4-mavzu: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


Tovar-moddiy zahiralarini baholash



Download 40,03 Kb.
bet7/13
Sana01.07.2022
Hajmi40,03 Kb.
#725659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Màvzuning às

5. Tovar-moddiy zahiralarini baholash
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, materiallarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha —balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Materiallarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
- materiallarning shartnoma qiymati;
- boj to‘lovlari va yig‘imlari;
- materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga to‘lanadigan komission haqlar;
- materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o‘tkazish xarajatlari;
- transport-tayyorlov xarajatlari;
- transportrovka qilish tavakkalchiliklarni sug‘urtalish xarajatlari.
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Xarid qilingan materiallarga haq to’lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmaIar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasida xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash, ro‘yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo’lmagan boshqa xarajatlar materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit (qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko’rinishidagi xarajatlar uning hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi:
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan badalning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish).
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarga ega bo4gan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati katta ahamiyatga ega bo’lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq;
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga olib
borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr xarajatlariga kiritish.
Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va tovar-moddiy zaxiraning chakana savdo usuli2.
Ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi:
1. Donalab baholash.
2. FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga).
3. O‘rtacha qiymat usuli (AVECO).
Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilanishi lozim.
Har bir birlik tannarxi usuli bo‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan materiallar (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi.
Bunday materiallarning birligi odatda yagona namunada bo‘ladi.
Materiallarni FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy davomida va boshqa davrda ularni sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha foydalaniladi degan taxmindan kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga oshiriladi. Bu usul qo‘llanganda oyning oxiriga zaxirada turgan materiallarni baholash vaqtga ko‘ra oxirgi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval sotib olinganlarning tannarxi hisobga olinadi.
O‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir birlikning qiymati davr boshiga o‘xshash birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymatidan hamda davr mobaynida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklarning qiymatidan aniqlanadi. Materiallarning o‘rtacha qiymati davriylik asosida (davriy hisob) yoki har bir qo‘shimcha
yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob) hisoblanishi mumkin.

Download 40,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish