4-Mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti. Toxiriylar va Somoniylar davlati


Somoniylar  davridagi  madaniy  hayot



Download 301,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.12.2021
Hajmi301,44 Kb.
#260713
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-семинар

Somoniylar  davridagi  madaniy  hayot.IX-X  asrlarda  me’morchilik  san’ati  va  qurilish  uslubi  o’z 

taraqqiyotida yana bir bosqich yuqoriga ko’tarildi. Bu davr qurilishida avvalgi asrlardagi kabi xom g’isht 

va  paxsa  asosiy  qurilish  materiali  hisoblangan.  Qurilishda  yog’ochdan  keng  foydalanilgan.  Uylarning 

ustunlari va to’sinlari yog’ochdan qilingan, tomlar yassi bo’lgan. Somoniylar davrida Movarounnahr va 

Xuroson me’morchilik san’atining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi 

Ismoil Somoniy maqbarasidir. Bu maqbara asrlar osha bizning kungacha yetib kelib, o’zining me’moriy 

barkamolligi va shu bilan birga oddiyligi bilan insonni hayratga soladi. 

Somoniylar  me’morligining  yana  bir  noyob  durdonasi  Kattaqo’rg’ondan  60  km,  janubdagi  Tim 

qishlog’ida  joylashgan  Arab  ota  maqbarasidir.  Arab  ota  maqbarasi  hashamatli  me’morchilikning  ancha 

rivojlanganligidan dalolat beradi. Maqbarada bitilgan yozuvlarga qaraganda bu inshoot 977-978 yillarda 

qurilgan  bo’lib,  bu  yerda  somoniylardan  biri  ko’milgan.  Somoniylar  davri  me’morchiligining  nodir 

namunalarini  Karki  (Turkmaniston)  yaqinidagi  Alambardor,  Uzun  (Surxondaryo)  yaqinidagi  Xo’ja 

Naxshron, Karmanadagi Mir Said Baxrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. Bu yodgorliklar ham IX-

X asr me’morchiligi yuksak darajada bo’lganligidan dalolat beradi. 

IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo’llarining saqlanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida 

ham  kuzatish  mumkin.  Masjidlarning  tomi  odatda  gumbaz  shaklida  bo’lgan.  Bu  davrga  oid  masjidlar 

to’g’risida  so’z  yuritilganda,  Buxorodagi  Mag’oki  Attoron,  Poykand  masjidi,  Termizdagi  Chorustun, 

Shahristondagi  Childuxtaron  masjidlarini  qayd  qilish  mumkin.  Bu  yodgorliklar  Markaziy  Osiyo  diniy 

me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkonini beradi. 

Somoniylar  davriga  oid  shahar  va  qishloq  aholisining  uylari  to’g’risida  hozir  arxeologiya  ancha 

ma’lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-Afrosiyob, Xorashkent-Kanka, Binkent, Termiz, Marv, 

Dahiston kabi o’nlab yodgorliklarda olib borilayotgan izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir. Bu davrda 

Buxoro,  Marv,  Samarqand,  Nishopur,  Balx,  Binkent,  Kesh,  Xo’jand,  Urgench  yirik  madaniyat  va  fan 

markaziga aylandilar. 




Download 301,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish