3.Xristianlik dini ta’limoti. Xristianlik (Nasroniylik) jahon dinlaridan biri bo‘lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko‘p xudolik dinlari o‘rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) tarzda shakllangan. Xristianlik Falastin va O‘rta Er dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan; o‘nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog‘liq yoki uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan xalqlar orasida tarqalgan. YAngi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida Evropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik Evropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alariga tarqalib dunyo xalqlarining deyarli uchdan birini (2 milliarddan ko‘pini) tashkil etib, jahon dinlari ichida eng yirigi hisoblanadi.
Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos (Iso payg‘ambar) faoliyati bilan bog‘lab tushutiriladi.
Abu Rayxon Beruniy nasroniy nomining kelib chiqishi haqidagi “Iso payg‘ambar, Tangri uchun kim menga yordamchi bo‘ladi, deganida xavoriylar, biz Tangri uchun yordamchi bo‘lamiz, deganlar. SHunga ko‘ra, nasroniy so‘zi arabcha bo‘lib, yordam, ko‘mak so‘zidann olingan” degan fikrni rad etib, bu so‘z Nosiraga, ya’ni, Iso payg‘ambar tug‘ilgan qishloqqa nisbatdir1, deydi.
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta’siri bo‘lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va Isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to‘g‘risida xikoya kiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta’limotiga kiritilgan.
Xristianlikdagi odam-xudo to‘g‘risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona imperiyaga birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to‘g‘risidagi ichki siyosati ham katta ta’sir ko‘rsatgan. SHu maqsadda imperatorlarga va Rim shahri xudolariga sig‘inish yuzaga kelgan.
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda yaxudiylik monoteizmining "Qadimgi ahdnoma" kitobiga kirgan barcha "muqaddas g‘oyalar", ya’ni Erni Xudo yaratganligi, o‘simlik va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquki, oxirat rohatlari haqidagi g‘oyalar katta rol o‘ynagan.
1947 yili O‘lik dengiz qirg‘og‘idagi Qumron yaqinida qadimgi qo‘lyozmalar topilgan edi. Bular hukmron jamoaning diniy ta’limotlari - yaxudiylik va xristianlik o‘rtasidagi oraliq butunni tashkil qilganligini ko‘rsatmoqda.
SHunday kilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko‘pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag‘allarning talablarini, "xaloskorlik" g‘oyalarini o‘ziga singdirgan din sifatida vujudta kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi o‘zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo‘lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g‘oyaviy quroliga aylangan.
O‘sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalqlar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xristianlikdagi diniy g‘oyalarni xisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e’lon qilgan. 325 yilda uning ko‘rsatmasi bilan Nikey saborida xristianlarning 1-yig‘ini bo‘lib o‘tgan. Unda episkoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan holga keltirganlar.
SHundan buyon, davrlar o‘tishi bilan xristianlik butun Evropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya qitalariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari xududlariga ham qisman etib kelgan jahon dinidir.
Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi – Bibliyaning ikkinchi qismi – "YAngi axdnoma" bo‘lib, u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan.
Bibliyaning xristianlik paydo bo‘lmasdan birmuncha oldin yaratilgan 1-qismi "Qadimiy axdnoma" deb atalib, u yaxudiylikning muqaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi – "YAnga axdnoma" deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi.
"YAngi axdnoma" 27 kitob (bob)dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4ta "Injil" (Evangilie, ya’ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning "Vaqiynomasi" kiritilgan.
Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o‘zgarmas karomatni, bilimni, benixoya qudratning egasi bo‘lgan yakka xudo haqidagi g‘oyani asoslaydi. U uch ko‘rinishdagi yakka xudoni o‘zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch ko‘rinishdagi xudo haqidagi ta’limotga binoan, xudoning ichki hayoti sababi o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lgan uchlikdagi uch asos yoki "muqaddas uchlik" bo‘lgan – ota-xudo, o‘g‘il-xudo va muqaddas ruhning o‘zaro munosabatidir. O‘g‘il Iso bayon qilingan tarjimai holiga ko‘ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (provaslav yo‘nalishi ta’limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o‘g‘il-xudo ham xudodan tug‘ilgan).
Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati – odam mohiyati, xudo mohiyati haqida, "Gunohni yuvish", ya’ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda kurbon qilishi" haqidagi ta’limot bilan mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh – ota xudo, bola xudo va mukaddas ruh – uch yuzli xudo to‘g‘risidagi ta’limoti, targ‘iboti, tashkilotchiligi, jannat va do‘zax, oxirat ya’ni dunyoning oxiri borligi, Isoning qayta tirilishi haqidagi va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi.
Xristianlik davlat dini deb e’lon qilingandan so‘ng, 325 yili imperator Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning 1 jahon yig‘ilishi bo‘lgan. Yig‘ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqqan va xudoni uch shaxsning (ota xudo, o‘g‘il xudo, rux xudo), birlikda ifodalaiishidir deb uqtirgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo‘lib o‘tgan II jahon yig‘ilishida cho‘qinish va tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilingan.
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso o‘g‘il xudo hisoblangan. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko‘ra, Iso xudoligicha qolgan holda Mariya (Maryam yoki Bibi Maryam) ismli qizdan tug‘ilgan odam ham bo‘lib kolgan. Butga parchinlangan xudo Iso tortgan azoblari va o‘limi bilan o‘zini odamlarning gunoxlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu aqidaga qo‘ra, Iso odamzodga gunoxlardan xalos bo‘lish yo‘lini ko‘rsatib bergan. Isoning tirilishi aqidasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e’lon qilingan. U tirilgandan so‘ng osmonga – ota xudo huzuriga chiqqanligi, ya’ni osmonga chiqib tushishi (islomda me’roj) aqidasi bu dunyodagi xayot oxiratdagi mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi.
Xristianlikda nymon kalimasi "yagona, muqaddas sobor va opostol chsrkovi"ga ishonishni, cho‘qintirish zarurligini tan olishni, qiyomatda o‘liklarniig tirilishiga, shundan so‘ng savob egalariga mangu roxat-farog‘at ko‘rish, gunohkorlarga doimiy azob-uqubat tortish davri kelishiga ishonishni buyuradi.
Diniy g‘oyalar tarkib topishi bilan bir qatorda xristian ibodat marosimlari ham shakllanib borgan. Xristian marosimchiligining eng muhim epementlari sirli ibodat (tainstvolar) deb yuritiladi. Bular qatoriga cho‘qintirish (suvga sho‘ng‘itib olish), miropomazanie (cho‘qintirilgan kimsaga xushbo‘y katron-miropa surtilgach, "mukaddas ruh"ning huzur-halovati unga o‘tishi); evxaristiya yoki prichishenie (non va vinoni Isoning tanasi va qoni deb tasavvur etgan holda iste’mol qilish), tavba qilish (dindorning ruhoniy vositasida xudodan kechirim so‘rashi va o‘z gunohlarini unga aytib berishi), nikoh, ruhoniylikka fotiha berish, soborlashtirish, ya’ni bemorni muqaddaslashtirilgan zaytun moyi – elega bo‘yash kabilar kiradi.
Xristianlikning bosh ibodati liturgiya (obednya, messa) bo‘lib, u har xil afsungarliklar, muzika chalish, ashula aytish, "muqaddas" yozuvlarni o‘qish, qad bukib ta’zim bajo keltirish, sham va chiroqlarni yondirish, xushbo‘y narsalarni chekish bilan qo‘shib olib boriladigan diniy amallardan iborat.
"Muqaddas uchlik"ning xar birini, Bibi Maryamni ulug‘lash "xudoga xush kelgan avliyolarga", xudo yarlaqaganlarga ham sig‘inishni keltirib chiqargan. Xristiailikda bugga cho‘qinish ham muhim o‘rinni egallaydi. Unda pasxa (Isoning tirilishi), tariqa (yoki pyatidesyatnitsa), rojdestvo (Isoning tug‘ilishi) va boshqa bayramlarga katta o‘rin berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |