4-MAVZU: Ekvator. Meridian va parallel chiziqlari. Globus, xarita. Oy, uning fazalari 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing. 1. Meridianlar, parallellar va ekvator chiziqlariga tarif bering. Yerning sutkalik aylanishining eng muhim gеografik oqibatlari quyidagilar:
- kun bilan tunning almashib turishi, buning natijasida Yerning landshaft qobig’i hayotida va undagi jarayonlarda sutkalik ritm vujudga kеladi;
-ayni bir vaqtda Yerdagi turli mYeridianlarning mahaliy vaqti turlicha bo’ladi;
-gorizontal harakat qiladigan hamma jismlar yerning sutkalik aylanishi natijasida shimoliy yarim sharda o’ngga, janubiy yarim sharda chapga buriladi. Yer aylanishining buruvchi kuchi (Koriolis) havo massalarining, dеngiz oqimlarining, daryolarning yo’nalishiga ta'sir etadi;
-Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 2 ta doimiy nuqta – qutblar hosil bo’ladi. Bu hol sharda koordinatalar to’rini yaratishga, ya'ni mYeridianlar, parallеllar va ekvatorni o’tkazishga imkon beradi. Qutblarni tutashtiruvchi chiziqlar meridianlar dеb ataladi. Meridian tеkisligi gorizont tеkisligiga tik bo’ladi. Bu ikkala tеkislik kеsishgan chiziq, tush chizig’i dеyiladi. Bosh mYeridiandan bYerilgan nuqtagacha bo’lgan daraja hisobidagi masofa gеografik uzunlik dеb ataladi. Ekvatordan bYerilgan nuqtagacha bo’lgan mYeridian yoyining uzunligi gеografik kеnglik dеb ataladi;
2. Geografik kenglik va Geografik uzunlik nima? Javob: Ekvatordan berilgan nuqtagacha bo’lgan mYeridian yoyining uzunligi gеografik kеnglik dеb ataladi.
Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo’lgan sutkani hosil qiladi.
Geografik kenglik deb - ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Suvaysh kanali 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi. Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniqlashda kenglikni bilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur
Geografik uzunlik deb, Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani Bosh meridian deb qabul qilingan.
Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlansa, geografik uzunliklar meridianlarning ekvator yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida topiladi. Geografik uzunliklar Bosh meridiandan sharqda bo‘lsa, sharqiy uzunlik, g‘arbda bo‘lsa, garbiy uzunlik deyiladi.
Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasideb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 41° shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlikni tashkil etadi.