4-mavzu. Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi. Reja



Download 74,58 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi74,58 Kb.
#952345
Bog'liq
JISMONIY SIFATLARNI (KUCH, TEZKORLIK, CHAQQONLIK, EGILUVCHANLIK, CHIDAMLILIK) TARBIYALASH METODIKASI.


4-MAVZU. JISMONIY SIFATLARNI (KUCH, TEZKORLIK, CHAQQONLIK, EGILUVCHANLIK, CHIDAMLILIK) TARBIYALASH METODIKASI.
Reja:
1. Jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishi asosidagi tug‘ma (nasliy) qobiliyatlar.
2. Konditsion va koordinatsion jismoniy qobiliyatlar.
3. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va ularning xususiyati.
4. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy tamoyillari va ularning xususiyati.

\
Tayanch so‘zlar: jismoniy sifatlar, jismoniy qobiliyatlar, tug‘ma qobiliyatlar, konditsion va koordinatsion jismoniy qobiliyat, asosiy qonuniyatlar, asosiy tamoyillar.


Jismoniy sifatlar (qobiliyatlar) – bu biron-bir mushak faoliyati turi talablariga javob beradigan va uning bajarilishi samaradorligini ta’minlaydigan, insonning morfologik va ruhiy-fiziologik xususiyatlari majmuasidir.


Har bir kishida jismoniy qobiliyatlar turli xil rivojlangan. Jismoniy qobiliyatlarning turli xil rivojlanishi asosida quyidagi tug‘ma (nasliy) qobiliyatlar yotadi:
1. Miya va asab tizimining anatomik va morfologik xususiyatlari (asab jarayonlarining xususiyatlari – kuchi, harakatchanligi, vazminligi, miya qobig‘i tuzilishining o‘ziga xos variantlari va h.k.);
2. Fiziologik xususiyatlar (yurak-qon tomir va nafas olish tizimining xususiyatlari – kislorodni maksimal iste’mol qilish, periferik qon aylanish ko‘rsatgichlari va h.k.);
3. Biologik xususiyatlar (biologik oksidlanish, moddalar almashinuvi, mushaklar qisqarishining energetikasi va h.k. larning xususiyatlari);
4. Jismoniy xususiyatlar (tana va qo‘l-oyoqlarning uzunligi, tana vazni, mushak va yog‘ to‘qimalarning vazni va h.k.);
5. Xromosom xususiyatlar (genlar);
6. Psixodinamik xususiyatlar (temperament, xarakter, ruhiy jarayonlarning boshqaruvi va o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlari).
Konditsion jismoniy qobiliyatlar bo‘lib quyidagi sifatlar hisoblanadi:
1. Kuch qobiliyati;
2. Chidamlilik qobiliyati;
3. Tezkorlik qobiliyati;
4. Egiluvchanlik qobiliyati.
Asosiy spetsifik koordinatsion qobiliyatlar quyidagilardir:
1. Muvozanatni saqlashga bo‘lgan qobiliyat;
2. Oriyentir olishga bo‘lgan qobiliyat;
3. Ta’sirlanishga bo‘lgan qobiliyat;
4. Harakat ko‘rsatgichlarini differensiatsiyalashga bo‘lgan qobiliyat;
5. Ritmga bo‘lgan qobiliyat;
6. Qayta sozlanishga bo‘lgan qobiliyat;
7. Vestibo‘lyar barqarorlikga bo‘lgan qobiliyat;
8. Mushaklarni ixtiyoriy bo‘shashtirishga bo‘lgan qobiliyat;
9. Muvofiqlashtirishga (aloqani) bo‘lgan qobiliyat.
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va ularning xususiyati quyidagilardan iborat.
Harakat – jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining yetakchi omili - harakat -turli darajadagi tirik obyektlar to‘zilmasiga xos xususiyatdir. Harakat faolligi insonning psixofiziologik tabiatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Qobiliyatlar rivojlanishining harakat faoliyati rejimiga bog‘liqligi - jismoniy qobiliyatlar nafaqat ularning namoyon bo‘lishini, balkim ularni bajarishning aniq rejimini talab qiladigan faoliyat jarayonida rivojlanadi. Harakat faoliyatining rejimi – bu bir mashg‘ulot yoki mashg‘ulotlar tizimi ramkalarida, biron-bir jismoniy mashqlarni bajarish va ular orasida dam olish intervallari bilan bog‘liq, ishni navbatlashning aniq o‘rnatilgan
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichliligi - mazkur qonuniyat shuni belgilaydiki, bir xil yuklamalarni bajarish davomida qobiliyatlar rivojlanish samaradorligi pasayadi.
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining doimiy yuqori darajada bo‘lishiga erishish uchun, yuklama mazmunini, uni bajarish shartlarini o‘zgartirib turish lozim.

Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bir maromda kechmasligi va geteroxronligi (bir vaqtda kechmasligi) - bu qonuniyat shuni e’tirof etadiki, organizmning biologik yetilishi jarayonida, ayrim organlar va to‘zilmalarda, miqdoriy va sifatli, shiddatli davriy o‘zgarishlar kuzatiladi. Agar mana shu davrda pedagogik ta’sir ko‘rsatilsa, muvofiq harakat qobiliyatlarining rivojlanish samarasi, nisbatan barqaror davrda erishiladigan natijalardan sezilarli darajada yuqoriroq bo‘ladi. Jismoniy madaniyat nazariyasida bunday davrlar sensitiv (ta’sirchan) davrlar deb nomlanadi.


Jismoniy qobiliyatlar rivojlanganlik ko‘rsatgichining qaytariluvchanligi - tizimli ravishda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish natijasida erishiladigan funksional va to‘zilmaviy o‘zgarishlar qaytariluvchandir, ular teskari, qayta rivojlanishi mumkin. Mashg‘ulotlar o‘rtasida nisbatan uncha katta bo‘lmagan tanaffus bo‘lsa bas, funksional imkoniyatlar darajasining pasayishi, to‘zilmaviy alomatlarning regressi va natijada jismoniy imkoniyatlar rivojlanishi ko‘rsatgichlarida susayish vujudga keladi.
Jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi - mazkur qonuniyat bir necha jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining darajalari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni ta’kidlaydi. Jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi – bu shunday jarayonki, bir qobiliyat rivojlanganlik darajasining o‘zgarishi, boshqa qobiliyat rivojlanganlik darajasining o‘zgarishiga olib keladi.
Harakat malakalari va jismoniy qobiliyatlarning yaxlitligi va o‘zaro bog‘liqligi - jismoniy qobiliyatlar faoliyat jarayonida namoyon bo‘lib, harakat malaka va ko‘nikmalari jismoniy qobiliyatlardan ajralmaydi va ular yaxlitdir. Inson u yoki bu harakat amalini o‘zlashtirganligi va muvofiq jismoniy qobiliyatlarning muvaffaqiyatli amalga oshishi bir-biriga bog‘liq jarayondir.tartibidir.
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy tamoyillari va ularning xususiyati quyidagilardan iborat:
Pedagogik ta’sirning doimiyligi tamoyili - bu tamoyil jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishi uchun doimiy jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish zarurligini ko‘zda tutadi. Bir mashg‘ulot davomida va qayta-qayta bajariladigan mashg‘ulotlarda ko‘p marotaba bajariladigan harakat amallari natijasida, inson organizmida muvofiq samarani ta’riflaydigan funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Pedagogik ta’sir samarasining rivojlanishi va adaptatsion jihatdan so‘nggi nuqtagacha oshirib borish tamoyili - ushbu tamoyil jismoniy qobiliyatlarning bosqichliligi va bir maromda kechmasligi qonuniyatlariga asoslangan (boshqa so‘z bilan aytganda asta-sekinlik va haddan tashqarilik). Asta-sekinlik yuklamalarning bir mashg‘ulot yoki bir necha mashg‘ulotlar davomida ravon oshib borishini bildirib, organizmning mashg‘ulotlarga moslashishini yengillashtiradi, mashg‘ulotlar keltirib chiqargan adaptatsion o‘zgarishlarning chuqurlashishiga va mustahkamlashishiga ko‘maklashadi, bu orqali yangi va yuqori darajadagi yuklamalarga o‘tish uchun dastlabki sharoitlarni yaratadi.
Turli xil xususiyatga ega pedagogik ta’sirlarni ratsional biriktirish va vaqtda taqsimlash tamoyili - bu tamoyil bir mashg‘ulot ichida yoki bir necha mashg‘ulotlar seriyasi ramkasida oqilona asoslangan, o‘zaro aloqasi va amalga oshirish tartibi maqsadga muvofiq bo‘lgan, ko‘rsatgichi har xil yuklamalar bo‘lishini talab etadi.
Bu tamoyilni amalga oshirishda jismoniy qobiliyatlarning “ko‘chishi”, yuklama va dam olishni navbatlash asosida yotgan qonuniyatlarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
Ta’sirning maqsadga yo‘naltirilganligi va adaptiv mosligi tamoyili - jismoniy qobiliyatlarning shakllanishi va takomillashishi asosida insonning harakat faoliyati sharoitlariga uzoq muddatli moslashish mexanizmi yotadi. Yuklama ta’siri ostida bioqimyoviy, morfologik, fiziologik varuhiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, aniq bir rivojlantiruvchi samarani keltirib chiqaradi.
Pedagogik ta’sirning yoshga mosligi tamoyili - bu tamoyil pedagogdan shug‘ullanuvchining qobiliyatlarini shakllantirish uchun, ularning tabiiy o‘zgarayotgan ontogenez davrlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishini talab qiladi. U yoki bu jismoniy qobiliyatlarni shakllantirish uchun keskin o‘zgaruvchan (sensitiv) davrlarni bilish, ularning rivojlanish darajasiga yo‘nalgan va samarali tarzda ta’sir etishga imkon beradi.
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining o‘zib ketuvchi ta’siri tamoyili - ushbu tamoyilning mohiyati quyidagidan iborat: jismoniy qobiliyatlarni doimiy rivojlantirish uchun, tashqi ta’sirlar (vositalar, metodlar va shakllar) aniq bir qobiliyatning ichki rivojlanishidan o‘zishi lozim. Agar ana shunday muvofiqlik bo‘lmasa, qobiliyatlar rivojlanishida to‘xtash, turg‘unlik (“plato”) vujudga keladi. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishida “plato” shablonli uslubiyat, o‘zib ketuvchi muvofiqlik tamoyilining bo‘zilishi va qobiliyatlar rivojlanishidan, metodik usullarni qo‘llash ortda qolgani natijasida vujudga keladi.
Bog‘langan ta’sir tamoyili - bu tamoyil jismoniy qobiliyatlar rivojlanishi jarayoni va harakat ko‘nikmalarining o‘zaro ta’siri va ularni boshqarish imkoniyatlariga asoslangan. Ushbu tamoyilga ko‘ra trenirovka ta’siri nafaqat zaruriy qobiliyatlarni rivojlantirishga muvofiq bo‘lishi, shu bilan birga aniq mashqning harakat to‘zilmasida qo‘llay bilish malakasiga ega qilishi lozim.
Nazorat savollari
1. “Jismoniy qobiliyat”, “Jismoniy sifat» tushunchalariga ta’rif bering.
2. “Jismoniy qobiliyat”, “Jismoniy sifat» tushunchalari mohiyatini ochib bering.
3. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish qanday tug‘ma qobiliyatlar asosida amalga oshiriladi?
4. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlanishida asosiy qonuniyatlarni sanab o‘ting.
5. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlanishida qaysi omillar yetakchi hisoblanadi?
6. Sensitiv davrlarga ta’rif bering.
7. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlanishining asosiy tamoyillarini sanab o‘ting.
8. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashni ta’riflang.
Har qaysi individ tashqi ta’sir yoki qarshilikni yengish uchun o‘z jismidagi ma’lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi taosirga qarshi muskul zo‘riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabo‘l qilingan. Shug‘ullanuvchi mashg‘ulot paytida o‘z tanasi tinch turganholdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o‘z tanasiniharakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko‘tarishga intilsa, ayrimhollarda uning teskarisi, tananing o‘zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch taosir etishi bilan uning statitikholatini bo‘zib o‘z gavdasini oldingi (dastlabki)holatini ushlab turishga o‘rinadi. Bokschining raqibi mushti-ning zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo‘laklarini egishga dosh berishi tanaholatini o‘zgartirmaslik orqali ro‘y beradi. Bunda shug‘ullanuvchi va uning raqibi ma’lum darajada qarshiliklarni, og‘irliklarni yengish va ko‘tarishda ma’lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o‘zining aniq ta’rifiga ega bo‘lishi va farqlanishi lozim:
1) harakatning mexaniq xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining ta’siri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg‘ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportchi kuchini sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ko‘p bo‘lishi...» vah.k.).
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo‘riqishi-ning boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi inson-ning kuchini namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Ruhiy ozuqa olishi va harakatni ma’lum tizimda bajarish markaziyhamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullar-ning o‘z xizmatiholatiga bog‘liq. Umuman, muskul tarangligi – zo‘riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;
1) markazdan muskullarga kelayotgan qo‘zg‘alishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bo‘lsa, muskul shunchalik zo‘r darajada o‘zining tarangligini oshiradi) ko‘ra;
2) zo‘riqishga qo‘shilganharakat birligining soni bilan;
3) muskulning qo‘zg‘aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miqdoriga qarab.
Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo‘riqadi:
a) o‘zining uzunligini o‘zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turlichaholatlarda (pozalar)da ushlash vah.k. lar bilan;
b) muskul uzunligini kamayishigahisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zo‘riqish birday – o‘zgarmay turadi, bunday rejim siklik va balastikharakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo‘ladi;
v) muskulni cho‘zish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo‘sh kelish-pliometrik) kuch yuzaga keladi. O‘tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo‘ladi.
Bardosh berish bilan, yon berish, bo‘shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabo‘l qilingan.
Shunday qilib bunday sharoitlarda maksimal kuchni ko‘lami turlicha qayd qilingan kuch namoyon qilishning asosiy xillari kuch qobiliyatining klassifikatsiyasi sifatida qabo‘l qilingan.
Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo‘riqishi tartibining kombinatsiyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilganharakatlarda namoyon bo‘ladigan shaxsiy-kuch qobiliyatlari va tezlik-kuchihisobiga sodir bo‘ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladiganharakatlarda qo‘llaniladi. Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi debham ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko‘p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sak-rashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo‘ladi.
Muskulning o‘ta zo‘riqishini optimal yo‘nalishi. Muskul kuchi belgilangan faoliyatning yo‘nalishiga iloji boricha yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza uloqtirishda zo‘r berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa, sarf-langan kuch samarasiz bo‘ladi, nayza mo‘ljallangan trayektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing og‘ishi 54 va 72 gradusli burchakhosil qilgandan so‘ng startdan chiqishning samarasi turlicha bo‘ladi. hisoblashlar ko‘rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal yo‘nalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi Samara-dorli 105,80 kg bo‘lishi mumkin. Harakat tezligini oshirish, gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch taosir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo‘lsa, tanani fazoda tezlanishi shunchalik qisqa vaqt ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi. Buning uchun kuch anchagina vaqt ichida taosir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim va katta kuch bilan taosir etish foydalidir. Oyoqning to‘pga tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho‘zib to‘p oralig‘idagi masofa uzaytirilib oyoq kafti-ning to‘pga tegish tezligi oshirilsa, to‘pning zarbi kuchayadi. Yo‘lning chegaralanishi tezlikni kuchayishini susaytiradi.
Kuchning ta’sir etish vaqti qanchalik oz bo‘lsa, harakat tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Gavda qiya chiziq bo‘ylab tezlik oladigan bo‘lsa shuncha ko‘p taosir kuchi kerak bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat tezligi uchun qiya chiziq bo‘ylab harakat tezligiga nisbatan taosir kuchi oz talab qilinadi.
Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi. Bu qoida Npyutonning ikkita (inersiya va tezlanish) qonunidan kelib chiqadi. Eng katta kuchharakatni boshlash uchun, tinch (turg‘un) inersiyani yengish uchun kerak bo‘ladi.
Masalan, shtangani ko‘krakka olishgaharakat boshlash uchun oyoqning va yelkaning orqa muskullaridan, ularning kuchidan foydalaniladi. Chunki uni to‘xtatish yoki tinch turgan jism enersiyasini ozgina bo‘lsada, o‘zgartirish uchun yana qo‘shimcha zo‘riqish talab qilinadi. Aslida bu zo‘riqishdan mashq tezli-gini yanada oshirishda samarali foydalansa bular ekan.
Mabodo yadro turtishning qaysidir joyidaharakatning ozgina sekinlashtirilishi yoki ushlanishiga yo‘l qo‘yilsa, oldingiharakatning foydali effektidan mahrum bo‘lib qolish mumkin.
Harakatlarning uzluksizligi va davomiyligi texnik tayyorgarligi yuqori bo‘lgan sportchilarda, ayniqsa uloqtirish, sakrash, suzishning barcha turlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi vaharakat samarasiga taosir qiladi.
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor – muskul zo‘riqishi, lekin uning tanasining massasi (vazni)ham ma’lum darajada rolp o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, absolyut va nisbiy kuch debham farqlanadi.
Birinchisida insonning tanasi vazninihisobiga olmay, qandaydir birharakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, ikkinchisida, uning tana vaznininghar bir kilogrammiga to‘g‘ri keladigan qilib namoyon qilinadigan kuchning meyori tushuniladi.
Kuchni o‘lchash.Absolyutkuch inson dinamometriyasi ko‘rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko‘tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og‘irligiga) nisbati bilan o‘lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug‘ullanganlikka ega bo‘lganlarda absolyut kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo‘shilishi bilan uning og‘irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuchhisobigagina qo‘lga kiritiladi. Qaysiki tana vazni chegaralanadigan, vaznhisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko‘p marotalab o‘rni almashtirilib turiladigan sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo‘lga kiritiladi. Kuchning namoyon bo‘lishiharakatning biomexaniq sharoitiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan: yelka suyagining va boshqa gavda richagining uzunligi, muskullarning fiziologik-yo‘g‘on yoki ingichgaligi, cho‘ziluvchanligi, chayir yoki mo‘rtligi vah.k. larida eotiborga olinadi.
Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari. Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:
1. Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qar-shilik sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshi-ligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshi-ligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar) dan foydalaniladi.
2. Individning o‘z tanasi og‘irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladiganhar qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og‘irlik bilan bajarila-digan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamidaham yirik, ham mayda muskullar guruhiga taosir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik – kuch talab qiladigan xarakterdagiharakatlar tartibi tez bo‘ziladi (ayniqsa og‘irlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabkiholatda muskul tarangligi bir xil (statikholat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jihozning kerakligi, metal jihozning shovqini va boshqalar) ko‘zga tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulay-ligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada yuklama berish mumkin va maxsus jihoz va inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo‘riqishi) da bajariladi, shuning uchun ularni sog‘lom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirish metodlari. Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga bog‘liqdir.
Maksimal zo‘riqish metodi, yaoni meyordagi yoki meyorga yaqin og‘irliklarni ko‘tarish (o‘z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va muskul kuchining ko‘p bo‘lmasada ortishini taominlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi nerv-psixik zo‘riqishi bilan bog‘liq, ayniqsa, o‘quvchilar kuchi-ni rivojlantirishda noqulaylik tug‘diradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni yo‘lga qo‘yolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug‘diradi, chunki meyoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazi-dagi qo‘zg‘alishni generalizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qo‘shilib ketishiga olib keladi. Va nihoyat, shunihisobga olish kerakki, xatto yetarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lgan sportchilarning nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, meyoriga yaqin bo‘lgan yuklamalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida meyor bo‘lmagan yuklamalar bilan mashq qilish metodi bergan foydaniham bermaydi.
Meyorga yaqin bo‘lmagan (oz zo‘riqish talab qilinadigan) yuklama bilan mashq qilish metodida kattahajmda ish bajarish mumkin. Bu modda almashinuvida ma’lum o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi va o‘z navbatida, muskul massasining ortishiga olib keladi. Kuchli zo‘riqishsiz yuklama bilan bajariladigan mashqlarharakat texnikasini aniq nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu yangi o‘rganuvchi shug‘ullanuvchilar uchun qulay. O‘rtacha yuklama trenirovka jarayonining boshlang‘ich etaplarida katta bo‘lmagan yuqori tiklanishni va quvvat manbalarini qo‘zgotadi, qaysiki, ularhisobiga sifatning bir oz o‘sganligi ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, yangi o‘rganuvchilarning shikastlanishlari oldi olinadi. Shuning uchun meyorga yaqin va o‘rtacha yuklama bilan kuch talab qiladigan mashqlarni bajarish kuchni rivojlantirishning asosiy metodihisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlikning ortishi bilan ko‘proq, meyordagi va meyorga yaqin og‘irliklardan foydalaniladi.
Meyorga yetmagan zo‘riqishni qo‘llash o‘z kamchiliklarga ega. Energiya sarflashda meyordan ortiq – muskul butunlay bajara olmay qoladigan darajada ishlash samara bermaydi. Kuchni rivojlantirish nuqtai nazaridan aytarli ahamiyatga ega bo‘ladi-gani asosan oxirgi o‘rinishlar bo‘lib, toliqishhisobiga o‘ta zo‘riqish susayadi, ishga ko‘proqharakat birligi qo‘shila boradi va ko‘tarilayotgan og‘irlik meyoriga yaqin bo‘la boshlaydi. Lekin bu o‘rinishlar yarim sharlar po‘stlog‘i funksiyasining susaygan-ligi fonida (holatida) bajariladi. Bundan tashqari, takror-lash sonini ko‘p marotabaliligi shug‘ullanuvchilarda befarqli-likni uyg‘otadi yoki faoliyatga munosabati salbiylashadi, albatta, ular mashq samarasining pasayishiga olib keladi.
O‘quvchilarning yoshiga xos xususiyatlar o‘zgarishi bilan bog‘liq kuch mashqlaridan mashg‘ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanish imkoniyati chegarillangan. Kichik va o‘rta maktab yoshida shaxsiy kuchini rivojlantirishni o‘ta oshirib yubormaslik lozim. Mashqlar tezlik kuchini rivojlantirishga yo‘naltirilsa mashqdagi statik komponentlar chegaralanishini aha-miyati muhimdir. Lekin uni butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi, chunki statikholatlarni qo‘llash, ayniqsa, qomatning tarbiya-lashning yetakchi vositalarihisoblanadi va uni qo‘llash Samara-lidir. Yosh o‘tishi bilan bu mashqlar kengrok qo‘llaniladi. Lekin albatta nafas olishning nazorati kuchaytirilishi kerak. Chunki nafasni zo‘riqish paytida uzoqroq ushlash, ayniqsa, qizlarda salbiy taosirga olib kelishi, hatto ularning xushdan ketib qolishlaridekholatlar sodir qilishi mumkin.
Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishdagi asosiy vazifa tananing orqa va qorinning tomonini yirik muskula-lari guruhini rivojlantirishga yo‘naltirilishi, chunki qomat-ning shakllanishi shu muskullarga bog‘liq. Rivojlanmaydigan muskul guruhlari – tananing qiyshiq muskullari, harakat tayanch apparati muskullari, sonning orqa tomoni muskullari vahokazolarni rivojlantirish. «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalari tarkibiga kiritilganligi bejiz emas.
Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o‘rnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib chiqish, gim-nastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar uchun – katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni ko‘tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (to‘ldirma to‘plar, gimnastika tayoqlari vah.k.)da, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, yengil jismlarni uloqtirish va boshqalar; 14-15 yoshda - to‘ldirma to‘plar, katta og‘irlikka ega bo‘lmagan gantellar, kanat (arg‘amchi) tortishdek kuch talab qila-digan mashqlar, tortilishlar, qo‘lda tik turish va boshqalar.
To‘g‘ri o‘smirlarda og‘irlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlarni muskul to‘la bajara olmay qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qatoiyan taoqiqlanadi.
Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan nagruzka bolalar uchun talab qilinadigan yuklamaga nisbatan o‘z tanasinig maksimal vazni atrofida bo‘lishi, ko‘proq lokalholda muskul guruhlariga kuch mashqlari, tashqi og‘irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og‘ir bo‘lmagan jihoz-lardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishda muskul zo‘riqishi ko‘lami (tirik organizm sodir qiladigan) ikki faktorga bog‘liq: a) orqa miyaning oldingi shohchalari motoneyronlaridan muskulga boradigan impulpslar; b) shartli ravishda – muskulni o‘zining reak-tivligi, yaoni ma’lum qo‘zg‘olishlarda javob berish kuchi. Muskulni reaktivligi uni fiziologik ko‘ndalangi, tolasi yo‘g‘onligi, uni qo‘zg‘ala olishi darajasi va boshqa tuzilishidagi bir qancha xususiyatlariga, markaziy nerv sistemasiga, trofik adrenalin-simpatik tizimi orqali amalga oshiriladigan taosiriga va shu daqiqadagi muskul uzunligi va boshqaholatlar, faktorlargaham bog‘liq. Muskul zo‘riqishi darajasini zudlik bilan o‘zgartirishda unga keladigan samarali impulpslar xarakteri yetakchi mexanizmlardan birihisoblanadi.
Yuk (og‘irlik) ko‘tarish bilan mashqlanish o‘zining universalligi bilan qulay bo‘lib, ular yordamida faqat eng kichik muskullar guruhigagina emas, xatto eng yirik muskullar guruhigaham taosir etish mumkin. Ularni dozalash oson. Lekin bir qator salbiy xususiyatlariham mavjud. Og‘irlik bilan ishlash mashqlarida dastlabkiholat muhim rolp o‘ynaydi. U albatta yukni statikholda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni massasi og‘ir bo‘lsa dastlabkiholatda turish qiyinlashadi. Bu o‘z navbatidaharakatnihal qiluvchi fazasida diqqatni konsentra-siyalashda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari ahamiyatli massaga ega bo‘lgan snaryadga birdaniga katta tezlik berish qiyin, xohlaysizmi yo‘qmiharakatning birinchi qismi (boshlanishi) sekin bajariladi. harakat ritmi majburiy astalik bilan ortib boruvchi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida lozim bo‘lgan muskullar guruhiga zo‘riqish berishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Egilib yana asli holatga qaytadigan jihozlardagi qarshiliklarni yengish bilan mashqlanish uchunharkatni oxiriga borib zo‘riqishni ortirilishi xarakterlidir.
O‘z tanasi og‘irligini yengish bilan bajariladigan mashq-lar odatda gavdaning tayanch apparatlari yordamida bajariladi. Bunda tananing muskul apparati kuch namoyon qilishda yutqazadi, yaoni bir oz tayanish (proksimal)dan yuqori bo‘lmagan kuch sarflaydi holos. Oqibatda qandaydirharakatda tananing shaxsiy vazni yoki uning og‘irligiga teng qarshilikni yengish kerak bo‘lsa bu kuch namoyon qilish nuqtai nazaridan ancha yengil kechadi. Masalan, devorga suyanib kaftga tayanib qo‘lda turishda qo‘llar tirsakda bukib to‘g‘rilanganda o‘z vazni uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani ko‘tarishdan yengilroq tuyuladi.
Jismoniy sifatlar insonni ma’lum yoshdan navbatdagi yosh kategoriyasiga o‘tishi bilan tabiiy ravishda o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish yosh bilan bog‘liq bo‘lgan rivojlanishlar yoki o‘zgarish-lar deb tushuniladi. Yosh bilan bog‘liq jismoniy sifatlarni rivojlanishi nisbatan sekin va notekis boradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning asosida orga-nizmning ish qobiliyatini boshlang‘ich darajasini oshirish maqsadida oshirib berilgan yuklamalarga javob bera olishi xususiyati unga javoban reaksiyasi deb tushuniladi. Organizm jismoniy yukga o‘zidagi mavjud zahiralarini jalb qilish orqali javob beradi. Mashq bajarish davomida energiya resurs-lari sarflanadi, asta-sekinlik bilan charchoqhis qila boshla-nadi. Charchoqhosil bo‘lgan mashg‘ulotdan so‘ng ish qobiliyati pasayganholda qoladi, so‘ng u asta sekinlik bilan tiklana boshlaydi.
Ish qobiliyatini tiklanishi ish boshlangungacha bo‘lganholatga yetib uni ortishi davom etaveradi (bu fiziologik qonun), shunday qilib organizm energiya resursini son jihat-dan sarflanganini tiklab ulguradi. Bunday yuqori tiklanishda ish qobiliyatini oshgan fazasi vujudga keladi. Bu faza bir oz vaqt ichida ushlanib turadi va so‘ng dastlabkiholatga pasayadi. Shunday qilib jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘u-lotlaridan so‘ng organizmniholatida uchta fazani kuzatish mumkin: charchash, dastlabkiholat darajasigacha tiklanish, ish qobiliyatini dastlabki darajadan yuqoriroq ortishi.
Agarda keyingi mashg‘ulot charchash fazasiga to‘g‘ri kelib qolsa charchoqni ustma-ust to‘planishi sodir bo‘lib u tolishga aylanadi.
Shug‘ullanish organizmning energiya resurslarini tikla-nish fazasiga to‘g‘ri kelsa ish qobiliyati aytarli darajada oshmasligi, ish qobiliyatini yuqori darajadaligiga to‘g‘ri kelsa organizm jismoniy yukga tayyorligi, kattahajmda mashq bajarishni uddalay olishligi amaliyotda va fanda isbotlangan. Shunga ko‘ra trenirovkalar organizmni yuqori ishchanlikka ega bo‘lgan fazalarda o‘tkazilsa shug‘ullanganlik darajasi doim o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining chastotasi qator faktor-larga, xususan shug‘ullanuvchilarning tayyorlanganligiga bog‘liq. Tajribada isbotlanishicha shug‘ullanishni endigina boshlagan-larda mashg‘ulotlarni xaftada uch marotaba o‘tkazish, 1, 2 yoki 5 marotabali mashg‘ulotlarham yuqori samara bergan, yuqori malakali sportchilarda esa mashg‘ulotlar chastotasi ko‘proq.
Shug‘ullanganlik faqat tizimli mashg‘ulotlardagina ortadi va uni to‘xtatish bilan shug‘ullanganlikni keskin pasayishi kuzatiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida tanaffuslarga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki mashg‘ulotni ijobiy effekti yo‘qoladi. Ijobiy effekt foni (soyasi) muhimdir. Zararli o‘zgarishlar tanaffusning 5-7 kunlaridayoq keskin namoyon bo‘ladi. Muskul kuchi ozayadi, harakat tezligi susayadi, chidamlilik yomonlashadi.
Jismioniy tarbiya jarayonining – jismoniy sifatlarni rivojlantirishning uzluksizligi jismoniy kamolotga erishish uchun optimal sharoit yaratadi. Yuklamani intensivligi vahajmi, dam olish bilan shug‘ullanishni (yuklamani) to‘g‘ri navbatlashuvini tizimliligi bo‘zilishi, judaham yuqori yoki past yuklama tanlash, mashg‘ulotlardan kutilgan natijaga olib kelmasligiga sabab bo‘lishi mumkin va u amalda isbotlangan.
Tezkorlik deganda, individharakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosanharakat reaksiyasining vaqtini bel-gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni-ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor:
1. Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan);
2.harakatlar chastotasi;
3.harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog‘liq bo‘lib, ko‘phollardaharakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan korelyatsiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, alohidaharakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga bog‘liq. Amalda yaxlitharakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to‘laharakat aktining tezligiga bog‘liq. Biroq murakkab koordinatsionharakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchigaham bog‘liqdir. Shuning uchun yaxlitharakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi holos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini tahlil qila olamiz holos.
Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati – tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog‘liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksichaham bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo‘lganiholda,harakat chastotasi oz bo‘lishiham kuzatiladi.
Psiholo-fizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Tezlik namoyon bo‘lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko‘rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteris-tikasiga ko‘ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Yugurish tezligiharakatni ko‘rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog‘liq holos. Tezlikning namoyon bo‘lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog‘i uzunligiga, o‘z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining yerga tiranish kuchiga bog‘liqdir. Shuning uchunharakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo‘lishiga qarab o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz g‘oyatda mushkul.
Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “ko‘chirish” qoidada kuzatilmagan. Uning ko‘chishi mashqlarni bir-biriga koordinatsiya nuqtai nazaridan yaqin o‘xshashaligi bo‘lsagina namoyon bo‘lgan, qolaversa individning mashqlangan-ligi (shug‘ullanganligi) qancha yuqori bo‘lsa, bu ko‘chish shunchalik past darajada bo‘ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zatsiorskiy, 1961). Shunga ko‘ra, tezkorlik sifati xaqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xaqida gapirmay, insonharakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim.
Yakka harakat tezkorligini harakat aktini biomexaniq bo‘laklarga (qismlarga) ajratib chegaralanganholda tavsifla-shimiz mumkin. (masalan, depsinish tezligini aniqlash kerak bo‘lib qolsa, yugurishda sonni tez ko‘tarib chiqaolish orqali aniqlanadi). Ayrim sport mashqlari turlarida (masalan: uloqtirishlarda)harakat tezligi muskullar kuchining namoyon bo‘lishi bilan umumiylashib (qo‘shilib) ketadi va bu bilan tezkorlikni kompleksli xususiyatini – keskinharakat (rezkost)ni vujudga keltiradi. Shuning uchun tezkorlik - kuch talab qiladigan sport turlaridaharakat tezligini rivojlantirish, ayniqsa, tashqi qarshiligi yuqori bo‘lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol o‘ynaydi.
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin bo‘lib, kuch talab qiladigan mashq-lar orqaligina muskul qo‘zg‘alishi tezligining oshishi amaliyot-da isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa juda soddahal qilinadi. Kuchni rivojlantirish tezharakat-lar sharoitida o‘tishi lozim. Buning uchun dinamik zo‘riqish uslubidan foydalanadilar: maksimal kuch bilan zo‘riqishhara-katni to‘la amplitudada, eng yuqori tezlikda, shug‘ullanuvchi uchun meyoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi.
Siklik harakatlar harakat chastotasini ifodalaydi. Qo‘llarni maksimal harakati chastotasi oyoqlarnikidan yuqori, oyoq qo‘l bo‘g‘inlarining harakati chastotasi tananing boshqa aozolari va boshqa bo‘laklaridan yuqori darajada bo‘lishi mumkin.
Harakat chastotasini o‘lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi harakat chastotasi bir sekundda bajaradigan qadamlari sonini sanash orqali aniqlanadi.
Harakat chastotasi va shu bilan birga, siklli harakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasining boshlarida tor yo‘nalishdagi mashqlar bilan tezlikni rivojlantirish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija sprintda 1-1,5 sekundgina yaxshilanadi holos. Boshlanishdan umumjismoniy tayyorgarlikni oshirib tor yo‘nalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. Yuqoridagi qoidaga rioya qilish bilan cheklanib qolinsa, tor yo‘nalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar tezlik to‘sig‘ining (skorostnoy baryer) paydo bo‘lishiga olib keladi. Ana shu tezlikka organizmda refleks vujudga keladi, bu esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Harakat chastotasi vaharakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy - oshirib borish va o‘zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi.
Bunday metodlarni qo‘llashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning oxirida va yuguruvchiiing takroriy o‘rinishlarida ham tezkorlik pasaymasligi kerak.
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda o‘tadi, shuning uchun dam olish intervali o‘rinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o‘rnatilishi) lozim. Ularning oralig‘ini yengil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.
Emotsionallik va qo‘zg‘alishning yuqori darajasi tezkorlik imkoniyatlarini namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Bunda o‘yin va musobaqa metodlari (bu metodlardan jismoniy tarbiya metodlari mavzusida tanishamiz) maqsadga muvofiqdir.
Agarda ishni tez bajarish charchash ko‘zga tashlana boshlaganda bajarilsa, maksimal tezkorlik emas, tezkorlik chidamliligi rivojlanadi.
Shug‘ullanuvchining yoshi va ularning individual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, o‘g‘il bolalarda esa 12-13 yosh hisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda takrorlayverish yoshlikdanoq “tezlikning to‘sig‘ini” vujudga keltiradi. Kichik maktab yoshidagilardaharakatli o‘yinlar, o‘rta va katta maktab yoshida sport o‘yinlari, tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalanish foydaliroqdir.
Harakat reaksiyasining tezligi. Individning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi.
Harakat reaksiyasi ikki turga ajratiladi:sodda (oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilanganharakatlar orqali beriladigan javob.
Murakkabreaksiya - tanlay olish reaksiyasidir. Oldindan belgilanganharakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir nechaharakatdan kelishib olinganini bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan obyektga nisbatan reaksiya ko‘pincha o‘yinlarda, asosan sport o‘yinlarida, sport yakka kurashida masalan, o‘yinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan to‘pni qabo‘l qilib olish uchun chiqishi. Murakkab harakat reaksiyasining davom etish vaqti soddasidan – oddiy reaksiyadan birmuncha uzunroq bo‘ladi.
Sodda reaksiya “ko‘chish” (o‘tish) xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-birholatda signalga tez reaksiya qilsa, boshqalarigahamhuddi shunga o‘xshagan sharoitda tez reaksiya qilishi mumkin. Qiyin reaksiyalar xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaksiya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday tez reaksiya qiladi, deyishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi.
Harakat tezligi reaksiyasini sekundlar va millisekundlar bilan o‘lchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat reaksiyasi tezlik talab qiladigan turli harakatlarni bajarish davomida rivojlanaveradi. Bunda harakat reaksiyasini “ko‘chish” i (tezlikning ko‘chishi) kuzatilmaydi, ya’ni tezlik reatsiyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish qiyin. Harakat reaksiyasini rivojlantirishda turli-tuman harakatli, sport o‘yinlarini vosita sifatida qimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida yetakchisidir.
Uni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo‘lgan, bo‘ladigan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila olish.
Analitik yondoshish metodi, ya’ni yengillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Gellershteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.

Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga reaksiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi signali, buyrug‘i bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari reaksiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.


Nazorat savollari


1. Mushak kuchi, mutlaq kuch, nisbiy kuch, portlovchi kuch tushunchalariga ta’rif bering.
2. Mushaklarning ish rejimlarini aytib bering.
3. Kuch qobiliyatlari namoyon bo‘lishini ta’minlovchi mexanizmlarni sanab o‘ting.
4. Kuch qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashqlar guruhini sanab bering.
5. Kuch qobiliyatlarini rivojlantiruvchi usullarga qisqacha ta’rif bering.
6. Mutlaq kuch, portlovchi kuch, kuch chidamliligini nazorat qilish uchun foydalaniladigan nazorat mashqlarini sanab bering.
7. Jismoniy sifatlardan kuchni tarbiyalashni ta’riflang.
Download 74,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish