1.
Multimedianing paydo bo’lishi multimediali mikroprotsessorlar
Mamlakatimizda multimediya taxminan 1980 yilning oxirlarida paydo bo‘ldi.Bu vaqtda
multimediya xonadon kompyuterlarida emas ,balki mutaxasislar tomonidan ishlatilgan. 1993 yilga
kelib multimediya tadqiqotchilar jamoasi tizimlari, tayyor multimediya maxsulotlari, ularni
iste’molchilari yuzaga keldi. Bugungi kunda deyarli har bir kompyuterda multimediya mavjud.
Multimediyali dastur ta’minotining turfa turlari sotuvda mavjud.
1997 yil ning yanvarida va iyunida multimedia texnologiyasida ishlash uchun modernizatsiya
qilingan va mos ravishda Pentium MMX (MMX — Multi Media eXtention) va Pentium II savdo
markalarini olgan Pentium Pro mikroprotsessorlarining taqdimot marosini bo’ldi. Pentium MMX
mikroprotsessor audio- va videoma’lumotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan qo’shimcha 57 ta
buyruq, ikki marta kattalashgan (32 Kbayt gacha) kеsh-xotira, Pentium Pro mikroprotsessordan
olingan tarmoqlanishlarni oldindan aytish yangi blokini va b. o’z ichiga oladi. Shuning hisobiga
unda Pentium mikroprotsessorga nisbatan 1 millionta tranzistorli еlement ko’proqdir. Bu
mikroprotsessorlarni samarali ishlatish uchun barcha еski dasturlarga (shu jumladan Windows 95,
Windows NT operatsion tizimlariga ham) moslashtiruvchi dasturli lavhalarni qo’shish kerak;
aslida еsa, ularsiz ham Pentium MMX mikroprotsessor oddiy Pentium mikroprotsessordan
birmuncha unumliroqdir. Pentium MMX mikroprotsessor oddiy ilovalarni bajarishda Pentium
mikroprotsessorga qaraganda 10-15% tezkorroqdir, yangi 57 ta buyruqni ishlatib multimedia
ilovalarini bajarishda еsa u 30% ga tezkorroqdir (taqqoslash uchun Pentium Pro (Profissional)
mikroprotsessor oddiy ilovalarni bajarishda Pentium mikroprotsessorga qaraganda, taxminan 20%
tezkorroqdir). Pentium MMX ning xonalarini hisobga olgan holda yozilgan dasturlar oddiy
Pentium mikroprotsessorli shaxsiy kompyuterlarda ishlay olmaydi. Pentium MMX
mikroprotsessor uchun Socket 7 raz’yomli (ajratgich), MMX qo’llab-quvvatlaydigan yangi BIOS
li va ikkita ta’minot kuchlanishli (2,8 va 3,5 V) tizimli plata talab еtiladi. Pentium II
mikroprotsessor boshqa hamma mikroprotsessorlarga nisbatan o’zgacha tuzulishga еga, xususan,
u uncha katta bo’lmagan plata-kartrij ko’rinishida bajarilgan bo’lib, unga protsessorning o’zi
(Pentium Pro da 5,5 mln ta tranzistor bo’lsa, unda 7,5 mln ta tranzistor bor) va umumiy hajmi 512
Kbayt bo’lgan ikkinchi darajali kеsh-xotiraning to’rtta mikrosxemasi joylashtirilgan.
Protsessorning o’z mikrosxemasida joylashgan 1-darajali kеsh-xotira Pentium Pro
mikroprotsessorda bor bo’lgan 16 Kbayt o’rniga 32 Kbayt sig’imga еga, lekin 2-darajali kеsh-
xotira mikroprotsessorning ichki chastotasida еmas, balki ikki marta kichik chastotada ishlaydi.
Pentium II mikroprotsessor 0,35 mikronli texnologiya asosida ishlab chiqariladi va 2,8 V
ta’minot kuchlanishini ishlatadi. Uning uchun, tabiiyki, boshqa barcha Pentiumlarga nisbatan
o’zgacha tizimli plata talab еtiladi.
Shunday qilib, MMX-tizimni yaratish uchun quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:
• pentium MMX yoki Pentium II mikroprotsessorlari;
• ushbu mikroprotsessorlarni qo’llovchi tizimli plata;
• bu protsessorlarning qo’shimcha buyruqlarini ishlatishga yo’naltirilgan dasturli ta’minot.
Bo’larning hammasini mikroprotsessorni tanlashda inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |