Tayanch so’z va iboralar: Auditor etikasi, axloqiy talablar, qadriyatlar, axloq kodeksi, vijdonlilik, halolik, mustaqillik, maxfiylik, professional kompetentlilik, professional xizmatlar, o’zaro munosabatlar
Auditorning kasb etikasi haqida tushuncha, uning ahamiyati va me’yoriy asoslari
Etika tushunchasi insonlarning shaxsiy va kasbga oid odob-ahloqlarini tartibga soluvchi normalar yig’indisi bilan bog’liqdir. Qoida tariqasida, ushbu normalar muayyan bir jamiyat uchun turli kategoriyadagi fuqarolarni, jamoalarni va guruhlarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqiladi.
Etika (grek tilidan olingan bulib, “urf odat, rasm rusum”) - odob va ahloq qoidalarini falsafiy jihatdan o’rganadi.
Moral - ya’ni, odob-ahloq (lotin tilidan olingan bulib ,
moralitas – umum tan olingan an’analar, kishi bilmas qoidalar manosini anglatadi) - jamiyatda yaxshi va yomon, to’g’ri va noto’g’ri, yaxshilik hamda yomonlik haqidagi qarashlar, shuningdek ushbu qarashlardan kelib chiquvchi yurish turish qoidalari yig’indisidir. Etika, o’z navbatida, odob axloq haqidagi ilmni aks ettiradi.
Odoblilik - bu shaxsning ichki holati, tuzilishi bo’lib, u o’zining mustaqil hoxish irodasi va o’z vijdonidan kelib chiqib harakat qilishini bildiradi. Aksariyat hollarda odoblilik moral so’zining sinonimi sifatida qaraladi.
Insonning qadr qimmatli yo’nalishlarini o’rganish nafaqat bilishga oid ma’no mazmunga ega, balki ulkan amaliy malakaga ham ega bo’lishga ko’mak beradi.
Qadriyatlar - bu:
Ijtimoiy aloqalarning maqbul holatidir;
Voqea va hodisalarni baholash mezonidir;
Maqsadga yo’naltirilgan faoliyat mazmunidir;
Jamoaviy o’zaro faoliyatning tartibga soluvchisidir.
Shu asnoda, mazkur qadriyatlar insonlarga xos bo’lgani kabi jamiyatga ham yuzaga keluvchi vaziyatlar haqida fikr yuritish, ob’ektiv holatlarni bir butunligini tan olish va baholash, keyinchalik esa, inson yurish turishini tartibga solish maqsadida ushbu holatlar yuzasidan maqbul echimni topishga imkon beradi.
Kasbga oid odoblilik - bu ma’lum bir kasb faoliyatida qo’llaniladigan umuminsoniy odob ahloq printsiplar xisoblanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar, qoida tariqasida, muayyan bir jamiyatga tegishlidir hamda oilada vujudga kelgan urf odat va an’analar, maktabdagi tartib va qoidalar, ijtimoiylashuv jarayon ta’siri natijasida insonda shakllana boshlaydi.
Kasbga oid odoblilikning mavjudligi inson mehnat faoliyatining o’ziga chos xususiyatlari bilan bog’liqdir ( mehnatning xususiyatlari va mezonlari, korporativ yo’nalish va hokazo).
U yoki bu sohaning mutaxassislari tashkilotlarda bir xil vazifadagi majburiyatlarni amalga oshiradilar. Ushbu faoliyat natijasida ular tomonidan ma’lum bir odob ahloq qoidalari ishlab chiqiladi. Mazkur qoidalar kasbiy vazifalarni hal etishda foydali yordam bera oladi, ularning bilimi esa mutaxassislarning shaxsiy jihatlarini takomillashtirishga imkon yaratadi.
Kasbiy qadriyatlar - kasbiy tahlim va amaliy faoliyat bilan yuzaga keladi hamda umuminsoniy, milli, va shaxsiy qadriyatlar kabi tashkilotlar va guruhlarning qadriyatlarini aks ettiradi.
Ular kasbiy uyushmaning eng muhim ehtiyojlaridan biri bo’lmish kasbiy vazifalarni hal