Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga
e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu
ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik (integratorlik) vazifasi deb ataladi. Bunda
din ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’siri doirasida bo’lishini ko’zda
tutadi. Masalan, islom dini Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy
munosabatlariga, hattoki adabiyoti va san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni unga yanada ko’proq jalb etish uchun
diniy, me’moriy, tasviriy san’at, musiqadan unumli foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |