4-mavzu. Muloqot jarayoni. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari



Download 24,92 Kb.
bet3/3
Sana07.04.2022
Hajmi24,92 Kb.
#535162
1   2   3
Bog'liq
2 5355341326348981480

Muomala jarayonida so’zlashishdan oldin suhbatdoshingizning yuz-u ko’zidagi ifoda yoxud tabassumi siz uchun muhim. U qovog’ini solib gapirsa, o’sha sovuqlik sizgayam ko’chishi aniq, yoki aksincha. Tabassum ko’pgina muammolarning kaliti ekanini bilsak ham ba’zan amal qilmaymiz. Negadir xohlamaymiz. Ayniqsa, bizga birov biron bir xizmat yoki iltimos bilan kelsa, aftimizni burishtirib rahbarlik “viqori” yodimizga tushibmi qovog’imizni solib olamiz. O’zimiz sezmagan holda suhbatimiz ohangida kibru havo hukmronlik qila boshlaydi. Bu mulohazalar sizga erish tuyulmasligini bilaman. Hayotingiz mobaynida siz ham xuddi shunday sovuqqon bironta korxona yoki tashkilot rahbarchasiga uchragansiz. Undagi manmanlik yoxud sizga bo’lgan bepisandlikning guvohi bo’lgansiz. To’g’ri, kayfiyati yomon paytda kelibman, yuqori tashkilotlarning biridan dakki egan bo’lishi mumkin, deb o’zingizni ovutgan ham bo’lasiz. Lekin har qanday holatda ham ochiqyuzlilik, o’zbekona bag’rikenglik va mehridaryolik xalqimiz tabiatiga xosligini unutmaslik zarur. Ba’zan g’arbdagi behayolik va tanazzulga yuz tutayotgan jamiyat haqida gapiramiz.
Shogirdlarimdan bir nechtasi xorijdagi nufuzli o’quv yurtlarida o’z malakasini oshirib qaytishdi. Ular suhbat jarayonida ko’cha-ko’yda qovog’ini solib yurgan kishilarni kam uchratganini, o’zlarining tashvish-u muammolar bo’lsada, boshqalarga uning ta’siri bo’lmasin, deb tabassumli qiyofada yurishi va ish tutishlarini aytishdi. So’ngra qaytib kelganlarida, avtobusdagi ayrim kimsalarning baqir-chaqirig’i, telefonda baland ovozda gapirishlari erish tuyulganini aytishdi. Oilada, ishxonada ba’zan muammoli vaziyatlar tug’ilishi, asabbuzarliklarga yo’l qo’yilishini inkor qilmaymiz. Garchi, shunday bo’lsada, “shaytonga hay berib” sharqona muomala madaniyatini unutish yaramaydi. Qaerdadir eshitgandim. Bir yapon yigit ishxonasida ochiq chehra bilan ishga unnab, “navbatchi” tabassum bilan yurganmish. Shunda kasbdoshlaridan biri “tunov kuni otang dunyodan o’tgandi, shekilli, nimaga xomush emassan”, — desa, “vafot etgan mening otam, hamkasblarimnikimas, tushkun, xomush holatda yurib ularning qayg’umga hasratdosh, sherik bo’lishlarini istamayman” – deb javob bergan ekan.
Muloqot jarayonida muomalaning qanday yo’sinda bo’lishi yana nimalarga bog’liq deb o’ylaysiz? Gap so’zdami, ma’nodami, mazmundami yoki fikrdami?- degan savolga V.G.Belinskiy “yo’q, gap ohangda” — deya javob bergani bejiz emas. Birgina “salom” so’zini bir necha xil ohangda aytish mumkin. Pichirlab, baland ovozda, kesatish, piching ohangida, istehzo, kinoya bilan va hokazo. Shu orqali suhbatdoshingizning qanday qabul qilishini, qanday holatga tushishini bilib olishingiz mumkin. Chunki, ohangda munosabat, murojaat tarzi, antipatiya va simpatiya shundoqqina sezilib turadi.
Biron narsa borasida bahslashish ham muomala jarayonining muvozanatini buzishi mukin. Bilgan va bilmagan narsasi haqida ham gap talashishini xush ko’radiganlar bo’ladi. O’zini bilarmon va bo’larmon qilib ko’rsatadiganlar bilan bahslashish jiddiy konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatda sukutgina masalani bartaraf etishi mumkin. Hamma o’zini haq deb biladi. 
Muomala mayl, qiziqish, talab, ehtiyoj, manfaat, maqsadli harakatdan tug’iladi. Boshqacha aytganda, kommunikastiya vositalari yordamida insonni o’rganish va bilish demakdir. Muomala ma’no va mazmun jihatidan amallar omili, taomili demakdir. Shuning uchun ham amal, omil, muomala, taomil so’zlari bir o’zakdan yasalgan arabcha so’zlardir. Qadimda sharqda bolalarga biron narsa xarid qilishi uchun muayyan miqdorda pul berib, bozorga yuborib unga muomala qilish yo’llarining o’rgatilgani ham bejiz emas. Shirin muomala va mulozamat qo’rs, qo’pol harakatdan doim ustunlik qilgan. Muhimi, maqsadingizni, fikringizni ifoda etish yo’llarini bilishingiz muvaffaqiyatlaringiz garovidir. Shuning uchun ham “yo’lni bilish emas, yo’lini bilish muhim” degan ibora behuda aytilmagan. Jangda ham g’alabani ta’minlashda strategiya emas, taktika muhimligini inkor etib bo’lmaydi. Qachon, qaerda, qanday hujumga yoki himoyaga o’tishni bilish zafar qozonishning muhim omilidir. Ritorika usullari, mantiqiy mushohada, jestlar, mimika, tashqi ko’rinish, qo’yingki, hammasi muomala qobig’ida, xulqiy madaniyatingiz ko’rinishida aks etadi.
Shunday ekan, bolalarda nimani, kimga, qanday ifoda eta olish ko’nikmalarini shakllantirish ijtimoiy masala ekanini unutish yaramaydi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” – degan naql bejiz emas. Muomala madaniyatini farzand oiladan, avvalo, ota-onasi va barcha yaqinlaridan o’zi sezmagan holda o’zlashtira boradi. Tarbiya olgangina tarbiya bera oladi. Yoshlarning kamoloti, ma’naviyati, tarbiyasiga e’tiborsizlik yurtimiz istiqboliga, vatanimiz ravnaqiga befarqlikdir. Muomala, ta’lim, tarbiya tushunchalari o’zaro uyg’un bo’lib, bu ma’naviyat atalmish ummonda uyg’unlashadi. Shunday ekan, bularning yoshlarimiz ongu shuuriga qanday etib borishi har qachongidan ham muhimdir. Prezidentimizning “Ma’naviyat insonga ona suti, ota ibrati, ajdodlar o’giti bilan birga singadi” deyishlari bejiz emas. Yoshlarimizdagi faollik va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg’usi ham o’zaro muloqotdan, muomala madaniyatidan, narsa-hodisalarga to’g’ri baho berish va xolisona qarash hissini shakllantirishdan iborat.
Shekspirning ta’kidlashicha, hech bir narsa yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas – ular bizning narsalarga qanday qarashimizga bog’liqdir. Qarash esa shaxsiy manfaat, xudbinlik qobig’ida emas, balki, umumxalq manfaati nuqtai nazaridan bo’lishi maqsadga muvofiq. Yurt tinchligi, xalq farovonligi, ijtimoiy hamkorlik komil inson masalasiga borib bog’lanar ekan, demak, muomala madaniyatining uzviy bo’lagi xulq-atvorimiz ibratli bo’lishi kerak. Bolalar dunyoning barcha davlatlarida bir xil yig’laydilar, o’xshash, lekin ulg’aya boshlagach, har xil qiliqlar qilishadi, shubhasizki, bunga sabab, xulq, tarbiya va muomaladir.
Kishilararo ko’cha-ko’ydagi o’zaro muloqotdagi muomala bilan rahbar va xodimlar orasidagi muloqot madaniyati mas’uliyat hissi va majburiyat burchining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Aytish mumkinki, notiqlik, muomala madaniyati barcha kasblarning, san’atlarning asosida mavjud. O’z fikrini ommaga chiroyli tarzda, aniq va sodda tushuntira olish va ishontira bilishga bo’lgan harakat deyarli barcha soha, kasb egalarining tabiatida bor. Bu ularning doimiy orzusi hamdir. Mashina mexanizmlarni boshqarish uchun shu kasbga oid chuqur bilim, tajriba, layoqat, shijoat bo’lishining o’zi kifoya. Odamlar orqali ishni boshqarish, ularga rahbarlik qilish boshqa narsa. Shu xakda fikr yurita turib Sh. Razzoqov «Rahbarlik uchun maxsus bilimlar, ko’nikmalardan tashqari, odamlar bilan muomala qilish, qo’l ostidagilar bilan til topishish, topqirlik, hozirjavoblik, qaltis vaziyatlardan chiqa olish, vaziyatni baholash, eng asosiysi, har qanday mushkul vazifani qiyin vaziyatlarda ham uddalay oladigan ahil va jipslashgan jamoa tuzish qobiliyati mujassam bo’lishi lozim», — deb yozadi.

3. Nutq odobiga oid ma’lumotlar to’plash
Bu savol bo’yicha o’zingiz ishlaysiz…
Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish