4-mavzu. KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI
4.1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyat va ahamiyati
4.2.Asosiy fondlar amortizatsiyasi va yemirilishi
4.3.Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari
4.4.Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash
yo’nalishlari
1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyat va ahamiyati
Asosiy va aylanma fondlar korxona, tarmoq va butun milliy iktisodiyotining ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish fondlarining asosiy va aylanma fondlarga bo’linishi asosida ishlab chiqarish vositalarining mehnat vositalariga hamda mehnat buyumlariga bo’linishi va ularning ishlab chiqarish jarayonlarida turlicha qatnashuvi yotadi. Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi quyidagi jadvalda keltirilgan.
4.1- jadval
Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi
Farqlovchi belgilar
|
Asosiy fondlar
|
Aylanma fondlar
|
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish turi
|
Mehnat vositasi sifatida
|
Mehnat buyumlari sifatida
|
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish xususiyati
|
Ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta qatnashadi
|
Ishlab chiqarish-ning har bir yangi tsiklida to’la iste’-mol qilinadi (bir
marta qatnashadi)
|
Tayyor mahsulotga qiy-matini o’tkazish usuli
|
Tayyor mah-sulotga butun xizmat muddati davomida yemirilgan qiymatini ayrim qismlarga bo’lib o’tkazadi
|
Tayyor mahsulotga o’z qiymatini to’la va bir yo’la o’tkazadi
|
Natural shaklining o’zgarishi
|
Xizmat muddatining oxiri-gacha o’z natu-ral shaklini saq-lab qoladi
|
Natural shaklini saqlab qolmaydi.
O’zining jismoniy shaklini, ko’pincha moddiy tarkibini ham bir yo’la o’zgartiradi
|
Sanoatning asosiy fondlari mehnat vositalari bo’lib, ular ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta qatnashadi va sekin-asta yemirilgan sayin o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib boradi hamda o’z natural shaklini saqlab qoladi. Xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan mehnat vositalari asosiy fondlarga kiritilmaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini tayyor mahsulotga to’la-to’kis o’tkazadi hamda o’zining moddiy shaklini batamom o’zgartiradi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o’zining natural moddiy xolatini yo’kotmaydi xamda o’z qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotlarga qismlab o’tqazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotga o’tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to’plangan mablag’lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |