“yom” (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bо‘ynida edi. Bu bekatlar bо‘ylab davlat ishlari bо‘yicha kо‘plab elchi, chopar, vakil va boshqalar о‘tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235 yildan boshlab hoqon farmoniga kо‘ra har bir yomning aloqa xizmati va harakati ikkita tuman aholisiga yuklatildi. “Yomlar bо‘yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi”,-deb yozgan edi tarixchi Rashididdin.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bо‘lishidan qat’iy nazar, umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mо‘g‘ullarning ichki xо‘jalik hayotni, savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida о‘z о‘rnini topmadi. Aksincha, zо‘rlik - pо‘pisaga qaramay, 1232 yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi barham topdi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mо‘g‘ul istilosidan sо‘ng pul zarb etish о‘z-о‘zidan tugagan edi. Natijada, tez orada butun Movarounnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.
Keyinchalik Munqaning о‘limidan sо‘ng Chig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin О‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bо‘ladi.
XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan mо‘g‘ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movarounnahrdagi Chig‘atoylar, Oltin О‘rda deyarli mustaqil qismlariga bо‘linib ketgan edi. Har bir ulus xoni о‘zini tamomila mustaqil sanab, payti kelganda qо‘shni uluslarga о‘lja uchun hujum ham qilib turar edilar
XIII asrning ikkinchi yarmi - XIV asrning birinchi yarmidagi xо‘jalik, iqtisodiy hayotdagi siljishlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, qolaversa Chig‘atoy mо‘g‘ullarining tobora о‘troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog‘liq binokorlik va me’morchilik yо‘lga qо‘yila boshlandi.
1333 yili Buxoroda bо‘lgan arab sayyohi ibn Battuta ushbu maqbaraga yuqori baho bergan edi. Shuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xо‘ja Ahmad maqbarasi, Qо‘hna Urganch (Gurganj)dagi Najmiddin Kubro va Tо‘rabekxonim maqbarasi, masjid va ikkita baland minoralar (minoraning hozirgacha saqlangan qismi 62 metrni tashkil etadi, minoralarning bittasi XX asr boshlarida qulab tushgan), Xо‘janddagi Duvaxon maqbarasi (keyinchalik vayron bо‘lgan) va boshqalarni tilga olib о‘tish mumkin. Qarshidagi buzilib ketgan saroy, Ma’sudbek hukmronligi davrida (1238-1289) Buxoroda barpo etilgan “Ma’sudiya”, “Xoniya” madrasalari va boshqalar tо‘g‘risida manbalarda ma’lumot berib о‘tiladi.
XIII asr - XIV asrning ikkinchi yarmida fors-tojik adabiyotida ayniqsa Jaloliddin Rumiy (1207-1272), Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293), Amir Xusrav Dehlaviylarning (1253-1325) о‘rni va mavqei kо‘tarilib, ular jahon adabiyoti olamiga keng taniladilar. Asli Balx shahridan bо‘lgan Rumiy 14 yoshligida о‘z oilasi bilan mо‘g‘ul bosqinidan qochib Kichik Osiyoning Kо‘niya sultonligiga borib qoladi. Kо‘niya, Halab, Damashqda tahsil olib, buyuk tasavvuf ilmi shoiri va faylasufi bо‘lib taniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |