MS Access 2010 ishga tushirilsa, quyidagi oyna ochiladi.
Agar yangi MB yaratilayotgan bo‘lsa Новая база данных tanlanib Создать tugmasi bosiladi. So‘ngra MOni saqlash uchun joy tanlash va MOga nom kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi ochiladi. Odatda yangi MOga MS Access 2010 tomonidan Database1 nomi tavsiya etiladi. Lekin siz o‘z xoxishingizga ko‘ra nom berishingiz mumkin.
MS Access 2010 oynasi ko‘rinishi oddiy va sodda bo‘lib, unda professional darajadagi ma’lumotlar bazasi yaratishga kerak bo‘ladigan barcha vosita (instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida besh guruhga bo‘lingan vkladkalar mavjud bo‘lib, ular: Файл, Главная, Создание, Внешние данные, Работа с базами данных deb ataladi. MS Access bosh oynasining ish sohasida, yangi jadval yaratish uchun odatiy qabul qilingan Таблица1 nomli jadvalning Kod deb atalgan Schetchik turidagi maydoni va yangi maydon kiritish uchun mo‘ljallangan sariq rangdagi fonda Шелкните для добавления degan yozuvi bo‘lgan maydon joylashgan bo‘ladi.
Jadvallar yaratish
Таблицы - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obekti bo‘lib, u ikki o‘lchovli jadval shakliga ega.
Jadvallar yaratishning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, birinchisi – Режим таблицы (jadval rejimi) deb ataladi. Bu usulda ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali jadval yaratiladi.
Щелкните для добавления degan yozuvni sichqoncha bilan tanlansa, quyi dagi ko‘rinish hosil bo‘ladi.
Shu maydonga qaysi turdagi ma’lumot kiritiladigan bo‘lsa shu tur nomini tanlash kerak. So‘ngra shu maydonga nom kiritilishi so‘raladi. Navbatdagi maydonlar xam shu kabi yaratilib, ularga bevosita ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Bu usulda barcha yaratiladigan maydonlar xossalarini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyati cheklangan.
Jadval yaratishning ikkinchi usuli – Конструктор deb ataladi. Jadval rejimidan konstruktor rejimiga o‘tish uchun Fayl vkladkasi tagida joylashgan Режимидан конструктор tanlanadi. Agar jadval yangi yaratilayotgan bo‘lsa, u holda quyidagi kabi jadvalni saqlab qoyis’h uchun uning nomini kiritish oynasi ochiladi.
Shu oynada Таблица1 o‘rniga yangi nom kiritib OK tugmasini bosiladi.
Bu yerda Имя поля deb atalgan ustunning xar bir qatoriga jadvalda ishlatiladigan maydon nomlari kiritiladi va Тип данных nomli ustunda esa shu maydonlarga mos ma’lumot turlari tanlanadi. Masalan: maydonga Фамилия degan nom kiritildi va uning qabul qiladigan qiymatlari, ya’ni turi sifatida Текстовий (matnli) tanlandi.
Jadvalni saqlanadi.
Jadvalni to’ldiriladi va saqlab Ctrl+W tugmalari bilan oynani yopiladi.
«Создание» bo’limidan «Таблица» bandini tanlanadi. Таблица1 hosil bo‘ladi.
Ushbu jadvalga ham “Fakultet” nomli jadvalni yaratishda bajarilgan amallarni takrorlab, jadvalni “Yonalishlar” deb nomlang. Jadval maydonlari nomi va tipini kiriting. Fakultet maydoni tipini kiritilayotganda avvalgi yaratilgan Fakultet jadvajiga bog’lab qo’ying. Buning uchun Jadvalning maydon tipidan Мастер подстановок ni tanlanadi.
Yonalishlar jadvalini to’ldirib saqlanadi va oynani yopiladi.
Yuqoridagi jadvallarni yaratishdagi amallarni takrorlab, Kafedra nomli jadval yaratiladi.
O‘qituvchilar nomli jadval yaratiladi.
Talaba nomli jadval yaratiladi.
Работа с базами данных bo‘limidan Схема данных bandini tanlanadi.
Схема данных oynasida yaratilgan jadvallarni asos jadvallarni quyilariga bog‘lab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |