Rastirli tasvirlar va ularning asosiy xarakteristikalari. Rastr -bu juda kichik yuzaga ega bo’lgan geometrik figuralar (piksellardan), masalan kvadratchalardan tuzilgan matrisa. Har bir piksel o’z rangiga ega bo’lishi mumkin. Turli ranglarga ega bo’lgan rastrlar to’plami tasvirni tashqil etadi. Tasvir ko’rsatilayotgan sirtda piksellarni joylashishiga nisbatan rastrlar turli tiplarga bo’linadi: kvadrat, to’rt burchak, doira, geksigonal va shu kabilar. Piksellar joylashishini tasvirlash uchun turli xil koordinata tizimlaridan foydalaniladi. Bu tizimlarni hammasi uchun umumiy bo’lgan xossa, ularda piksel koordinatalarining diskret qiymatlar qatoridan (butun son bo’lmasligi mumkin) tashqil topgandir. Ko’p hollarda butun sonlar koordinatasidan foydalaniladi. Bunda piksellarning boshlang’ich koordinatasi chap tomondagi yuqori burchakdan boshlanadi.
Rastning geometrik xarakteristikalari quyidagilardan iborat:
Ruxsat berilgan xatolik;
O’lcham;
Piksel shakli.
Rastrda ruxsat berilgan xatolik o’zaro qo’shni (yonma-yon) joylashgan piksellar orasidagi masofa bilan xarakterlanadi. Ruxsat berilgan xatolik bir birlik uzunlikdagi piksellar soni bilan o’lchanadi. Eng ko’p tarqalgan o’lchov birligi bo’lib, dpi (dots per inch) xizmat qiladi. U bir dyuym (25,4 mm) uzunlikdagi piksellar soni. Piksellar o’lchami bilan qadamning kattaligini tenglashtirib bo’lmaydi. Pikselning o’lchami qadamning kattaligiga teng. Undan kichik yoki katta bo’lishi mumkin.
Rastrning o’lchami odatda gorizontal va vertikal o’klar bo’yicha joylashgan piksellar soni bilan aniqlanadi. Shuni ta’kidlab aytish mumkinki, xar ikki uklar uchun bir xil qadamli (ya’ni, dpiX qdpiY) rastr kompyuter grafikasi uchun juda qulay. Bu ayniqsa grafik obyektlarni chiqarish algoritmlari uchun qulay. Aks holda muammo paydo bo’ladi.
Rastr piksellarining shakli tasvirni chiqarish qurilmasining xususiyatlari bilan aniqlanadi. Masalan, piksellar quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
1. Kvadrat (yoki to’g’ri turtburchak shaklidagi piksellar). Ular o’lchami bo’yicha rastr qadamiga teng (suyuq kristalli displeyda).
2. Doira shaklidagi piksellar. Ular o’lchami bo’yicha rastr qadamiga teng bo’lmasligi mumkin (printerlar).
Ranglar soni (rang chukurligi) ham rastrning eng muxim xarakteristi-kalaridan biri. Ranglar soni faqat rastrli tasvir uchun emas. Balki xar kanday tasvir uchun ham muhim xarakteristika hisoblanadi
Xozir kunda grafik dasturlar soni juda ko’p bo’lib ular ishlash prinsipiga ko’raxar xil grafikada ishlashi mumkin.Masalan: Rastrli grafika bilan ishlovchi dasturlar Paint, Adobe Photoshop, CorelPhotoPaint va boshk. – bunda xar bir tasvir nuqta, piksel asosida quriladi. Bu dasturlar yordamida yaratilgan fayllar *.bmp, *.jpg, *.psd, *.tif va boshk. formatlarida saqlanishi mumkin. Bu turdagi fayllar ranglari yorqinligining juda sifatliligi bilan ajralib turadi, ularning kamchi-ligi sifatida esa tasvirni kattalashtirish bilan uning sifati yo’qolib borishini va xotiradan ko’p joy egallashligini aytib o’tish lozim. Shuning uchun ko’pincha ulardan tayyor rasmlarni qayta ishlashda foydalanish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |