DIN JAMIYATDA MUAYYAN IJTIMOIY, MA'NAVIY VA RUHIY
VAZIFALARNI BAJARADI
Birinchidan, har qanday din o’z ergashuvchilari uchun to’ldiruvchilik,
ovutuvchilik (kompеnsatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj
hosil bo’lishi hodisasini olib qaraylik. Inson hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat
bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish,
maqsadlarga yеtishishi qiyin, ilojsiz bo’lib ko’ringanda bunday ma'naviy-ruhiy
ehtiyoj vujudga kеladi. Aksariyat inson hayotidagi quvonchli yoki tashvishli
onlarida, ayniqsa orzular ro’yobga chiqishi ilojsiz bo’lgan paytda dindan najot
izlaydi. Insoniyatning dinga ehtiyoji jamiyat bo’lib yashash pallasida kuchaygan va
din bu o’rinda ma'naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |