Ekskursiya xizmatining
to‘liq vaqti
Tanaffus-
lar
Hikoya
qilish vaqti
Ob’ektlarni ko‘rsatish vaqti
4.1.-rasm. Ekskursiya xizmatining to‘liq vaqti
Har qanday ekskursiya xizmatini yuqoridagi sxema bo‘yicha tuzish ekskursiya jarayonining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va
mavzusini aniqlash
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayoni uning aniq maqsadini belgilashdan boshlanib, mualliflarga keyinchalik ekskursiya xizmatini tashkillashtirishga yordam beradi. Gidning hikoyasi ham ushbu maqsadga bo‘ysunadi. Ekskursiya xizmatining bir nechta maqsadlarini sanab o‘tamiz: ekskursantlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy foydali mehnatga chorlash, boshqa millatlar madaniyatiga hurmat hissini uyg‘otish, estetik tarbiya, dunyoqarashni kengaytirish, ilm-fan va madaniyat to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berish va boshqalar.
Bir xil ekskursiyalar bo‘lmaydi, ular eng avvalo mavzusi bilan farqlanadi. Mavzu biror nimaning mazmuniga tegishli tushunchadir. Ekskursiya xizmatining mavzusi ob’ektni ko‘rsatish va hikoya qilishning predmeti hisoblanadi.
Ekskursiya xizmati mavzusi uning mazmunini qisqa va lo‘nda ifodalaydi. Mavzuni tanlash potensial talabga, aniq buyurtmaga maqsadli yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Mavzu ekskursiya xizmatining ob’ekti va mavzuostilarni birlashtiruvchi negiz hisoblanadi. Ijodiy guruh ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida ob’ektlarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan solishtiradi. Ob’ektlar tanlash masalaning bir tomoni, mavzuni to‘liq va ishonchli yoritib beruvchi aniq ma’lumotlarni topish ham muhimdir. Ishchi guruhning ko‘p oylik mehnati natijasida yangi mavzudagi ekskursiya xizmati tayyor bo‘ladi. Ekskursiya xizmati mavzusi ob’ektlarni ko‘rsatish va mazmunli hikoya qilish bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi va uning mazmunini boyitadi. Ekskursiya xizmatining tarqoq qismlarini mavzu birlashtiradi, ob’ektni qanday ko‘rsatish va qaysi ma’lumotni hikoya qilish kerakligiga yo‘naltiradi.
Ba’zi ob’ektlarni bir nechta ekskursiya xizmatlarida ko‘rsatish mumkin. Masalan, Samarqand viloyatidagi «Registon» maydoni haqida ekskursiya xizmati mavzusidan kelib chiqib, turli hajmda ma’lumotlar berish mumkin. Guruh harakatlanadigan yo‘l ustidan ekskursiya xizmatining mavzusiga tegishli bo‘lmagan ob’ektlar «chiqib turadi». Ushbu ob’ektlar haqida ma’lumotlar qiziqarli bo‘lishi mumkin, lekin yoritilayotgan mavzu uchun ikkinchi darajali bo‘ladi va gid ular haqidagi savollarga faqatgina qisqa javob beradi. Har bir mavzu kichik mavzuostilardan tashkil topadi. Mavzuostilar to‘liq va mantiqiy tugallangan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |