3. Ergonomik usul. Bu usulda mexnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mexnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
4. Iqtisodiy usul. Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
Mehnat sharoitlari–ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
1. Guruh–sanitar-gigienik ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llaniladigan uskunalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
Sanitar-gigienik omillar:
a) yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);
b) mikroiqlim;
v) havo xarorati, S;
g) nisbiy namlik, %;
d) havo harakati tezligi, m/s;
e) havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m3;
j) mexanik tebranishlar:
tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);
shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);
ultratovush (shovqin kabi);
infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm);
radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);
atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);
kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.
2. Guruh–mehnat jarayoni bilan shartlanadigan psixo-fiziologik. Ushbu guruhdan faqat bir qismi miqdoriy baholanadi.
Psixofiziologik (mehnat) omillari:
a) jismoniy vazifa (kkal);
b) ish holati;
v) asab–psixologik–aqliy, asab–hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;
g) mehnat jarayonining bir xilligi;
d) mehnat va hordiq tartibi (rejimi):
smena ichi (tushlikka tanaffus);
sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);
yillik (ta’tilning davomiyligi);
3. Guruh–estetik omillar, ishlayotganlar tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.
Estetik omillar:
a) ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi, ish holatlari va mehnat harakatlarining uyg‘unligi;
b) jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi;
v) jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);
4. Guruh–mazkur mehnat jamoasida psixologik iqlimni xarakterlaydigan sotsial-psixologik omillar, miqdoriy baholanmaydi.
Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish
Baxtsiz xodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlab bulmaydi, bu faqat baxtsiz xodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‘la oladi. Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o‘rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Bu bog‘lanish grafik shaklida 4.1-rasmda kursatilgandek o‘zgaradi. Ya’ni ishchi ish boshlagandan keyin yarim soat davomida ish maromiga tushmagan va sozlanmagan xolatda bo‘ladi. Yarim soatdan keyin ish maromi muvofiqlashadi va bir me’yorda taxminan 3,5 soat davom etadi, so‘ngra yana pasayish boshlanadi. Baxtsiz hodisalarning yuz berishi xam xuddi shu grafik asosida borishi aniqlandi. 4 soat davomida ishchi charchashi xisobiga ish qobiliyati kamaysa, xuddi shu charchash xisobiga baxtsiz xodisalar xam vujudga keladi.
4.1-rasm. Ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish
Do'stlaringiz bilan baham: |