Computer animation — bu, displey ekranida tasvirlarning «jonlanishi» , kompyuterdagi dinamik tasvirlarning sintezidir. ( «Anglo-russkiy slovar po vo’chislitelnoy texnike» p/r Ye.K. Maslovskogo).
Grafik dasturlarda odatda kuyidagi ketma-ketlikda ish olib boriladi:
Yangi faylni yaratish yoki mavjud faylni ochish.
Obyekt yoki muxitni belgilash. Bu asbob va effektlarni tasvirlarning hammasiga emas, balki zarur, kerakligiga qo’llashni bildiradi.
Effektlarni joylashtirish yoki asboblarni grafik shaklda panelda aktivlashtirish.
Belgilashni olib tashlash.
Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi.U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va Yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanib ish ko’radi, rivojlanadi vat obora qo’llanilish sohasini kengaytira boradi.U hatto shu dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi.Kompyuter grafikasi ning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi )imkoniyatini yaratdi.Shu sababdan hozirda shunday Amaliy dasturlar paketlari yaratildiki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrlarini bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin, bu esa o’z navbatida jadvallar ko’rinishidagi ish uslub va vositalarining o’zgacha tusda bo’la olish imkoniyatidir.
Kompyuter grafikasining qo’llanilish sohasi juda keng va xilma-xildir. U nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachi-lari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang-barang, suratli adabiyotlar , o’quv qo’llanmalari va badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalana olish imkonini bermoqda. Hozir, o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarning qay darajada obyektiv ekanligini quyidagi tahlillar isbotlaydi:
Ikki o’lchovli animasiyalar:
Animator Pro
Animation Works Interactive
Animo
Elastic Reality
Modellashtirish: (2D va 3D)
AutoCAD
Sketch!, Ray Dream Designer, MacroModel, FormZ, Crystal 3D Designer
SGIda modellashtirish (2d va 3d): designer, studio va autostudio
Uch o’lchovli animasiyalar:
Uch o’lchovli realistik tasvirlarni yaratish texnologiyasi
3D Studio va 3D Studio MAX
trueSpace, Prisms, Three-D, RenderMan, Crystal Topas
Electric Image, SoftImage
Macintosh uchun Infini-D
LightWave 3D, SoftImage 3D va Media Studio na SGI
SGI tilidagi PowerAnimator
Do'stlaringiz bilan baham: |