4-mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni musiqaviy asarlarni idrok etishga o`rgatish. Reja


Bolalarning musiqiy asarlarni tinglash va kuylash faoliyati haqida



Download 62,5 Kb.
bet2/3
Sana12.04.2022
Hajmi62,5 Kb.
#546160
1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU MUSIQA

2. Bolalarning musiqiy asarlarni tinglash va kuylash faoliyati haqida. Tarbiyalanuvchilarda kuylash malakalarini shakllantirish bevosita musiqiy eshitish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog'liq. Sof intonatsiyada kuylash, aniq idrok etib, tinglangan tovushni toza ijro etishdan iboratdir. Gohida musiqiy tovushlami to'g'ri idrok etadigan, biroq to'g'ri kuylay oimaydigan tarbiyalanuvchilar ham uchrab turadi. Guruhda turli xususiyat va odatlarga ega bolalar bo'lganligi tufayli, tarbiyachi barcha bolalarga mos keladigan usullami qo'llashi kerak. qo'shiq kuylashni o'rganayotganda sekin-asta takrorlash usullari bilan, unli va undosh tovushlami to'g'ri talaffuz qilgan holda, qo'shiq ritmini sanagan holda ko'zlangan maqsadga ehrishadilar. Bolalar ko'pincha tarbiyachiga taqlid qilishlarini hisobga oladigan bo'lsak, tarbiyachi tarbiyalanuvchilami kuylatishidan avval qo'shiqni o'zi ijro etib berishi lozim. Tarbiyachi kuylashjarayonida nafas, talaffuz, ansambl, soz ustida ish olib boradi. Buning uchun tarbiyalanuvchilami tarbiyachini qo'liga qarab, qo'shiqni barobar boshlash va barobar mgatishlarini nazorat qilib borish kerak. har qanday tovushni chkoyli, baqirmasdan, to'g'ri nafas olib, undoshlarga unli tovushlarni qo'shgan holda kuylash yaxshi natija beradi. Nafas olganda, «...xuddi gul,hidlagandek,» (N.Grodzenskaya) olish muhimdir. Tarbiyalanuvchilar nafaqat o'zlarini, balki, guruhdoshlarining ham kuylashini eshita olishlari kerak, qo'shiq kuylash jarayonida, musiqa tinglash jarayonida bo'lgani kabi, tarbiyalanuvchilarga musiqa savodidan ma'lumotlar berib boriladi,
Endi qisqacha qo'shiq o'rgatish jarayoniga to'xtalib o'tamiz.
Qo'shiq ijrosini ko'rsatib berish. Bolalarni o'rganladigan qo'shiq bilan, uning yaralish tarixi, ijodkorlari va qo'shiqning mazmuni bilan tanishtiriladi. Tarbiyachi o'zi mazkur qo'shiqni ijro etib beradi. Tarbiyachining ijrosi badiiy jihatdan yorqin va ifodali bo'lishi lozim. Agar tarbiyachi o'zi ijro etib bera olmasa, qo'shiqni magnit tasma yoki boshqa yozuvlar orqali ham eshittirish mumkin. Baribar tarbiyachi qo'shiqni o'rgatish jarayonida tarbiyalanuvchilarga qo'shiqni bo'laklarga bo'lib kuylab berishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun qo'shiq qanchalik kichik va sodda bo'lishiga qaramay, tarbiyachi uni yuqori saviyada ijro etib berishi muhimdir.
Qo'shiq haqida suhbat. qo'shiqning badiiy ahamiyatini aniqlash maqsadida tarbiyachi bolalarga qo'shiqning xarakteri, ifodaviyligi, dinamikasi va boshqalar haqida so'zlab beradi. Bu sinfdagi bolalarga ko'proq quvnoq, sho'x xaraktyerdagi qo'shiqlar yoqadi. Shuning uchun ularga g'amgin, qayg'uli qo'shiqlarni o'rgatish qiyinroq kechadi.
Qo'shiq so'zlari va ohangini o'rganish. Qo'shiqning qay darajada murakkabligiga qarab tarbiyachi uni so'zlarini alohida, kuyidan awalroq o'rgatadi. Biroq hadeb so'zlarga berilmay, uni iloji boricha kuy bilan hamohanglikda o'rgatish yaxshi natija beradi. Tarbiyachi qo'shiqni jumlalarga bo'lib o'rgatadi. Tarbiyalanuvchilar jumlalar haqida tushunchaga ega bo'ladilar. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga jumlalarning o'rtasida nafas olish mumkin emasligini tushuntiradi. Bu jarayonda musiqa savodiga murojaat qilish kerakli natijani beradi.
Ijro ifodaviyligi ustida ishlash. Qo'shiqni o'rganish jarayonining boshidan to oxirigacha ijroni ifodaviyligiga ahamiyat berish kerak. Ko'pchilik mutaxassislaming fikriga ko'ra, tarbiyalanuvchilar qo'shiqning so'zlari bilan kuyini to'liq o'zlashtirib bo'lganlaridan so'ngina ifodaviylikka erishish mumkin, ekan. Bu holda tarbiyalanuvchilar o'z diqqatlarini so'zlarni va kuyini qanday kuylashga emas, balki qo'shiqning mazmunini ochib berishga qaratadilar. Ifodali kuylashni tarbiyachining asaring kompozitori va shoiri, uning yaralish tarixi hamda tarbiyaviy ahamiyati haqidagi kirish so'zi ham ta'minlab beradi.Yuqoridagi bo'limlardan ko'rib turibmizki, musiqa savodi barcha faoliyatlami birlashtimvchi va tarbiyalanuvchilaming ijodkorligini, ijro mahoratini oshimvchi jarayondir. Shuning uchun bujarayonni alohida mustaqil faoliyat sifatida ko'rib bo'lmaydi.
Tarbiyalanuvchida musiqa savodi jarayonini hamma tarbiyachilar har xil mavzularni o'rgatishdan boshlaydi. Kimdir tovushlar harakatidan, kimdir tovushlar balandligi, uzunligi va boshqalardan boshlaydi. Ayrim tarbiyachilar musiqa savodi jarayonini musiqiy registrlarni o'rgatishdan boshlaydi. qanday mavzudan boshlashidan qati' nazar tarbiyachi musiqa savodini boshqa faoliyatlar bilan uzviy bog'lashi kerak. Kuylashda tovushlar harakati, balandligi, cho'zimi haqida tushuntirsa, tinglashda ritm, metr, dinamika, o'lchov va boshqalar haqida ma'lumot beradi. Bolalarga tovushlar harakatini qo'l yordamida tushuntirish ham yaxshi natija beradi. Ularga beshta barmoqlarimizni nota chiziqlariga qiyoslab notalar joylashuvini o'rgatishmumkin.Muhimi tarbiyalanuvchilar «yuqori»ga va «pastga» harakatlanish tushunchalarini to'liq o'zlashtirishlari lozim. Buni amalga oshirishga «zinapoya» yordam beradi. Tarbiyalanuvchilar zinapoya yordamida tovushlami pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga bemalol kuylay oladilar. O'quv dasturiga ko'ra tarbiyalanuvchilari tovushlar nomi, uzunligi, balandligi, ritmi, metr tushunchalarini, nota yozuvi haqida tushunchalami egallashlari kerak. Tashkilotga kelgan bolalar uchun bu biroz murakkab bo'Isada, mahoratli tarbiyachi bu vazifalami bemalol uddalay oladi. Birinchi darslardanoq nota yozuvi va unda notalar joylashuvini sekin-asta o'rgatilib, kuylatib borilsa, bu vazifalar hech qanday qiyinchilik uyg'otmaydi.
Tovushlar balandligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi:

  • baland, past va o'rta tovushlar - registr haqida tushunchalar berish;

  • bir xil balandlikdagi tovushni yuqoriga va pastga harakati haqida tushuncha berish;

  • bosqichma-bosqich harakat (zinapoya);

  • har xil balandlikdagi tovushlar turlicha nomlanadi: do,re,mi...;

  • tugullanganlik va tugallanmaganlik (turg'un va noturg'un) va tonika tushunchalari beriladi;

  • tanish bo'lgan kuylar orqali major va minor ladlari haqida tushunchalar beriladi.

Yuqoridagi barcha beriladigan tushunchalar darsdagi musiqiy faoliyatlar jarayonida mustahkamlanib boriladi.
Tovushlar uzunligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi:
uzun va qisqa tovushlar qarama-qarshi ohangda beriladi;
eng ko'p qo'llaniladigan uzunliklar chorak va nimchorak notalar har xil sharii bo'g'inlar, qarsaklar orqali tushuntiriladi.

Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish