishingiz to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Muloqotdan xursand bo‘lasizmi yoki aksincha, doim yakka ishlay olarmidingiz yoki qandaydir o‘rtaroqdamisiz? Biznesda amalda uch turdagi asosiy shaxslar orasidagi aloqalar mavjud: iste’molchilar bilan aloqalar, xodimlar bilan aloqalar va ta’minotchilar bilan aloqalar. Kichik korxonalar egalarining ko‘pchiligi xodimlar va ta’minot­chilar bilan aloqalarga e’tibor berishmaydi, chunki ular bu munosabatlarda ruhiy eng qulay tomonni egallaydilar.
Biznes egalari va iste’molchilar orasidagi munosabatlar esa, biznesning turiga qarab, keng doirada o‘zgaradi. Masalan, ko‘chmas mulkni sotish, ma’lum darajada shaxsiy jur’atni talab etadi. Agar shaxsiy sotuvlar varianti sizga rohat keltirmasa, usiz bo‘lmaydigan biznes turini tanlamang. Ko‘p korxonalar shaxs ahamiyati kamroq sotuvlar variantini qo‘llashadi.
Chakana savdoda ko‘pgina korxonalar uchun, masalan, sotuvlardagi muvaffaqiyat, iste’molchilar bilan yaxshi shaxsiy aloqalar o‘rnatilishidan ko‘ra, yaxshi tovarlar borligi, loyiq narx va reklama borligiga ko‘proq darajada bog‘liq. Shaxs ahamiyati yo‘q sotuvlarning eng yorqin misoli — bu pochta orqali savdo, bu yerda siz umuman xaridoringizni ko‘rmaysiz (xaridor buyurtma yuboradi, korxona egasi esa unga tovarni yuboradi).
Biznesga vaqtni bag‘ishlash. Kichik korxonani barpo etish katta hajmdagi og‘ir ish bajarilishini talab etadi. Haqiqatan ham, dastlabki bir necha yil bu sizdan butun uyg‘oq vaqtingizni sarflashni talab etadi. Ammo uzoq kelajakda, kichik korxonani egasi tomonidan boshqaruv jarayonlarga kuch bag‘ishlash va shaxsan jalb etilish darajasi keng doirada o‘zgarishi mumkin.
Ko‘pgina barqaror bo‘lgan kichik korxonalarda har kunlik boshqaruv faoliyati taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shaxsan jalb etilishning qaysi darajasini siz ma’qul ko‘rishingiz va o‘z korxonangizga kelgusida (masalan, hozirgi paytdan olti yil o‘tgandan keyin) qanday kuchni bag‘ishlashni xohlashingizni hal qiling. Siz bundan keyin ham korxonangiz ishlariga to‘liq qatnashadigan bo‘lib qolishingiz ma’qul bo‘ladi, ammo balki, siz qisman qatnashishni ma’qul ko‘rarsiz yoki korxonani shaxsan boshqarishdan mutlaqo voz kecharsiz.
Ish vaqti. Ko‘pgina kichik korxonalar dushanbadan jumagacha, ertalab soat 900 dan kechki 1800 gacha ish grafigini o‘zlari uchun qabul qila olishmaydi. Agarda oddiy ish haftasi sizga ko‘proq mos keladi, deb hisoblasangiz, biznes turini tanlashda ehtiyotkor bo‘li- shingiz kerak. Agar siz ishlab chiqarish, ulgurji savdo yoki oddiy ish rejimli biznesning qandaydir boshqa turi bilan shug‘ul- lanmoqchi bo‘lsangiz ham, doimo oddiy ish kuni chegarasidan tashqarida bajarilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina ishlar qoladi.
Tadbirkor; sarmoya egasi; biznes; biznesmen; mulk egasi; tadbir­korlik subyekti; tadbirkor xususiyatlari; bozor infratuzilmasi; tadbirkorlikning asosiy tamoyillari: foydaga intilish; iqtisodiy erkinlik; iqtisodiy mas’uliyat; iqtisodiy tavakkalchilik; raqobatda qatnashish; tadbirkorlik siri; halollik; nufuz (imij); xususiy mulk; yuqori mehnat qobiliyati; o‘z kuchiga ishonish; o‘z kelajagini qurish; foyda olishga yo‘nalganlik; maqsadga erishishga intilish; tirishqoqlik; omadsizliklarni bartaraf qila olish; qaytma aloqadan foydalanish; tashabbuskorlik; eshitish istagi; o‘z-o‘zini band qilish; bandlik kafolati; moslashuvchanlik; ish vaqti.
Download 27,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish