Bosma ish qog‘ozlari haqida nimalarni bilasiz?
Bosma ish qog‘ozlari 2 ta turga bo‘linadi:
1)Umumiy blanka 2) Xat blankasi.
Umumiy blanka-bosma ish qog‘ozining farqi shundaki, unda “tashkilot nomi”dan keyin aloqa bo‘linmasining ko‘rsatgichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo‘lmaydi.Rasmiy xizmat blanklari-firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog‘ozlari hisoblanadi.Hujjat matnlari mazmunan lo‘nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari. Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |