4-mavzu: G‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri reja


Insonhayotidaham, jamiyattaraqqiyotidahamg‘oyalarmuhimo‘rintutadi



Download 67,51 Kb.
bet12/25
Sana02.05.2020
Hajmi67,51 Kb.
#48540
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
4 mavzu

Insonhayotidaham, jamiyattaraqqiyotidahamg‘oyalarmuhimo‘rintutadi. Xo‘sh, g‘oyanima, negaungabuqadarkattae’tiborvaahamiyatberiladi? Ma’lumki, harqandaymillatvaxalq, harkandayijtimoiytuzumvadavlatmuayyanbirtamoyillarvaqadriyatlarasosidahayotkechiradihamdao‘zmanfaatlari, maqsad- muddaolari, orzu-intilishlariniko‘zlabharakatqiladi. binobarin, ularhayotdagima’lumbirmafkuragatayanadi.
Xo‘sh, mafkuranima, u qanday g‘oyalar asosidashakllanadivaqaytarzdajamiyatniharakatgakeltiradi? Negaayrimmafkuralarba’zimillatlarningyuksalishigasababbo‘lsa, ayrimlaributun-butunxalqlarniinqirozvatanazzulgaduchoretadi? «Milliyistiqlolg‘oyasi» buyichamazkurmashg‘ulotimizaynanshuvashukabimasalalartalqinigabag‘ishlangan.
Ma’lumki, inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq kiladi.
Inson ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruxiy olami; ikkinchisi – fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruxiy olam (bu soxani ruxshunoslik ilmi – psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, xis-xayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, xukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya’ni mantiq fani o‘rganadi).

Falsafaning oltin qoidalari dan biri – til va tafakkur birligidir. Tilnin teng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifodalanadi, ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bilganmiz.

Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda g‘oya, mafkura, ideya va ideologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq garb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib xisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea - g‘oya, tushuncha, logos - ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

• g‘oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib xisoblanadi;

• muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bo‘lar garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruxiy-aqliy kuchga aylanadi.

G‘oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda aloxida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam quyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi.


Har bir narsaning o‘z ibtidosi va intixosi bo‘ladi. G‘oyalar ham o‘z «umri»ga ega. Ular ham ma’lum makonda va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan xissa qo‘shishi, kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. G‘oyaga ta’rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tish lozim bo‘ladi. G‘oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, sag‘arbar etadigan kuch ekanidadir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, g‘oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruxiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrga aytiladi.




Download 67,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish