4.1-rasm. Qishloq xo‘jaligida innovatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi ijobiy va salbiy omillar
Umuman, innovatsion g‘oyalarni faol rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining deyarli hamma sohalarida imkoniyatlar mavjud. Biroq, g‘oyalarni amalga oshirishda tizimdagi ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining bo‘lim va laboratoriya boshliqlari, yetakchi, katta ilmiy xodimlari, kafedra mudirlari, professor, dotsent va katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar va yosh olimlarning innovatsion faolligini talab darajasida deb aytib bo‘lmaydi. Shuningdek, innovator olimlarning doirasi ham u qadar keng emas.3
Xozirgi kunda O‘zbekistonda innovatsion jarayonlarni chuqurlashtirishga va innovatsiya bazasini mustahkamlash uchun barcha zarur ijtimoiy-iqtisodiy asoslar mavjud. Biroq agrar sohani innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, yoki boshqacha aytganda, innovatsion loyihalarni bir, hatto bir necha fermer xo‘jaliklari miqyosida ham amalga oshirishda muammolar mavjud, chunki:
birinchidan, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sub'ektlar hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqot ishlariga buyurtma berish hamda tadqiqotlarni moliyalashtirishda ishtirokining sustligi;
ikkinchidan, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda tadqiqot olib borish va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishni ham xo‘jalik sub'ekti o‘zi amalga oshira olmaydi;
uchinchidan, yangi texnologiya, yangi navlardan foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarning yetarli darajada bilimlarga ega emasligi, ular olimlar va mutaxassislar xizmatidan foydalanishlari zarur, shuningdek, mahsulotni qayta ishlash va sotishda ham fermerlar ma'lum darajadagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar;
to‘rtinchidan, OTM va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari tomonidan tayyorlangan innovatsion ishlanmalarga ishlab chiqaruvchilarning talabi yetarli darajada emasligi, ular o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud emas;
beshinchidan, ayrim qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning mas'uliyatsizligi.
Innovatsion rivojlanish muammolari O‘zbekiston uchun alohida dolzarblik kasb etadi, chunki faqatgina yangi resurstejamkor, ilg‘or texnologiyalardan keng va samarali foydalangan holda innovatsion rivojlanish atrof-muhitni saqlab qolishni hisobga olib iqtisodiyot barqarorligini tezkor sur'atlarda o‘sishini ta'minlaydi.
Qishloq xo‘jaligida tabiiy hamda moddiy-texnik resurslaridan samarali foydalanishda innovatsion texnologiyalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularga:
●qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika vositalarini ishlatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish mavsumiy tavsifga ega bo‘lib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi, o‘rim-yig‘im kombaynlarini mavsumga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, boshqa texnika-mashinalarning mavsumga tayyorgarlik monitoringini olib borish va x.k.
●moddiy-buyumlashgan ko‘rinishdagi moddiy-texnika resurslari tabiiy sharoitlar ta'siriga uchraydi va ularni saqlash bo‘yicha sarf-xarajatlarning oshib borishi;
●qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari tarkibiga jonli organizmlar, o‘simliklar va chorva mollarini kirishi;
●ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim moddiy resurslar shu xo‘jalikning o‘zida yaratiladi (chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashak, o‘simlikchilikda urug‘lik, organik o‘g‘itlar va boshqa.).
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni samaradorligini innovatsion texnologiyalarini qo‘llash asosida oshirish ko‘p jihatdan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanishga bog‘liq bo‘lib bormoqda va bu holat fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlash yunalishlarini takomillashtirish bilan uzviy bog‘liqliqdir.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini kengaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari “dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvar “Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishda ishlab chiqarishning texnologiya jarayonlarini hamda xom ashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi me'yorlarini maqbullashtirish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini oshirish va qo‘shimcha sarf xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsuloti tannarxini kamaytirish, raqobatbardoshligini oshirish borasida katta ishlar qilinmoqda.
Fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirishni yangi texnologiyalarsiz ta'minlay olmaydi. Binobarin yangi tamoyillarga asoslangan va ishlab chiqarish tarkibini almashtirishni ko‘zda tutuvchi texnologik innova siyalar amalga oshirilayotgan islohotlarni hal qiluvchi unsuri sanaladi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning ob'ektiv zaruriyati hisoblanmish ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, yangi yuqori samaradorlikka ega texnologiyalarni yaratilishi va ekspluatatsiya qilinishini belgilab berdi. Bunday texnika qiymati doimiy tarzda o‘sib bormoqda, bu esa uni yangilash jarayonini qiyinlashtiradi. Asosiy vositalarni davriy tarzda almashtirilib turishni nazarda tutadigan, ma'naviy eskirish sur'atlari tezlashib ketdi. Avj olgan raqobat esa, rivojlangan mamlakatlarning ko‘p sonli korxonalarini mavjud ishlab chiqarish vositalaridan yanada intensivroq foydalanishni, va yangi texnologiyalarni xarid qilishning yangi usullariga murojaat qilishga majbur qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |