Turtkich
16 (6-rasm) kuchni gaz taqsimlash valning mushtchasidan olib, shtangaga, yoki
klapanga uzatadi.Turtrichlar po’lat yoki cho’yandan tayyorlanadi.Po’lat turtgichlarlarning
mushtchalar bilan tegishadigan qismiga (tovonga) cho’yan qoplanadi.Turtkichlar silindrsimon,
qo’ziqorinsimon, yoki rolikli bo’ladi. Ularning ishchi yuzalari toblangan va jilvirlangan.. Agar
turtkich o`z o`qi atrofida aylansa kam va tеkis еyiladi.Turtkichlar blokdagi tеshikga o`rnatiladi.
Shtanga
1 (6-rasm) kuchni turtkichdan koromisloga uzatadi. Ular ichi g’ovak qilinib
duralyumindan, yoki po’latdan tayyorlanadi. Shtanga pastda turtkich, yuqorida esa rostlash
vintining sferik yuzasi bilan sharnirli birikishi uchun, unga toblangan po’lat uchliklar
prеsslangan. Blok,blok kallagi va shtangalar duralyumindan tayyorlanganligi sababli ular qizishda
bir xil chiziqli kеngayadi va klapanlardagi tirqishlarning doimiyligini ta'minlaydi.Blok
cho’yandan tayyorlanganda po’latdan tayyorlangan shtanga o’rnatiladi.
Koromislo
8 (6-rasm) kuchni shtangadan klapanga uzatadi,yani klapanning ustidan bosadi.
Koromislo po’lat yoki cho’yandan tayyorlanadi.Koromisloning klapan tomondagi elkasi shtanga
tomondagi elkasidan 1,..2 marta uzunroq bo’ladi. Bu turtkich va shtanganing ko’tarilish
balandligini, hamda inеrtsiya kuchini kamaytirish imkonini beradi.Masalan,KamAZ-740 dizeli
koromislosining uzatish nisbati 1:1,4 ga tengdir.Klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash
uchun koromisloning kalta еlkasiga kontrgaykali rostlash vinti o’rnatilgan Koromislo teshigiga
moylash tizimining moy halqa kanavkali qilingan bronza vtulka zichlab o’tqazilgan. Koromislo
barcha silindrlar uchun umumiy bo’lgan, yoki har bir silindr uchun alohida bo’lgan ichi kobak
o’qlarga o’rnatilgan. Kalta еlkasining ichidagi tеshikdan rostlash vinti,shtanga va
turtkich,taqsimlash valining mushtchalariga moy boradi.
Koromislo o’qi
13 (6-rasm) po’latdan tayyorlanadi. O’q blok kallagi ustki yuzasida shpilkalar
bilan mahkamlangan tirgakka joylashtirilgan.Koromisloning o’q vo’yicha siljimasligi uchun
prujinanalar qo’yilgan.Koromislo o’qlarining ichi g’ovak bo’ladi.Bu ichki kanaldan koromislo
vtulkasiga va TM detallariga moy boradi.Koromislo o’qidan moy oqmasligi uchun tiqin va
zichlagichlar qo’yilgan.
Blok kallagida joylashgan GTM detallarining usti alyuminiy yoki po’lat qopqoq bilan
yopilgan.
Klapanlar
14 va 14 (6.-rasm) kiritish va chiqarish kanallarini ochadi hamda yopadi.Klapan
o’zak qismdan (stеrjеn) va likopchasimon kallakdan iborat. Kirituvch klapan kallagining
diametri,chiqaruvchi klapannikidan katta bo’ladi. Kirituvchi lapanlar xromli po’latdan
tayyorlansa,chiqaruvchi klapanlar (yoki ularning kallagi) olovbardosh po’latdan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |