turlari.
Bojxona rejimlari turlari.
9
09
Vаqtinchа sаqlаsh
10
Bоjхоnа оmbоri
11
Erkin оmbоr
12
Erkin bоjхоnа zоnаsi
Bojxona
rejimlari
turlari.
Bojxona rejimlari turlari.
10
13
Bоj оlinmаydigаn sаvdо
14
Bоjхоnа trаnziti
15
Yo`q qilish
16
Dаvlаt fоydаsigа vоz kеchish.
Bojxona
rejimlari
turlari.
Bojxona rejimlarining
qisqacha mazmuni
3
Eksport.
12
Eksport shunday rejimki, bunda O‘zbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona hudididan tashqariga olib chiqiladi. Eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan va amalda bojxona hudididan olib chiqilgan tovar O‘zbekiston tovari maqomini yo‘qotadi.
Reeksport.
13
Reeksport shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan bojxona bojlari va soliqlar to‘lanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda, uni olib kirishda to‘langan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi.
Vaqtincha olib chiqish.
14
Vaqtincha olib chiqish shunday rejimki, bunda bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar ushbu hududdan tashqarida vaqtincha foydalanish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar to‘lanishdan shartli ravishda ozod etilgan, iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda olib chiqiladi.
Bojxona hududidan tashqarida qayta.
15
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda O‘zbekiston tovarlari bojxona hududidan tashqariga qayta ishlash va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish maqsadida olib chiqiladi.
Erkin muomalaga chiqarish(import).
16
Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki,
bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi.
Reimport.
17
Reimport shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
Vaqtincha olib kirish.
18
Vaqtincha olib kirish shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona to‘lovlari to‘langan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi.
Bojxona hududida qayta ishlash.
19
Bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etilgan holda olib kiriladi.
Vaqtincha saqlash.
20
Vaqtincha saqlash shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar bojxona to‘lovlari to‘lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin.
Bojxona ombori.
21
Bojxona ombori rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona hududidan olib chiqish uchun mo‘ljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadi
Erkin ombor.
22
Erkin ombor bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona to‘lovlari to‘lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda joylashtiriladi.
Erkin bojxona zonasi.
23
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona to‘lovlari to‘lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi.
Boj olinmaydigan savdo.
24
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |