4-mavzu. Jaxon dinlari: buddizm va xristianlik Reja


Xristianlikning SHarqqa tomon tarqalishi



Download 69,05 Kb.
bet13/13
Sana31.12.2021
Hajmi69,05 Kb.
#211571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maruza dinshunoslik 4 мавзу 32b3b246a5682951519763c86753a530

Xristianlikning SHarqqa tomon tarqalishi, XI asrning oxirida xristianlikniig SHarqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar SHarqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Merke)da xristian cherkovlari qurilgan bo‘lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (558 yillar) 6-12 episkopliqdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram erlarda ta’qib qilinganlar.

O‘rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik o‘rtasidagi kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgoxlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo‘lgan.

Ana shu davrlarda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan; Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirga Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston xududi) IV-VIII asrlarda hukmron din hisoblangan.

O‘sha davrdagi ko‘pdan-ko‘p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidaga SHarqning hukmronlari tomonidan eng ko‘p homiylik ko‘rsatilgan din xristianlikning sharqiy yo‘nalishi bo‘lmish nestorianlik bo‘lgan. Xalifa saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgoxi esa Konstantinopoldan Bag‘dodga ko‘chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, amurgacha bo‘lgan SHimoliy va g‘arbiy Xitoyda targ‘ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarshi kurashdagi markazi 1257 yildan so‘ngina o‘z faoliyatini to‘xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo‘lgan.

Hozirgi mustaqil O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi dindorlar 17 konfessiyaga, ya’ni diniy uyushmaga e’tikod kiladi. Bular doirasida islomdan so‘ng 2-o‘rinni xristianlikning pravoslav oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iegovist, adventist kabi sektalari bor.

Nasroniylik Falastin va O‘rta Er dengizi yahudiylari dinlari ichida vujudga keldi, o‘nlab yillardan keyin esa, boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog‘liq yoki uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan xalqlar orasida tarqaldi. YAngi va eng yangi davrlarda u mustamlakachilik siyosati missionrelik natijasida Evropadan tashqarida ham tarqaldi.

Bir so‘z bilan aytganda, islom aqidasi bo‘yicha, Iso payg‘ambar osmonga ko‘tarilganidan so‘ng uning sof ilohiy da’vati keng tarqalmasdan qolib ketdi. CHunki, oz sonli iymon keltirganlar ustida uzoq vaqt tazyiqlar bo‘ldi. Ularning ko‘pi o‘ldirib yuborildi. Buning sababi, o‘sha davrda hukmron bo‘lib turgan podshohlar buddizm e’tiqodida bo‘lib, bunga zid bo‘lgan dinlarni yo‘qotish payida bo‘lganlar. Nasroniylar keyinchalik. E’tiqod jihatidan turli guruhlarga bo‘linib, ba’zilari “Iso – Xudodir” desa, yana ba’zilari “Iso – Xudoning o‘g‘lidir”, deb e’lon qila boshladilar.

Butparast podshohlar nasroniylarning hammasini birdek, og‘ir qiynoqlarga duchor qildilar. Nasroniylikning dastlabki davri bu din vakillari uchun juda qiyn kechdi. Ular o‘n marta qatliomga uchradilar.

1.Nero ismli podshoh davrida 64 yilda boshlandi. Xavoriy Pyotr va uning xotini shu davrda o‘ldirildi.

2.Domishyan podshohligi davrida bo‘lib, bunda xavoriy YUxanno badarg‘a qilindi va Fluis Klimans ismli nasroniy olimi o‘ldirildi.

3.Podshoh Tarjon davrida 101 yili boshlanib, 18 yil davom etdi. Bunda Kyurintiya episkopi SHam’un o‘ldirildi.

4.Podshoh Markos davrida 161 yili boshlanib, o‘n yil davom etdi va nasroniylarni o‘ldirish mashriq va mag‘ribda keng tus oldi.

5.Podshoh Sviris davrida 202 yilda boshlandi va Misr, Fransiya, Kartej diyorlarida minglab nasroniy dindorlarini qoni to‘kildi.

6.Podshoh Maksim tomonidan 237 yili “agar ilm ahllari yo‘q bo‘lsa, avom xalqni boshqarish oson bo‘ladi”, deb minglab ilmli nasroniylarni yo‘q qildi. Ular orasida papa Pantonus va papa Ateruslar ham bor edi.

7.Podshoh Detsios 253 yili o‘zining barcha hokimlariga nasroniylarni azoblashga buyurdi. Uning zulmi Misr, Afrika, Italiyaning SHarqiy hududlarigacha etib bordi.

8.Valerian podshohligi davrida 257 yilda boshlandi. Buning davrida faqat nasroniy erkaklargina emas, ayollarning ham obro‘si toptalib, mol-dunyosi tortib olinib, o‘zi esa vatanlaridan xaydab chiqarildi.

9.Podshoh Arelin davrida 274 yilda bo‘ldi. Lekin, Arelin ko‘p nasroniylarni o‘ldirishga imkon topmadi. CHunki, barchasini Valerian qirib bo‘lgan edi.

10.Deokletian podshohlikka o‘tirgach 302 yili boshlandi. Bu imperator muqaddas kitoblarni yo‘q qilishga qattiq harakat qildi. 303 yilda cherkovlarni buzish, kitoblarni yoqish va nasroniylarni ibodat uchun to‘planishlariga qarshilik qilishga farmon chiqardi.

SHunday qilib, nasroniylar juda ko‘p tazyiqlarga uchradilar. Bu tazyiqlar imperator Konstantin podshoh bo‘lib, 325 yilda nasroniy dinini qabul qilgandan keyingina to‘xtadi. Imperator Konstantinning nasroniy dinini qabul qilishi, ularning jonlariga tinchlik hadya qilgan bo‘lsada, lekin, dinlariga qattiq putur etkazgan edi. CHunki, podshoh nasroniylikni qabul qilish bahonasida, nasroniylarga butparastlikni qabul qildirdi. O‘sha davrda nasroniy olimlari tomoindan yozilgan turli e’tiqoddagi yuzdan ortiq injillar yo‘q qilinib, Iso payg‘ambarni Xudo deb yozilgan to‘rtta injilgina saqlanib qoldi6.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahririda e’lon qilingan konunga asosan respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko‘rsatmokdalar. Bu hukuq va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan.



Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjixatlilik mavjud bo‘lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmokdi hissa qo‘shmokdalar.


1 Беруний. Абу Райхон. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Т.1. Т.: Фан, 1968. – Б. 244.

2 Исо номига қўшилган «Масих» сўзи қадимий яхудий тили – ивритдаги мешнах сўзидан олинган бўлиб, «силанган» ёки «сийланган» маъноларини билдиради.

3 Малик – подшоҳ дегани бўлиб маликоия – подшоҳ билан бир мазҳабдагилар деганидир.

4 Беруний китобда санани шундай мавҳум келтиради.

5 Беруний. Абу Райхон. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Т.1. Т.: Фан, 1968. – Б. 331.

6 Обидов Р. Қуръон ва тафсир илмлари. – Т.: 2000. – Б. 48.

Download 69,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish